195
ish hajmiga to‘g‘ri kelishi va har bir bosqichda uning
faoliyatni uzluksizligini
ta’minlashi kerak. Korxona mablag’larining doiraviy aylanishi 5-chizmada
keltirilgan.
5-chizma. Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi
Korxona moliya-xо‘jalik faoliyatining barcha bosqichlarda sodir bо‘ladigan
iqtisodiy jarayonlar xо‘jalik operatsiyalar (muomalalar) dan tashkil topadi.
Korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan va hujjat bilan rasmiylashtirilgan har bir
iqtisodiy hodisa va voqelik xо‘jalik muomalasi (operatsiyasi) bо‘lib hisoblanadi.
Sanoat mashulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxonalarda
mashulot
tayyorlash xarajatlariga, mehnat buyumlari sarfi, korxona xodimlariga
bajargan ishlari
uchun hisoblangan ish haqi, mashulot ishlab chiqarishda
foydalanganlik uchun asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari va hokazo
boshqa sarflar kiradi. Har bir xо‘jalik operatsiyasi korxona mablag‘larining
harakati (saqlash joylarini о‘zgarishi) va ularning shakl (bir
turdan boshqa turga
aylanishi) о‘zgarishidan iborat. Masalan materiallarni xarid qilishda korxona, pul
mablag‘lari hisobiga о‘zlariga kerak bо‘lgan mehnat buyumlarini sotib oladi, pul
mablag‘lari mehnat buyumiga aylanadi yoki kassadan ish haqi berilganda
kassadagi pul mablag‘i kamayib, о‘z
navbatida, korxonaning ish haqi bо‘yicha
xodimlar oldidagi majburiyati kamayadi, shuningdek ishlab chiqarishga berilgan
mato shaklini о‘zgartirib, tayyor mashulotga aylanadi va hokazolar. Bundan xulosa
qilish
mumkinki, xо‘jalik operatsiyasi korxonalar moliya-xо‘jalik faoliyatini
amalga oshirish jarayonida ishtirok etadigan xо‘jalik mablag‘lari va ularning paydo
Do'stlaringiz bilan baham: