Buxgaltriya hisobi va audit


Oldindan ko’ra bilish - extiyotkorlik (konservatizm) tamoyili


Download 1.52 Mb.
bet6/12
Sana25.10.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1719721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hisobot Feruz

Oldindan ko’ra bilish - extiyotkorlik (konservatizm) tamoyili (conservatizm concept) shundan iboratki, daromadlar ularni olish muqarrar bo’lgan hodisaga aylangan paytda hisobga olinadi, harajatlar esa ularning sodir bo’lish imkoniyati muqarrar xodisa bo’lgan paytda hisobga olinadi. Extiyotkorlik - bu potentsial foyda yoki aktivlarni hisobga olishdan ko’ra, potentsial zararlar yoki passivlarni hisobga olishdagi katta tayyorgarchilikdir. Bu, masalan, shunda namoyon bo’ladiki, buxgalter har qanday xollarda ham foyda olishga harakat qiladi, lekin shu bilan birga zararlar ko’rilishi mumkinligini ham inkor qilmaydi. Shu bilan birga, bunda baholashning muqobil varianti bo’lgan taqdirda eng kam qiymatni aks ettiradigan usuli tanlab olinadi. Shunday qilib, bu qoida amalga oshirilishi qabul qilinadigan qarorlarda tavakkallikni kamaytiradi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyilida buxgalteriya hisobida uncha muhim bo’lmagan xollarga e’tibor berilmay, shu bilan birga barcha muhim bo’lgan xollar hisobga olinadi. Masalan, kompaniya ishida idora buyumlari (kantstovar)ning ishlatilishini hisobga olishda, ya’ni ularning bir kunlik sarfini, eskirishini va qoldig’ini hisobga olish amaliy nuqtai nazaridan noma’qul deb hisoblanadi. Chunki buxgalteriya hisobida moddiylik printsipiga binoan idora buyumlari kompaniyaning mablag’lari sifatida ularni sotib olish daqiqasida butunlay ishlatib yuboriladi deb qabul qilinadi. Bu masalaga boshqacha har qanday yondashish hisobni qiyinlashtirish va katta hamda ortiqcha bo’lgan hisob-kitob ishlariga o’zini oqlamaydigan vaqt harajatlari bilan bog’liq bo’ladi. Masalani bunday xal etish, garchi bizning amaliyotda qo’llaniladigan nazariy yondashishga qaraganda noaniqroq bo’lsa ham, oddiy va samaralidir.
Operatsiyalarni muhim va nomuhim guruhlarga ajratish sub’ektiv hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holatini o’zgartiradigan operatsiyalar muhim operatsiyalarga kiritiladi. Bu masalada qat’iy qabul qilingan qoidalar yo’q.
Ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanlik tamoyili. Buxgalteriya hisobi o’ektlari bir ko’rsatkichda, masalan so’mda, chet el valyutasida aks ettirilgan holdagina qiyoslanuvchanlik qoidasiga javob bergan bo’ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling