Buxgaltriya hisobi va audit
Tejamliligi va hammabopliligi
Download 1.52 Mb.
|
Hisobot Feruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkiyoqlama yozuv tamoyili.
Tejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab chegaralangan bo’ladi. Tejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida uning muhimliligidan kelib chiqish lozim. Hammabopliligiga kelganda esa, axborotning mazmunidan kelib chiqish kerak: ushbu axborot korxonaning tijorat sirimi yoki ochiq e’lon qilinadiganmi.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” O’onuniga binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi va hisobot tuzilishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari quyidagilardir: ikkiyoqlama yozuv (ikkitomonlamalik); uzluksizlik; xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning xaqiqiy baholanishi. Ikkiyoqlama yozuv tamoyili. Unda har bir operatsiya (muomala) ikki marta aks oshiriladi: bir schetning debetiga va ikkinchi schetning kreditiga yoziladi. Bunda schetlarning debeti va kreditiga yozilgan raqamlar teng bo’lishi kerak. Uzluksizlik yoki faoliyatning davomiylik tamoyillari (goingconcern concept). Bu printsip buxgalteriya birligining ma’lum bir davr mobaynida, agar aksincha hodisa ro’y bermasa va xo’jalik birligi yaqin kelajakda tugatilmasa, o’z faoliyatini davom ettirishiga ishonchlari komil ekanligini anglatadi. Bu printsip, agar korxona tugatiladigan bo’lsa, sotiladigan aktiv va majburiyatlarni balans moddalarida bozor narxida emas, balki xaqiqiy tannarxda kiritish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling