Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


mashulotlardan, pul mablag‘laridan va tо‘lovga olingan


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

mashulotlardan, pul mablag‘laridan va tо‘lovga olingan mablag‘lardan tashkil 
topadi. Ular korxonalarning takror ishlab chiqarish jarayonining u yoki bu siklida 
bir marotaba ishtirok etib, shaklan va mazmunan bir turdan ikkinchi bir turga 
aylanadi. Misol tayyor mashulotlar sotilib, pul shakliga aylansa, muomalaga 
chiqarilgan pul xom ashyoga, yarim tayyor mashulotga, yoqilg‘iga, ehtiyot qismga, 
kam qiymatli tezeskiruvchi buyumga, binoga, transport vositasiga, ishlab chiqarish 
zahiralari esa, tayyor mashulotlarga va boshqa shu kabi asosiy va aylanma 
fondlariga aylanadi. 


188 
Ishlab chiqarish zahiralariga О‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya 
hisobining 4-sonli “Tovar moddiy zahiralar” nomli milliy andozasiga muvofiq 
quyidagiлар mehnat buyumlari таркибига kiritiladi: Tovar-moddiy zahiralar 
(TMZ) quyidagilar tarzida xo’jalik subyektlarida bo’lgan aktivlar hisoblanadi: xom 
ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i, 
idishlar, ehtiyot qismlar, inventarь va xo’jalik anjomlari (arzon baholi va 
tezeskiruvchi buyumlar), ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va 
xizmatlar ko’rsatishda foydalanish uchun mo’ljallangan boshqa materiallar 
zaxiralari. 
Xom-ashyo - dastlabki mehnat ta’siriga uchragan, lekin, hali sanoat ishlab 
chiqarishi jarayonida ishtirok etmagan va iste’mol qilishga tayyor bо‘lmagan 
mehnat buyumi. Xom-ashyoga qishloq xо‘jaligi mashulotlari, tog‘-kon sanoati 
mashulotlari kiradi. Bunday mehnat buyumlari keyinchalik sanoat ishlab chiqarish 
jarayonida ishtirok etib, ishlab chiqarilgan mashulotlarning moddiy asosini tashkil 
qiladi. Masalan, paxta tozalash zavodlari uchun momiq (daladan terib olingan 
paxta), konserva zavodlari uchun pomidor, karam, bodring, pateson, shaftoli, о‘rik 
va boshqa qishloq xо‘jaligi mashulotlari, metallurgiya sanoati uchun qazib olingan 
ruda xom ashyo bо‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyoga 
birlamchi ishlov berilib, iste’mol qilishga yoki keyinchalik sanoat maqsadi uchun 
ishlatishga 
tayyor 
holga 
keltiriladi. 
Xom-ashyo 
ishlab 
chiqariladigan 
mashulotlarning moddiy asosini tashkil qiladi. 
Materiallar - ishlab chiqarish jarayonida dastlabki ishlov berishdan о‘tgan va 
mehnat ta’siriga uchragan buyum sanaladi. Materiallar ishlab chiqarish jarayonida 
bajaradigan funksiyasiga qarab asosiy va yordamchi materiallarga bо‘linadi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling