Buxgaltriya hisobi va audit


BUXGALTERIYA HISOBINING USULI (METODI) VA UNING ELEMENTLARILinu


Download 1.52 Mb.
bet9/12
Sana25.10.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1719721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hisobot Feruz

BUXGALTERIYA HISOBINING USULI (METODI) VA UNING ELEMENTLARILinu
Usul elementlari. Usul (metod yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:

  1. ayrim voqealarni bilish o’rganish usuli;

  2. alohida usul, harakat usuli yoki ko’rinishi.

Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o’z usuli bilan ta’riflnadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan quyidagi usullar ma’lum:

  1. Hujjatlashtirish;

  2. Investitsiya;

  3. Baholash;

  4. Kalkulyatsiya;

  5. Buxgalteriya hisobi schetlari;

  6. Ikkiyoqlama yozuv;

  7. Buxgalteriya balansi;

  8. Hisobot.

Bu tushunchalar buxgalteriya hisobi usul elementlari deyiladi.
Ikkinchi ma’noda – alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo’llaniladigan usullar yig’indisi hisobning metodologiya (uslubi)sini tashkil etadi.Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi.Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo’yiladigan talablar xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo’ladigan barcha xo’jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag’larni aks ettiruvchi axborotlar shakllanadi. Har xil jarayonlarda sodir bo’ladigan muomalalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag’lar turi va manbalari juda ko’pdir. Har bir xo’jalik muomalasi va mablag’lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umulashtirish, shakllantirishni hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining ob’ektlari (uning predmetining tarkibiy unsurlari) ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida muomala uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan muomalaning mazmuni qayd etiladi.Hujjatlashtirish yordamida sodir bo’layotgan xo’jalik muomalalari haqida mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Yuridik talablarga rioya qilingan holda hujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag’ishlaydi.
Lekin, xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa o’g’irliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar va hisobda aks ettirilganlaridan chetga og’ishiga olib keladi. Bunday hodisalarning rasmiylashtirish, ular sodir bo’layotganda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy qo’shimchalar qayta ro’yxatga olish (inventarizatsiya) yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko’rstatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro’yxatga olish buxgalteriya hisobining ob’ektlarini dastlabki kuzatish amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro’yxatga olishning ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning qonuniyligi, mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
Lekin, buxgalteriya hisobi ular haqida yig’ma (umumlashtirilgan) ko’rsatkichlarni berishi kerak. Bu, yig’iladigan ma’lumotlar o’lchagichlarida ifodalaniladi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qo’llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat ko’rsatkichlarini pul ko’rsatkichlariga aylantiriladi. Buxgalteriya hisobi usulidan foydalanishning bosh maqsadi xo’jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishdan iborat.

Y
uqorida yozilganlarga asoslanib buxgalteriya hisobi usulining mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin.B uxgalteriya hisobining usuli -buxgalteriya hisobi ob’ektlarini xo’jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o’zaro bog’langan va ob’ektiv aks ettirishni ta’minlaydigan usullar tizimidan iborat.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling