Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Inventar va xo’jalik anjomlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Inventar va xo’jalik anjomlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob 
beradigan mol-mulk kiritiladi: xizmat muddati bir yildan oshmaydigan, qiymati bir 
birlik (komplekt) uchun xizmat muddatidan qat’i nazar, O’zbekiston 
Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik 
baravarigacha miqdorda bo’lgan buyumlar. 
Rahbar hisobot yiliga ularni inventar va xo’jalik anjomlari tarkibida hisobga 
olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga 
egadir. 


190 
Tayyor mashulotlar - mashulot ishlab chiqarish texnollogiyasida nazarda 
tutilgan barcha bosqichlardan о‘tgan, davlat standarti talablariga javob beradigan
korxona texnik nazorat bо‘limi nazoratidan о‘tkazilib xaridorlarga jо‘natilgunga 
qadar, omborga qabul qilib olingan yoki buyurtmachilarga foydalanish uchun 
topshirilgan mehnat buyumlaridir. Misol kiyimlar, poyafzallar, bosh kiyimlari
oziq-ovqatlar mashulotlari, har xil markadagi avtomobillar, xо‘jalik mollari, elektr 
tovarlari, uy rо‘zg‘or mollari, mebellar, sotish uchun mо‘ljallangan kompyuter 
texnikasi va shular kabi boshqa mashulotlardir. 
Pul mablag‘lari - korxona kassasidagi pullar, mijozlardan olinadigan cheklar, 
bankdagi joriy schyotdagi pul mablag‘lari va pul о‘tkazmalari kiradi. 
Tо‘lovga olingan mablag‘lar - haridorlarning, ularga jо‘natilgan tovarlarni 
tan olishlari bо‘yicha qarzlari kiradi. 
Xо‘jalik mablag‘larini xо‘jalik jarayonidagi funksional roliga kо‘ra ishlab 
chiqarish fazasidagi mablag‘lar, muomala fazasidagi mablag‘lar, korxona 
faoliyatidan vaqtincha chetlatilgan mablag‘lar kabi guruhga bо‘lib о‘rganish, 
ularning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi. 
Ishlab chiqarish fazasida ishtirok etadigan mablag‘larga mashulot ishlab 
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoki xizmat kо‘rsatish va ishlarni 
bajarish bilan band bо‘lgan korxonalarning mehnat vositalari (mehnat qurollari va 
mehnat buyumlari) kiradi. 
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari orqali mehnat buyumlariga ta’sir 
etib yangitdan mashulot yaratiladi. Mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida 
uzoq muddatlar xizmat qilib, о‘zining natural kо‘rinishini saqlab qoladi. Ularning 
tarkibiga ishlab chiqarishning texnollogik jihozlari, stanoklar, mashinalar, transport 
vositalari, qishloq xо‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish tsexlarining binolari
korxona qurilmalari, inshoatlari va boshqa shularga tenglashtiriladigan mehnat 
qurollari kiradi. Mehnat buyumlariga esa, ishlab chiqarish jarayonida faqat bir sikl 
ishtirok etib, о‘zining natural shaklini о‘zgartiradigan va yangitdan ishlab 
chiqarilgan mashulotlarning moddiy asosini tashkil qiladigan buyumlar kiradi. 
Ularning tarkibiga xom-ashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ehtiyot 


191 
qismlar, yoqilg‘i, kam qiymatli va tez ishdan chiqadigan buyumlar, idish va idish 
materiallari, yarim tayyor mashulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari 
va shu kabi boshqa mehnat buyumlarini kiritish mumkin. Mehnat buyumlari ishlab 
chiqarish jarayonida bir sikl ishtirok etib о‘z qiymatini yangitdan yaratilgan 
mashulotlar tannarxiga tо‘liq о‘tkazadi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling