Buxora davlat universiteti
Download 76.16 Kb.
|
Alla
Motam allalari ikki xil bo‘ladi: ulardan biri chaqaloq va go‘daklar o'limida kuylanib, bolaning dunyodan to'ymay borayotganini, buning esa ota-onasi qalbida arm on b o ‘lib botayotganligini ta ’kidlash maqsadida kuylanadi. M otam allalarining yana bir turi kattalar o ‘limida, m arhum ga osudalik, m angu uyqusida abadiy orom , ruhiga xotiijam lik tilash maqsadida kuylanadi. Bu xil allalarning kelib chiqishiga chaqaloqlam i uxlatish uchun kuylanadigan allalar etarli ta ’sir ko‘rsatgan. Chunki ularda «alia» so‘zi (uxlashga d a ’vatni) bola tilida ifoda etadi. Shundan bo‘lsa kerak, m otam allarida ham «alia» takrorida shu m a’noga ishora ko‘zga tashlanadi. Masalan: Ne balo uzoq yerdan boshladingiz, Yurakka ch o ‘g‘ — olov tashladingiz. C ho‘g‘ — olov, o ‘tdan olov, alia, Tutunlari yo‘qdir, uxla. M otam allalariga islom dinining oMimga yig‘i qilm aslikni talab qiluvchi qoidalari ham ta ’sir ko‘rsatgani, shubhasiz. Shu boisdan, m otam allalari kuylana boshlanishi bilan azadorlar yig‘ini to ‘xtatib, unga jimgina quloq solib turadilar. Bolalar uchun motam allasi quruq beshikni tebratib turib aytiladi. Shu bois xalq orasida beshikni bolasiz, b o ‘sh holda tebratish yom on irim sanaladi. M otam allalarini professional shaxslar — allago‘ylar ijro etadi. Naqarotlarda boshqalar unga jo ‘r b o ‘ladi. Allago‘ylar ko‘proq yoshi o‘tib qolgan, keksaroq, tajribali ayollardan iborat bo'ladi.
Xulosa O‘zbek xalq musiqasi o‘zining serqirrali mazmuni, shakli va janri bilan O‘rta Osiyodagi tojik, turkman, boshqird, qirg‘iz va boshqa xalqlar musiqa madaniyati bilan chambarchast bog‘liqdir. Xalq tomonidan yaratilgan bu durdona asarlar asrlar osha mukammallashib va murakablashib bizgacha yetib kelgan. Xalq qo‘shiqlari bir ovozli bo‘lishiga qaramasdan ajoyib kuygan va turli usullarga ega bo‘lgan o‘zbek san’atining milliy xazinasidir. Xalq og‘zaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urf-odatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzu-umidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, gо‘zallikni, badiiy sо‘z qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional san’at turlari – adabiyot, teatr, musiqa, kino va b. taraqqiyotida muhim rol о‘ynadi. Xalq musiqasi (musiqiy folklor) – og‘zaki an’anadagi musiqa turi. Ibtidoiy san’atda paydo bо‘lgan о‘yin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholg‘u kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urf-odat, marosim, bayram va b.)ga bevosita bog‘langanligi b-n ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar ma’nosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va b.) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Kо‘pgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar bо‘lib, bularda kuy-ohanglar sо‘z (kо‘shiq, terma, lapar), raqs (о‘yin-raqs kuylari), tomosha (musiqiy tomosha) bilann uyg‘unlashgan holda yuzaga keladi. Muayyan badiiy an’ana va shakl (mas., ohang) andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas., tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) о‘zgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud bо‘ladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi. O‘zbekiston ko‘p millatli davlat sifatida zamonaviy dunyoning subyektiga aylangan holda tarixan rivojlangan, rang-barang madaniy muhitni saqlab qolgan holda o‘zining milliy o‘ziga xosligini izlashga intiladi. Demak, tarixiy xotira muammolariga e’tibor, madaniy merosga, xalqning ma’naviy xazinalariga bo’lgan qiziqish ma’naviyat, din, tarixiy o’tmish, ammo zamonaviy dunyoqarash va idrok bilan bog’liq mavzularni birinchi o’ringa olib chiqdi. Ikki katta qatlamni - an'anaviy (folklor, og'zaki kasbiy va bastakor ijodi) va zamonaviy (bastakor ijodkorlik va ommaviy musiqa madaniyati)ni o'zida mujassam etgan zamonaviy musiqa ijodi zamonaviy jamiyat hayotida unga ajratilgan makonni asta-sekin egallay boshlaydi va bu o'z navbatida zamon insonlarining oldiga muhim vazifa qo'yadi ya’ni mintaqa musiqa madaniyatida sodir bo'lgan barcha narsalarni qayta ko'rib chiqish, shuningdek, uning madaniy xilma-xilligi uchun yangi imkoniyatlar izlash zaruratini. Albatta hozirgi globallashayotgan ommaviy madaniyatning salbiy unsurlariga botib ketmaslikning hamda milliylikni, an’anani, qadriyatni bilmoqlikni o’rganmog’imiz darkor. Zero asrlar zahmidan, yillar qaridan bizgacha kelgan bu merosda ertangi kun avlodlarning ham ulishi bor. Download 76.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling