Buxora davlat universiteti


Download 76.16 Kb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi76.16 Kb.
#1542024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alla


OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORA DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA IJROCHILIGI VA MADANIYATI KAFEDRASI
OʻZBEK XALQ MUSIQA IJODI
FANIDAN TAYYORLANGAN
KURS ISHI

Mavzu: “Alla – aytim janri”



Bajardi: Musiqiy ta’lim 12- 6 Muz-20
G'aybullayeva Dilrabo Olim qizi
Ilmiy rahbar: Dotsent s.f.n T. I. Rajabov


Buxoro – 2023
Reja:
Kirish;

  1. Bob. Xalq musiqa ijodi

    1. Xalq aytimlari janrlar kesimida

    2. Taqvim marosim musiqasi janrlari

  2. Bob. Oilaviy-umumiy marosim janri musiqasi;

    1. To'y marosimi janri musiqasi;

    2. Alla aytim janrlari;

Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar;

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Musiqa madaniyati hayotimizda keng o’rin tutgan. Inson shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi esa nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qurollaridan biridir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan zavq olish uchun esainson yuksak madaniyatli sof qalb egasi, go’zallikni his eta oladigan bo’lishi kerak. Olimlardan biri odam shaxs bo’lishi uchun u ruhiy tomondan rivojlanishi, o’zini bir butun inson deb his qilmog’i kerak degan edi.
Aynan insonning ruhiy tomoniga yetib boruvchi yo’l musiqadadir. Musiqa bilan xalqimiz azaldan oshno bo’lib, ijodning turli qatlamlarini qamrab olgan edi. Uning har bir ishi va quvonchli kuni musiqasiz o’tmasdi. Ushbu jarayonlar ya’ni kishilarning mehnat faoliyati, yashash turmush tarzidan kelib chiqqan holda musiqa bir qancha”janr” larga ajralib ketdi. Shular qatorida xalq og’zaki ijodi yarala boshlab, to bugungi kunga qadar yetib keldi.
Hozirda aynan xalq og’zaki ijodining faoliyati sustlashib qolgan, chunki musiqa san’atini kasb qilib, professional musiqa asarlarini yaratish – bastakorlik ijodi ham aynan xalq og’zaki ijodiyoti bilan chambarchas rivoj topdi. XX asrda esa yevropa musiqa madaniyatininh va nita yozuvining kirib kelishi, xatto bastakorlik ijodiyotini ham siqib chiqara boshladi.
O’zbek musiqa madaniyatidagi qadriyatlar va an’analarni saqlab qolish maqsadida bugungi kunda folklore namunalarini, ommaviy janrlar targ’iyboti masalasiga juda jiddiy qaralmoqda. Bu xatto davlat dasturi miqyosiga chiqib, 2018-yil 11-13-iyul kunlari Marg’ilon shahrida “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor festivali1, 2019-yil 5-10-aprelda har ikki yilda bir marta Termiz shahrida o’tkaziladigan birinchi “Xalqaro baxshichilik” festivallari2 bo’lib o’tdi. Qolaversa umumta’lim maktablarida ham folklor namunalari maktab darsligigacha kirtilgan.

Download 76.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling