Buxgaltriya hisobi va audit
tezkor, buxgalteriya va statistika
Download 1.52 Mb.
|
Hisobot Feruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi
tezkor, buxgalteriya va statistika.Tezkor yoki tezkor-texnika hisobi ayrim xo’jalik muomalalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo’linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.Xo’jalik hodisalari haqidagi ma’lumotlar statistika hisobi tomonidan tezkor va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta ro’yxatga olish va tekshirishlar yordamida olmnadi. Uzluksiz kuzatib bo’lmaydigan ommaviy xodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi.Tarmoqlar, xalq xo’jaligi miqyosidagi xo’jalik hodisalarini tavsiflovchi ma’lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari – Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va tahlil qilish olingan ko’rsatkichlarni ular tomonidan yig’ish (svodka) va guruhlash, o’rtacha sonlar usuli, nisbiy jamlar, indekslar, dinamik qatorlar va shu kabi maxsus usulllardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.Statistika hisobining ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o’lchagichlar - natura, mehnat va pul o’lchagichlaridan, o’rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo’yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob- kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham, tezkor va statistika hisobidagi kabi, barcha o’lchagichlar - natura, mehnat va pul o’lchagichlari qo’llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o’lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o’lchagichda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mexat o’lchagichlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchagichida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir muomala dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha muomalalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.Buxgalteriya hisobida yig’ma yakunlangan ko’rsatkichlarni olish uchun yig’ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo’jalik faoliyatini uzluksiz va o’zaro bog’langan xolda aks ettirilishini ta’minlaydi.Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda bir kompaniya (birlashma) tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining kator ko’rsatkichlari umumlashtirilgan ko’rinishda korxonaning moliyaviy xolatini baholashda ishlatiladi. Umumlashtirilgan ko’rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko’pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi. Yuqorida buxgalteriya hisobini ichki va tashki foydalanuvchilar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotni o’lchaydigan, ishlaydigan, "g’alvirdan o’tkazadigan" va tayerlaydigan tizim sifatida ta’rifladik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o’zaro bog’liq bo’lgan ikki qismdan (balki buxgalteriyaning ikki idora (apparat)dan - moliyaviy va boshqaruv hisobdan iborat. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bir qator qaror va qonunlarni qabul qilinishi bilan bog’liq. Masalan, 1999 yil 5 fevralda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning 1 yanvaridan amalga kiritilgan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to’g’risidagi” Nizom, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” O’onun, buxgalteriya hisobi standartlarining tasdiqlanishi va amalga kiritilishidir. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: korxonani boshqaruvchilar; korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy faoliyati-dan bevosita manfaatdor bo’lganlar; korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar.Boshqaruvchilar (management)- boshqaruv faoliyatida nazorat, qaror qabul qilishda axborotga muhtojdirlar. Masalan, mahsulotlarning sotish bahosi, harajatlar tarkibi, talab, rentabellik ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborotlar shular jumlasiga kiradi.Korxona tashqarisidagi axborot iste’molchilariga hissadorlar, kreditorlar, banklar va boshqa bevosita manfaatdor guruhlar kiradi. Ular korxona olgan foyda miqdori, moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishga qiziqishadi. Uchinchi guruh axborot iste’molchilariga xar- xil jamoat tashkilotlari, ijtimoiy fondlar, klublar a’zolari kiradi. Buxgalteriya hisobining yana bir vazifasi korxonalarning ishi natijalari haqidagi axborotni o’lchash va taqdim etishdir. Bu natijalarni kompaniyaning foydalilik rejalaridagi maqsadlariga erishishdagi muvaffaqiyatlar qanday va uning lidvidligi qanday ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan umumiy maqsadga yo’naltirilgan moliyaviy hisobotdan topishi mumkin. Xakikiy va potentsial investorlar, bu hisobotlarni tahlil kilaturib, kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy istiqbollari qanday, unga mablag’larni ko’yishga arziydimi yoki yo’qmi ekanligi haqida xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Haqiqiy va potentsial kreditorlar kompaniyalar foizlar to’lash va o’z vaqtida qarzlarni uzish uchun etarli pullarga egami yoki yo’qmi ekanligi bilan qiziqishadi. Bilvosita (egri) moliyaviy manfaatdorli foydalanuvchilar - buxgalteriya axborotidan foydalanuvchilardan eng muhimi hisoblangan davlat va ijtimoiy guruhlardan iborat. Soliq organlari byudjetga mahalliy soliqlar, ish haqiga solinadigan soliqlar va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar, transport vositalari soliqlar, aktsiz yig’imlari (excise taxes) va qo’shilgan qiymat soliqlari (value added taxes) va hokazolar bo’yicha to’lovlarning to’g’riligini nazorat qiladi. Tartibga soluvchi organlar. Kompaniyalarning kuchlilik axborotini davlat, viloyat va shahar darajasidagi bir yoki bir nechta tartibga soluvchi organlarga taqdim etadilar. Masalan, aktsiyalari ochiq sotiladigan (public corporetion) barcha kompaniyalar kimmatli kogozlarning chiqarilishini, harid qilinishini va sotilishini tartibga solib turuvchi kimmatli kogozlaar va birja operatsiyalari (sechritias and Exchande commission) bo’yicha komissiyalarga muntazam ravishda hisobot topshirib turishlari kerak. Birja fonlarida ro’yxatga olingan kompaniyalar o’z birjalariga maxsus moliyaviy hisobotlarni topshirib turishidi. Investor va kreditorlarga maslaxat beruvchi ham moliyaviy faoliyat va biznesning istiqbollariga bilvosita manfaatga egalar. Iste’molchilar guruhi, xaridorlar va umuman jamiyat barcha korxonalar va korporatsiyalarning moliyaviy holati va foydalari bilan tobora ko’proq qiziqadilar, chunki ular inflyatsiyaga, atrof-muhitga, ijtimoiy muammolarni echishga va hayotning sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling