Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINING О‘RNI VA UNING OLDIGA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINING О‘RNI VA UNING OLDIGA
QО‘YILADIGAN TALABLAR. О‘zbekistonda jamiyat rivojlanishining bozor munosabatlariga asoslangan bosqichida, iqtisodiyotni isloh qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, mulkni xususiylashtirilishi natijasida davlat ham korxonalar qatori iqtisodiy subyektga aylandi. Endilikda mashulot ishlab chiqarish va uni kimga, qachon, qanchadan sotishni davlat emas, balki korxonalarning о‘zlari hal qiladi. Bozorda raqobat vujudga kela boshladi. Qaysi ishlab chiqaruvchi bozorga arzon, sifatli va keng assortimentli, xaridorgir bо‘lgan tovarni chiqarsa, uning mavqei bozorda ortib boradi. Bozorda qanday tovar va mashulotlarga talab yuqori bо‘lsa, 207 mazkur tovar va mashulotlar о‘z haridorini tezroq topib, korxona kо‘proq foyda oladi. Korxonada axborot berish tizimi ish faoliyatini shunday tashkil qilishi lozimki, korxonani boshqarish uchun zarur bо‘lgan, bozordagi narx, ishlab chiqarilayotgan mashulot tannarxi va mashulotni sotishdan olinadigan daromad tо‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqaruv apparati xodimlarining “qо‘l ostida” doimo mavjud va istalgan paytda axborot olish imkoni yaratilgan bо‘lishi lozim. Bunday vazifalar boshqaruv tizimining asosiy bо‘g‘ini bо‘lgan – buxgalteriya hisobi yordamida bajariladi. Shuning uchun bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini “Biznes tili” deb, bekorga aytishmagan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-taftish va statistika vazifasini bajarmaydi. Balki hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun korxonaning faoliyati tо‘g‘risida axborot tо‘plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanadi. Shuning uchun bugungi kunda buxgalterlarga qо‘yiladigan talabalar ham tubdan о‘zgardi. Ulardan xо‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida qayd etish bilan bir qatorda, hisob ma’lumotlarini tahlil qilish, foydalanuvchilarni axborotlar bilan ta’minlash, menejerlarga korxona moliyaviy ahvolining barqarorligini yaxshilashga imkon beradigan yо‘llarni kо‘rsatib berish va korxona moliyasini boshqarish ishlari bilan shug‘ullanish talab qilinadi. Buxgalteriya hisobi korxonaning faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik operatsiyalarini yoppasiga va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan о‘lchab, hujjatlarda qayd qilish asosida axborot tо‘plash va ularni о‘zining registrlarida о‘z vaqtida, uzluksiz hisobga olish vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning tashkil qilinadigan hisobi siyosati, hisob kо‘rsatkichlarining tо‘laligi va buxgalteriya hisobini о‘z vaqtida, ratsional tashkil qilishlik hamda analitik va sintetik hisob ma’lumotlarining mos bо‘lishligi kabi talablarga javob berishi kerak. Hisob kо‘rsatkichlarining tо‘laligi va hisobni о‘z vaqtida tashkil qilishlik korxona moliya-xо‘jalik faoliyatining hamma tomonini qamrab olishini va ular 208 tо‘g‘risidagi axborotlarni tо‘la, hisob siyosatida о‘rnatilgan muddatlarda, о‘z vaqtida, berishlikni taqozo etadi. Bunday axborotlar asosida korxonani boshqarish uchun qabul qilingan qarorlar foydali bо‘ladi. Chunki о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib borilgan hisob yordamidagina korxonaning xо‘jalik faoliyatiga samarali rahbarlik qilish, sodir bо‘lgan kamchiliklarni aniqlash, korxonani rivojlantirishni ichki imkoniyatlarini topish mumkin bо‘ladi. Buxgalteriya hisobini ratsional tashkil qilishga, hisob ishlarini avtomatlashtirish, buxgalteriya hisobining ilg‘or shakllaridan foydalanish, buxgalterlarning avtomatlashgan ish joylarini tashkil qilish, hisob ishlarini markazlashtirish asosida, buxgalteriya apparati tuzilmasini maqbullashtirish bilan erishiladi. Bunday tadbirlarni qо‘llash hisob xodimlarining mehnat unumdorligini yaxshilaydi, xodimlar sonini kamaytiradi, hisobning tezkorligini, aniqligini, tо‘g‘riligini va nazorat qilish funksiyasini oshiradi va uni arzonlashtiradi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling