Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
7. BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI. Korxonalar faoliyatini boshqarishda, ishlab chiqarilgan mashulot miqdori, bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi va boshqa faoliyat turlari tо‘g‘risida kо‘plab ma’lumotlar zarur bо‘ladi. Bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv tizimi korxonalar о‘rtasida erkin raqobat va tijorat sirini vujudga keltiradi. Ulardan ishlab chiqargan mashulotlari, bajargan ishlari, kо‘rsatgan xizmatlari tannarxini shakllanish tamoyillari haqidagi ma’lumotlarni raqobatchilariga sezdirmaslik talab etiladi. Chunki mashulot, ish, xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonaning tijorat siri bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqargan mashulot miqdori, bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari faqat korxona egalari, investorlar, kreditorlar, menejerlari va mutaxassislarga taqdim etiladi. Korxona egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari bilan bir qatorda, korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatini sifat kо‘rsatkichlarini tavsiflovchi moliyaviy ma’lumotlar bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi, “begona” xuquqiy va jismoniy shaxslar hamda korxonaning boshqa hamkorlari, bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari ham qiziqadilar. Ular har doim korxonani moliya - xо‘jalik faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bо‘lgilari keladi. Misol “Vodiygaz” korxonasiga kapital kiritgan aksiyadorlar 199 korxonaning moliyaviy holati tо‘g‘risidagi axborotga ega bо‘lgisi keladi. Yoki korxona ssuda olishni hoxlasa, bank yoki boshqa ssuda beruvchi tashkilot korxonadan tо‘lov qobiliyati tо‘g‘risidagi axborotni talab qiladi. Amaliyotda bunday ma’lumot va axborotlar moliyaviy hisob orqali olinadi. Demak korxona egalari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minotchilari va tashqi foydalanuvchilarga (bankirlar, aksionerlar, kreditorlar, hukumat tashkilotlari) tayyorlangan, shuningdek, jamoatchilik hukmiga taqdim etish uchun chop etishga mо‘ljallangan axborotlar moliyaviy hisob axborotlari deyiladi. Shuningdek korxona rahbarlari va menejerlari о‘zlarining xizmat vazifalarini bajarishlari jarayonida boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun tahlil qilingan qisqa ma’lumotlardan va boshqa axborotlardan foydalanadilar. Bunday ma’lumot va axborotlar boshqaruv hisobi orqali olinadi. Shunday qilib, korxona rahbarlari, menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari va ta’minotchilariga yordam uchun tayyorlangan hisob axboroti boshqaruv hisob axboroti deb ataladi. Boshqaruv hisob axborotlari korxona faoliyatini rejalashtirish, xо‘jalik muomalalari va mashulot ishlab chiqarish ustidan nazorat о‘rnatish, korxonada byudjet bajarilishi va foyda olishning monitoringini о‘rnatish, shuningdek, kompaniyaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilish uchun ham foydalaniladi. Shunga kо‘ra, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki turga bо‘linadi: moliyaviy hisob ma’lumotlari; boshqaruv hisobi ma’lumotlari. Moliyaviy hisob ma’lumotlari - barcha qiziquvchilar uchun, boshqaruv hisobi ma’lumotlari esa faqatgina chegaralangan shaxslar, korxona xodimlari uchun taqdim etiladi. Hisob ma’lumotlarini bunday ikki yо‘nalish bо‘yicha ajralishiboshqaruv va moliyaviy hisoblarini vujudga keltiradi. Boshqaruv hisobi foydalanuvchilarni korxona ishlab chiqarish jarayonlari uchun zarur bо‘lgan xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mashulotlar, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarni zahiralari, korxonaning ishlab chiqarish sarflari, xodimlarning ish haqlari, asosiy vositalarni eskirishi, ishlab chiqarilgan mashulotlarni tannarxi va boshqa shu kabi ma’lumotlar bilan 200 ta’minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan, mehnat vositalari zahiralari va sarflari, mehnat xarajatlari va mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilish boshqaruv hisobining obyekti bо‘lib hisoblanadi. Moliyaviy hisob ma’lumotlari moliyaviy hisobotlar orqali foydalanuvchilarga yetkaziladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asoslanib, har bir mulkdor, investor, kreditor, aksiyador korxonaning moliyaviy faoliyati tо‘g‘risida xulosa qiladi va о‘zi uchun zarur bо‘lgan qarorlarni qabul qiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar juda kо‘p. Ularni umumlashtirib ikki guruxga ajratamiz: ichki foydalanuvchilar, tashqi foydalanuvchilar. Ichki foydalanuvchilarga korxona menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minot bо‘limi xodimlari va boshqa mutaxassislar kiradi. Tashqi foydalanuvchilar о‘z navbatida yana ikki guruhga bо‘linadi: 1. Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdor bо‘lganlar (korxona egalari ya’ni mulkdorlar, ular korxonada о‘z mablag‘lari hissasini kо‘paytirishni yoki kamaytirishni belgilab, korxona rahbariyati tomonidan moddiy va moliyaviy resurslardan qanchalik samarali foydalanayotganligini baholaydilar), aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar (berilgan kreditlarini qaytarib olish, ular yuzasidan foiz tо‘lanish ehtimolini baholaydilar), ta’minotchi va pudratchilar, soliq idoralari xodimlari va korxonaning ishchi va xizmatchilari. 2. Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor bо‘lganlar, auditorlik firmalari, moliyaviy maslahatchilar, fond birjasining makler va brokerlari, qonun chiqaruvchi idoralar, huquqshunoslar, matbuot va axborot agentliklari, kasaba uyushmalari. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar buxgalteriya hisobining subyektlari deyiladi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat vositalari, mehnat buyumlari va jonli mehnat bilan bog‘liq bо‘lgan sarflar sodir bо‘ladi. Bizga ma’lumki, buxgalteriya hisobi bu jarayonlarda sodir bо‘layotgan moddiy va moliyaviy resurslarni harakatini, korxonalar faoliyatidagi passivlar va majburiyatlarda sodir 201 bо‘ladigan о‘zgarishlarni qonuniyligini kuzatish va hujjatlashtirish asosida hisobga olish vazifasini bajaradi. Har bir korxona ish boshlashidan avval mashulot ishlab chiqarish jarayonida va faoliyatining boshqa sohalarida ishlatiladigan xom ashyo, material, yoqilg‘i, yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi korxonalar esa tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarning zaruriy zahiralariga ega bо‘lishi shart. Bunday zahiralar korxonaning ta’minot bо‘limi tomonidan ta’minot jarayonida harid qilinadi. Ta’minot jarayonining obyektlari bо‘lib, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, mol yetkazib beruvchilar bilan bо‘ladigan hisob-kitoblar va boshqalar hisoblanadi. Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi hamda nazorat qilinadi. Shuning uchun ham ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobi predmeti, deb hisoblaymiz. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlari va ishchi kuchi ishtirok etadi. Bunda ishlab chiqarish zahiralariga mehnat qurollari va ishchi kuchi vositasida ta’sir etib, mashulot yaratiladi. Yangitdan yaratilgan mashulotlarni tannarxini hisoblashga bо‘lgan zaruriyat, ishlab chiqarish jarayonida sarflangan barcha mehnat vositalarining (mashinalar, ulchov uskunalar, xom ashyo, material, yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar) qiymatini hamda sarflangan ish vaqti davomida bajargan ishlarning puldagi miqdorlarini bilishga ehtiyoj tug‘diradi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mashinalar, ulchov-uskunalar va boshqa mexanizmlarning eskirishini hisoblash, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlarni ishlab chiqarish davridagi harakatini (korxonaga kelishini, ishlab chiqarishga sarflanishini) va ishlab chiqarishda bajarilgan ishlarning miqdorini qayd qilish, ular ustidan nazorat olib borish buxgalteriya hisobi vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mashulot ishlab chiqarish, xizmatlar bajarish va mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish buxgalteriya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi. 202 Sotish jarayonida ishlab chiqarilgan tayyor mashulot haridorlarga yuboriladi va buning evaziga korxonaga pul kelib tushadi. Sotish jarayonining obyektlariga quyidagilar kiradi: 1. Korxonaning tayyor mashulotlarini omborlardagi harakatini hisobga olish va ularni ombordan haridorlarga yuborish; 2. Haridorlar va buyurtmachilar bilan bо‘ladigan hisob - kitoblar; 3. Moliyaviy natijalarni aniqlash; 4. Kassadagi pullar va bankdagi boshqa schyotlardagi mablag‘lar. Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi va nazorat qilinadi. Shuning uchun ham sotish jarayoni buxgalteriya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, korxonalar ixtiyoridagi xо‘jalik mablag‘lari va manbalarining hajmi, tarkibi, joylanish va tayinlanishi, ularning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi faoliyatlari davrida sodir bо‘ladigan hodisalar ta’sirida о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilib boriladi va korxonalar xо‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi. О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 7- moddasida buxgalteriya hisobining obyektlariga “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi, - deb ta’rif berilgan. Asosiy va joriy aktivlar, zahiralar, daromadlar, xarajatlar - aktivlardir, shuningdek, xususiy kapital, foyda, zararlar esa - passivlardir. Shunga muvofiq, ushbu ta’rifni soddalashtirgan holda quyidagicha talqinda bayon etishni tavsiya etamiz: Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling