206
Tugallanganlik tamoyili – buxgalteriya hisobi
moliyaviy hisobotlarni
ishonchliligini ta’minlash maqsadida hisobot davridagi axborotlar tо‘g‘risida
yetarlicha tо‘la ma’lumot taqdim etishi kerak.
Izchillik tamoyili – foydalanuvchilarga korxonaning moliya-xо‘jalik
faoliyati tо‘g‘risida taqdim etadigan axborotlar, ularning, faoliyatlarida bо‘ladigan
о‘zgarishlarni aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga
ega bо‘lishlari kerak. Shuning uchun buxgalteriya hisobida
axborotlar izchillik
tamoyili asosida hisobga olinishini bildiradi.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan
moliyaviy hisobotlar barcha foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy-xо‘jalik
faoliyati haqida tо‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarishni
ta’minlaydi.
Har bir korxona hisobot yilining boshida buxgalteriya hisobini tashkil etish
milliy andozalari asosida yangi hisobot yili uchun hisob siyosati ishlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarida nazarda
tutilgan hisob yuritish
tamoyillariga rioya qilmaslik yoki ulardan u yoki bu darajada chetlanish
foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan va moliyaviy
hisobotlarda keltiriladigan
ma’lumotlarni tо‘g‘riligini buzilishiga olib keladi.
9. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
Do'stlaringiz bilan baham: