Buxgaltriya hisobi va audit


BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING REJASI


Download 1.52 Mb.
bet10/12
Sana25.10.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1719721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hisobot Feruz

BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING REJASI
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo’jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.Bozor munosabatlarini, mulkchilikning har xil shakllarini, korxonalar mustaqilligini rivojlantirishga mo’ljallangan xo’jalik mexanizmi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining mazmuniga va tuzilish tarkibiga yangicha qarashni talab etadi. Yangi hisob ob’ektlarining yuzaga kelishi munosabati bilan endi amaldagi schyotlar rejasiga kichik o’zgartirishlar kiritish va modifikatsiyalash bilan cheklanib bo’lmaydi.Bozor iqtisodiyotiga o’tish, ishlab chiqarishni boshqarishda buxgalteriya hisobi rolining oshishi, buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv turlariga bo’lishini buxgalteriya hisobi axborotining hajmiga va tegishli tartibda schyotlar rejasining mazmuniga yangi talablar qo’yadi.Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ni tasdiqladi va u O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etilishi shart.Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro’yxati deb ta’riflash mumkin.Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha schyotlar oltita qism bo’yicha tizimga keltirilgan:

  1. Uzoq muddatli aktivlar;

  2. Joriy aktivlar;

  3. Majburiyatlar;

  4. Joriy kapital;

  5. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;

  6. Balansdan tashqari schyotlar.

Birinchi to’rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I – shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ( 2 – shakl ) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo’limda quyidagi tizimda keltirilib ko’rsatilgan:
1 – bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2 – bo’lim. Tovar – moddiy zahiralar;
3 – bo’lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar 4 – bo’lim. Olinadigan schyotlar – joriy qismi;
5 – bo’lim. Pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar;
6 – bo’lim. Joriy majburiyatlar;

  1. – bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;

  2. – bo’lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar;

9 – bo’lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9 – bo’lim schyotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo’lim (1- bo’lim) dan iborat bo’lsa, ikkinchi qismi to’rt bo’lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) bo’limlardan, to’rtinchi qism bir (8 bo’lim) bo’limdan va beshinchi qism bir (9 – bo’lim) bo’limdan iborat.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo’lib ko’rsatilgan.

  1. Aktiv schyotlar (A) - xo’jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davridagi ko’payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar

  2. Passiv schyotlar (P) - xo’jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalni o’sishini kredit tomonida va shu davrdagi majburiyatlar va kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan schyotlardir.

  3. Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq bo’lgan aktiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.

  4. Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq bo’lgan passiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.

Yuqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, ular hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo’lgan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir.

  1. Tranzit (o’tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig’i bo’lmaydigan daromad va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.

Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo’lib, daromadning ko’payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling