Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Asosiy materiallar- ishlab chiqariladigan mashulotlarning moddiy asosini 
tashkil qiladigan mehnat buyumlari bо‘lib, ularsiz mashulot ishlab chiqarib 
bо‘lmaydi. Misol paxta tozalash zavodida chigitdan va boshqa chiqindilardan 
tozalangan tola, ip yiguruv korxonasi tayyorlangan kalava (ip), tо‘quv tsexi uchun, 
tо‘quv tsexida tayyorlangan mato (bо‘z), gul bosish tsexi uchun, tо‘quvchilik 
sanoatida ishlab chiqarilgan mato, tikuvchilik sanoat uchun, oshlangan va ishlov 


189 
berilgan teri, charmdan mashulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun asosiy 
material bо‘lib hisoblanadi. Shuningdek, metallurgiya kombinatida tayyorlangan 
prokat, mashinasozlik sanoati uchun, qazib chiqarilgan neft, neftni qayta ishlash 
zavodlari uchun asosiy material bо‘lib hisoblanadi. 
Yordamchi materiallar - tayyorlanadigan mashulotlarni moddiy asosini 
tashkil qilmaydigan mehnat buyumi. Ular ishlab chiqarilgan mashulotlarga ma’lum 
bir sifat beradi. Misol yengil sanoat korxonalarida yordamchi materiallarga har-xil 
bо‘yoqlar, kislotalar, kraxmal, moylovchi materiallar, qurilish sanoatida qurilish 
ishlarini pardozlash uchun zarur bо‘lgan qurilish-ta’mirlash materiallari (bо‘yoq, 
lak, emulsiya, rang beruvchi parashoklar va boshqalar) kiradi. 
Ehtiyot qismlar - jihozlarni, stanoklarni, transport vositalarini ta’mirlash 
uchun zarur bо‘lgan va korxonaning о‘zida tayyorlangan yoki mol yetkazib 
beruvchilardan sotib olingan detallar, uzellar, ehtiyot qismlar va butlovchi 
buyumlar kiritiladi. 
Yarim tayyor mashulotlar - boshqa tsexlarda qayta ishlashi davom 
ettiriladigan mehnat buyumlaridir. Yarim tayyor mashulotlar korxonaning о‘zida 
ishlab chiqarilishi yoki boshqa korxonalardan sotib olinishi mumkin. 
Yoqilg‘i - binolarni isitish, energiya ishlab chiqish, shuningdek, ishlab 
chiqarishning texnollogik jarayonlari uchun ishlatiladi. Ishlab chiqarishdagi roliga 
kо‘ra yordamchi materiallar jumlasiga kiradi. Ularga, kо‘mir, torf, о‘tin, neft 
mashulotlari (mazut, pech yoqilg‘isi, kerosin, solyarka, benzin) va boshqalar 
kiradi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling