Buxgalterlik kasbi


Buxgalter vazifalariga nimalar kiradi?


Download 13.55 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi13.55 Kb.
#1820224
1   2   3
Bog'liq
BUXGALTERIYA

Buxgalter vazifalariga nimalar kiradi?
U pul bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar bilan ishlaydi. Firma, misol uchun, kompyuter sotib oldi – buxgalter shu erning o‘zida uning ma’lumotlar bazasini tayyorlaydi va unga sarflangan mablag‘ni maxsus hisobga yozib qo‘yadi. Bundan tashqari, u firma tomonidan u yoki bu narsani sotib olingani uchun sarflangan moliyaviy vositalarni, xizmat safarlari sarf-xarajatlari to‘langanligi, ish haqi berilganligi va hokazolar haqidagi faktlarni tasdiqlaydigan barcha kirim va to‘lov hujjatlarini saqlashi va tartibga solishi kerak.
Buxgaltersiz hech qaysi bitim, hech qanday moliyaviy operatsiya amalga oshmaydi. Buxgalter bu operatsiyalarni faqatgina rasmiylashtirmaydi, ba’zida uning o‘zi bu operatsiyalarni amalga oshiradi. Aytaylik, savdo-sotiq agenti tovar partiyasini iste’molchiga etkazdi – buxgalter agent tomonidan belgilangan hisobni va tovar qoplamasini qayd etadi, ushbu hisob bo‘yicha pul kelib tushishinini nazorat qiladi yoki bo‘lmasa, agarda firma ma’lum miqdorda pul to‘lashi kerak bo‘lsa, hisob topshirig‘ini yozadi va imzolaydi.
Firma to‘lashi kerak bo‘lgan turli xildagi soliq va to‘lovlar summasini aniqlash, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish, kerakli hisobotni tayyorlab, uni soliq inspeksiyasiga etkazish, ish haqinii hisoblash va taqsimlash, ular hisobidan turli xildagi tadbirlarga pul ajratish, bank hisobidan naqd pullarni olish uchun hujjatlarni tayyorlash – bularning barchasini buxgalter qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, tashkilot buxgaltersiz “yashay olmaydi”.
SHuning uchun ham, ishga joylashtirish bo‘yicha tashkilotlar buxgalter ishiga takliflar bilan to‘lib-toshib ketishgan. Lekin… xursand bo‘lishga shoshilmang: barcha ish beruvchilar ish tajribasiga ega bo‘lgan buxgalterni ishga olishni xohlaydi. Mehnat resurslarining o‘ziga xos paradoksi kelib chiqadi – o‘quv yurti bitiruvchisi ish tajribasiga ega bo‘lish uchun mutaxassislik bo‘yicha ishlashi kerak, lekin ish beruvchi unga ish berishni xohlamaydi, chunki u ish tajribasiga ega emas. Umuman olganda, bu kadrlar malakasini oshirishga kuch sarflashni xohlamaydigan firmalarga bog‘liq. Va nihoyat, o‘quv yurti bitiruvchilari tajriba orttirish uchun katta firma buxgalteriyasining qandaydir bir kichik qismiga buxgalter bo‘lib ishga kirishlari ham mumkin. Ular odatda ishni etkazib beruvchilar yoki bank bilan hisob-kitob olib borishdan boshlaydilar. So‘ngra boshqa qismlar ham qo‘shiladi – asosiy vositalarni, moliyaviy xarajatlarni, pul yoki maoshni hisob-kitob qilish. Soliq ishlarini esa, faqatgina mahoratingiz va mas’uliyatingizga ishonch hosil qilishganidan keyingina, sizga ishonib topshirishadi va faqatgina buxgalteriyaning barcha qismlarida tajribaga ega bo‘lganigizdan keyingina bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari lavozimiga da’vogarlik qilishingiz mumkin.
Umuman olganda, hali o‘quv yillaridayoq, kichgina maosh taklif qilsa-da, haqiqiy buxgalterlik uchun sizni ishga qabul qilishga rozi bo‘lgan birorta firmani topish kerak. Ko‘rib turibsizki, diplom olganingizdan keyin ushbu firmada qolasiz, faqat endi ishni almashtirish haqida o‘ylashga majbur qilmaydigan maoshga ega bo‘lgan shtat ishchisi sifatida.

Download 13.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling