Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


korxonaning barcha aktivlari, passivlari va majburiyatlari hamda ularning


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

korxonaning barcha aktivlari, passivlari va majburiyatlari hamda ularning 
о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik-huquqiy aloqalari, shuningdek
aholining daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobining obyekti bо‘lib 
hisoblanadi. 


203 
Buxgalteriya hisobi bо‘yicha chop qilingan ilmiy va о‘quv adabiyotlarda, 
uning predmetini tashkil qiladigan obyektlarni ikki xil belgisi bо‘yicha guruhlab 
о‘rganish tavsiya qilinadi: korxona xо‘jalik faoliyatini ta’minlovchi obyektlar
korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil etuvchi obyektlar. 
Korxona xо‘jalik faoliyatini ta’minlovchi obyektlar buxgalteriya hisobi 
fanining qayerda amalga oshishini kо‘rsatsa, korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil 
etuvchi obyektlar buxgalteriya hisobida nimalar hisobga olinishi kerakligini 
kо‘rsatadi. Shuning uchun ham fanning predmeti mohiyati mulkchilik shaklining 
о‘zgarishidan qat’iy nazar о‘zgarmaydi, lekin iqtisodiyot tarmoqlarining ish 
xususiyatlari natijasida hisobga olinadigan obyektlar shaklan va mazmunan 
о‘zgaradi.
8. BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY QOIDALARI 
(TAMOYILLARI). 
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni 
Buxgalteriya hisobini юритиshни қўйdaги asosiy prinsiplarini белгилаб берган 
(3-modda) uzluksizlik, ishonchlilik, kо‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. 
Uzluksizlik (davom etayotgan faoliyat) tamoyili - buxgalteriya hisobida 
korxona amal qilayotgan (harakatdagi) iqtisodiy birlik sifatida qaralib, faoliyatini 
istiqbolda (bundan keyin ham) ancha uzoq muddat davom ettirishi taxmin qilinadi. 
Bunday holatda aktivlarni doimiy ravishda joriy qiymatda baholashga tо‘g‘ri 
keladi. Uzluksizlik tamoyiliga binoan esa buning zaruriyati bо‘lmaydi. Masalan 
sanoat korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari, keyinchalik haridorlarga 
sotiladigan mashulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Tovarlarni sotishda ularni 
sotish bahosini tasdiqlaydigan qiymati tan olinadi. Shuning uchun ishlab chiqarish 
jarayonlarida ishlatiladigan mehnat buyumlarini va boshqa mablag‘lar qiymatini 
alohida aniqlab о‘tirishning xojati yо‘q, chunki ularning har biri alohida ajratilgan 
holda sotilmaydi. Agar korxona yopilish arafasida turgan bо‘lsa, unda uning 
resurslari tugatish qiymatida baholanadi. 


204 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling