Buxora davlat universiteti


Download 76.16 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi76.16 Kb.
#1542024
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alla

Alla aytim janri



Alla O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida keng yoyilgan aytim janrlaridan hisoblanadi. Odatda oddiy kuylar bilan, baʼzida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish surʼatiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, to‘rtlik; ijro uslubi erkin, badihago‘y alla onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois baʼzi alla namunalari yig‘i ohanglariga yaqin bo‘ladi; 2) beshik to‘yi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qo‘shiq. Ijro xususiyatlari bayramona maro-sim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jo‘rligida kuylanishi mumkin; 3) O‘zbekistonning baʼzi hududlarida alla nomi bilan aytiladigan marosim qo‘shiqlari. Masalan, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-go‘yanda, xalfa) tomonidan badiha uslu-bida aytiladigan qo‘shiq va b. Ayrim tax-minlarga ko‘ra, alla nomi "Alloh" so‘zidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nis-bat bilan bog‘liq. Anʼanaviy alla xususiyat-laridan o‘zbek bastakorlari (T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov) va kompozi-torlari (A. Muhamedov, Ik. Akbarov, S. Yudakov) ijodiy foydalanishgan.Ad: Alaviya M., O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari, T., 1974; Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959; Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev
Alla qo’shiq san’atining eng qadimiy turi bo’lib yosh bolalarni uxlatish, orom oldirish uchun beshikka; belab, belanchakka solib, tebratib, onalarning allalab kuylaydigan qo’shig’idir. Qo’shiqning bu turi ham cholg’usiz mayin orom beruvchi ohang bilan kuylanadi. Tibbiyot olamining allomasi Abu Ali ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» asarining 1-kitobida shunday yozadi: «Bolaning mizojini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo’lib qolgan musiqa va ashuladir. SHu ikkisini kabul qilish mikdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil kilinadi».
Allaning xar bayti yoki har bandidan keyin «Alla, bolam, alla», «Jonim, bolam, alla» misralari takrorlanadi. O’g’il bolani «arslonim, bolam, qoplonim, toyim, toychog’im, qulunim» kabi iboralarni qo’shib allalaydilar.
Tol ichinda tanlab olgan,
Tol chovkonim bolam, alla.
Gul ichinda iskab olgan,
Guli rayhonim, bolam, alla.
Yo’lbarslarday yuraklim,
Qoplonlarday bilaklim, alla,
Yaxshi-yomon kunimda,
Menga juda keraklim, alla.
Qiz bolani «shirin so’zim», «jonu dilim», «quralay ko’zim» kabi iboralarni qo’shib allalaydilar.
Alla, bolam, alla,
Jonu dilim alla.
Ipaklar bo’lib eshilgin,
Kelin bo’lib qo’shilgin.

Alla, oppoq gavhar, qizim, alla,


Ovunchog’im, oy, yuldo’zim, alla.
Men sening onang mushtipar, alla,
Sensan mening ikki ko’zim, alla.

Allaning ahamiyatini dunyodagi koʻplab olimlar oʻrgangan. Onalikka tayyorlash borasida olib borilgan tibbiy tadqiqotlarda alla goʻdak salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi, turli yuqumli kasalliklar (masalan pnevmoniya, diareya)ga chalinish xavfini kamaytirishi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, alla inson immunitetini butun umrga mustahkam boʻlishida ham katta oʻrin tutar ekan. Bu ovoz terapiyasidan kuniga 2-3 mahal, ovqatlanishdan soʻng 10 daqiqadan oshirmay foydalanish mumkin.


Alla bolani uxlatishga qaratilgani bois bir maromdagi ovoz va ohang tanlanadi. Eng qizigʻi, bunda onaning musiqiy isteʼdodga va shirali ovozga ega boʻlishining ahamiyati yoʻq. Tibbiyot olimlarining aniqlashicha, alla bola miyasining oʻng yarim sharini harakatga keltirib, aqliy faollikka turtki beradi va diqqatni oshiradi.
Mutaxassislar umumiy ruhiy siqilish sindromi, nafas olish ritmi buzilishi, yurak qisqarishi chastotasining kamayishi (bradikardiya), ichaklar motorikasidagi muammolar, muddatidan erta tugʻilish va kichik vaznga ega boʻlish bilan kechadigan perinatal ensifalopatiya (bosh miya funksiyasi yoki tuzilmasi buzilishi)ga chalingan bolalarga alla aytishni tavsiya etishadi. Alladagi oʻziga xos ohang, ritm, harakat va nutq buzilishlari (aʼzolar uchishi, duduqlanish, harakatlarning oʻzaro nomuvofiqligi) oldini olishga yordam berishi tajribalarda aniqlangan.
Alla aytish ona salomatligi uchun ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi va tugʻruqdan soʻng tez tiklanishga yordam beradi. Tibbiy kuzatuvlarga koʻra, goʻdagiga alla xirgoyi qilib turadigan ayollarning koʻkragiga sut kelishi koʻpayarkan. Shifokorlarning onalarga bolani emizgandan soʻng kuniga 2-3 marta alla aytib turishni tavsiya qilishlariga aynan mana shu omil sabab boʻlgan.
Alla boladagi turli hissiyotlarga va ongiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqotlar alla aytilayotgan paytda bola miyasining turli sohalardagi biologik potensiallariga sinxron ravishda taʼsirlanishini koʻrsatgan. Allani bemalol sogʻlomlashtiruvchi ijobiy psixoterapevtik taʼsirga ega, deyish mumkin. Agar alla chaqaloqqa dastlabki kunlaridanoq aytilsa, uni turli kasalliklardan himoya qilib, vujudining kuchga toʻlib borishiga xizmat qiladi.
Psixologlarning tasdiqlashicha, ona va bola oʻrtasida oʻziga xos aloqa oʻrnatilishi lozim. Negaki, ona alla ayta turib, kun davomida oʻzida yigʻilib qolgan hadik, hayajonlanish va turli salbiy hissiyotlarni chetga surib, butun diqqat-eʼtiborini goʻdakka qaratadi. Unga ijobiy iliqlik, mehr berib, silab-siypalaydi. Goʻdak ham uning ovozi ohangini, erkalashlarini tez va oson qabul qiladi, oʻzini himoyalangan hisoblaydi. Bu esa unga seskanib uygʻonib ketavermasdan, tiniqib uxlashiga yordam beradi.
Alla nafaqat goʻdakning atrofidagi olam bilan tanishishiga yordam beradi, balki psixologik jarayonlarning yaxshilanishi va meʼyoriga tushishiga koʻmaklashadi.

Download 76.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling