Buxora davlat universiteti


Xalq aytimlari janrlar kesimida


Download 76.16 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi76.16 Kb.
#1542024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alla

Xalq aytimlari janrlar kesimida

Lapar aytisha ma’nosi hozir Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, Yangiyo‘l, shuningdek, Janubiy Qozog‘istonning Turkiston va Chim kent m uzofotlarida yashovchi a n ’ana sifatida ham on davom etm oqda. Taniqli folklorshunos T.M irzayevning ta ’kidlashicha: «Ilgarilari obu osh tortilgach, hovlida gulxan yoqilib, hovli bazmi o ‘tkazilgan. Shundan keyin qizlar ro‘mol yoyilgan uyga. ya’ni kelinning sepi yoyilgan maxsus tayyorlangan uyga kirganlar. Qizlar uy ichida, yigitlar tashqarida — eshik oldida yoki qizlar uyning to‘rida, yigitlar poygakda tik turishib lapar aytishgan. Lapar aytishni e'tiborli kayvoni ayol, hamma tan olgan laparchi childirma jo‘rligida yoki childirmasiz boshqarib turgan. Bunda boshqaruvchi ruxsati bilan ikki yigit o ‘z belbog‘ini yechib, lapar aytib, o ‘ziga m a’qul b o ‘lgan ikki qiz oldiga tashlaydi. 0 ‘z navbatida, qizlar ham lapar bilan javob aytib, yigitlar belbog‘iga biror narsa ( olm a, nok, anor, tuxum, shirinliklar, qo‘l ro‘m olcha yoki xat) tugib qaytaradi. Buni «lapar solishish» deb aytiladi. Shu tariqa lapar aytishish davom etadi. Laparni, odatda, kuyov tom ondan biror yigit boshlab bergan. Buni «Boshlang‘ich laparlar» deyishgan, lekin so‘zga chechan, tajribali laparchi ayol jarayonni nazorat qilib turgan. Bu laparning o ‘zida shunday ifodasini topgan: Avval boshlab aytganda, qiz boshlamas, Qiz boshlagan lapam i el xushlamas. Aytmayin deb bir xayol qilib edim, Yor-u jo ‘ram q o ‘ymadi, endi b o ‘lmas. L aparlar boshqa qo‘shiqlardan voqebandligi, raqsbop kuyga ega b o ‘lishi ham da dialog shaklida ikki q o ‘shiqchi tom onidan ijro etilishi bilan ajralib turadi.


Yor-yorlar esa kelinni kuyovnikiga kuzatib borish qo‘shiqlari b o klgan, Navoiy ularning «turk ulusi zufof va qiz ko‘ch iru rto ‘ylarida» kuylanganligini maxsus qayd etgan. Hozirgi zam onda esa yor-yorlar kelin-kuyovni nikoh bazmiga olib chiqish va bazm tugagach, davradan kuzatib q o ‘yishda, shuningdek, nikoh bazm ida, kelinni kuyovnikiga k u z a tay o tg an d a, kuyovning x o n ad o n id ag i bazm iy tad b irlard a kuylanadigan bo‘lgan. Shu m antiqdan qaralsa, ularning o'rni va vazifasi bir qadar kengaygan. Yor-yorlarda kelin-kuyovga ezgu tilaklar bildiriladi. Uzatilayotgan qizga dalda — tasalli beriladi. U nga um r yo‘Idoshi boklayotgan kuyovning ta'rifi keltirilib, qiz ovutiladi, qizdagi yotsirash tuyg‘usini so‘ndirishga harakat qilinadi. Shuni ta ’kidlash joizki, Navoiy zam onasida yor-yorlar chinkalar deb atalgan, biroq o ‘sha davrda ham «yor-yor» ularda faol radif vazifasini bajarib kelgan. Qolaversa, folklorshunos M. Alaviya guvohligicha, hozir ham O hangaron shahri va uning atroflarida xalq tilida uni «chinka» yoki «changi» shakllarida qo‘llash davom etm oqda. Shunga qaram ay, «yor-yor’ lafzi rad if (A.Navoiy)ligining ham rna zam onlar uchun qonuniy a n ’anaga aylanib borishi tufayli davrlar o ‘tishi bilan «chink» yoki «changi» istilohlarining janrni ifodaiovchi m a’nosi zaiflasha boshladi, pirovard-oqibatda ilmiy atam a sifatida barqarorlasha olm adi. Natijada «yor-yor» lafzi radifgina em as, balki qo‘shiq shakli-janrni ifodaiovchi ilmiy istiloh darajasida m ohiyat kasb etdi va folklorshunoslikda o ‘zlashdi. «Yor-yor» — takror asosida yuzaga kelgan juft so ‘z b o ‘lib, m ohiyatan kelin-kuyov juftligini ram zan alqovchi, ta ’kidlovchi, e ’tiro f etuvchi ohangga egaligidan, qolaversa, tasavvufiy m a’noda Olloh (yor) nomini ifodalab, yangi oilani bunyod etayotgan qiz (kelin) va yigit (kuyov) juftligi uning irodasi bilan sodir bo‘layotgan ilohiy ahd ekanligidan ham jonli so‘zlashuvda, ham ilmiy taom ilda bir xilda singishib o ‘zlashdi. Yor-yorlar yakkaxon tom onidan yoki ko‘pchilik tom onidan xor sifatida kuylanadi. Y or-yorning uzun-qisqaligi kelin boradigan m anzilning uzoq- yaqinligiga bog‘liq. K elin kuyovnikiga yetib borgach, yor-yorga kuyov tom on yangalari ham q o ‘shilib, tarafm ataraf bo‘lib kuylaydilar. Yor-yorlarning aksariyati uzatilayotgan qiz tilidan kuylanadi:
Ninam uchi sindi deb,
Urding onam , yor-yor.
Mana, ketib boram an,
Tinding onam , yor-yor
Yor-yorlar poetikasi juda boy. Ular nozik istiora va ramzlarga boyligi bilan nikoh to ‘yi janrlari orasida alohida ajralib turadi. T o ‘y q o ‘shiqlarning yana bir turi — о ‘lan bo‘lib, ular «Yor-yon>lar rivojidagi dastlabki bosqichni tashkil etadi. 0 ‘lanlar faqat to ‘ylarda emas, turli yig'in marosim larida ham aytilgan. 0 ‘lan aytish ko‘proq ko‘chm anchi chorvadorlar orasida kengrok tarqalgan bo‘lib, ular tarafm a-taraf aytishuv sifatida kuylangan. Masalan:

Yigit: — O‘lanlarning aw al boshi tam al toshi,


To‘y oldidan tortganim so‘qim oshi.
Hadding b o ‘lsa, qani kelib o ‘lan boshla,
Bu elatning m enm an degan keksa-yoshi.
Qiz: — 0 ‘lan aytsam -o‘lanim adashm aydi,
Yolg‘iz aytgan o ‘lanim yarashmaydi.
Ikkov-ikkov aytaylik, birday b o ‘lib,
Savog‘idan ochilgan gulday b o ‘lib.

Y or-yorlarda asosiy m aqsad kelin-kuyov ta ’rifi, ularga tilak bildirish b o ‘lsa. o‘lanlardagi bosh maqsad aytishuvda g‘olib chiqishdir. 0 ‘zbek xalqining m ashhur «Alpomish» dostonidagi Alpom ish va Bodom bikach aytishuvlarini nazarda tutsak, o ‘lanlarning vujudga kelishi juda qadimiy ekanligiga am in bo‘lamiz.


«O’lan» aslida «ulang» so‘zining « 0 ‘lang va ulan» shakllaridagi fonetik o ‘zgarishi tufayli yuzaga kelgan b o ‘lib, kelin (qiz) va kuyov (yigit)ni bir-birlariga m a’naviy jihatdan bog‘lash, ulash m aqsadini ifodaiovchi m a’noga ega. Alisher Navoiy «Saddi lskandariy» dostonida shunga ishora qila turib, o ‘lanlarning yor-yorlarga ham ohangligini va vazifadoshligini nazardan qochirm aydi.
Olanlar, odatda, yakkaxon o ‘lanchining oddiy ovoz solishi asosida kuylanib, u to‘rtlikni aytib b o ‘lgach, tarafdorlarining jo ‘rovoz q iy riq lari asosida yo to ‘rtlik , yo uning so ‘nggi satri hayqirib takrorlanadi. 0 ‘lanlar hoziijavoblikni, hazil-m utoyibani talab etadi. K o‘p incha o ‘n bir hijoli vaznda yaratiladi. Xullas, yigitlar va qizlar o ‘rtasida hoziijavoblik bilan aytishuv shaklida aytilgan, fikrga fikrini she’riy yo‘sinda ulab ketish o ‘lan janrining yetakchi xususiyati sanaladi. Buxoroning talay qishloqlarida kelinni kuyovnikiga yoki aksincha kuyovni kelinnikida kutib olinishida gulxan yoqib, uning atrofidan uch m arta aylanib «Uv-ho-uv!!!» deya ja r solish udum i mavjud. Bu hayqiriq aslida Q ur’oni karim dagi «havalloh hu» oyatining jonli talaffuzda o ‘zgargan shaklidir. K uyovjo‘ralari yoki kuyovnavkarlaming jari vaqtida ham m a’lum poetik aytim lar ijro etilgan. Kuyovnavkarlar jarin i, odatda, yigitlar orasidagi so‘zga chechan, kuylay oladigani yakkaxon tarzida ashula uslubida m usiqiy asbob jo ‘rligisiz (ayrim hollardagina doira jo ‘rligida) juda baland ovozda kuylagan. Kuyovning boshqa navkarlari esa har band oxirlagach, ja r solib unga j o ‘r bo‘lishgan. Masalan:
Yakkaxon: — Sen qachon gul deb yubording,
M en senga gul berm adim .
Sen qachon shahzoda b o ‘lding.
Men senga qul bo‘lmadim.
D utorim ni qo‘lga olib,
Q om atingday turm adim .
K uyovnarkarlar:-H uy-huy-huy, huy-bale!
Huy-bale-bale, huy-bale!

Jarlarning yana bir turi «Antalhodiy» deb yuritiladi. U o ‘ziga xos ijrosi bilan farqlanib turadi. U nda yakkaxon har bir satrni alohida kuylaydi. Kuyovnavkarlari esa «A ntalhodiy M avlon d o ‘st oblo rabbano» satrini naqarot sifatida jo ‘rlikda hayqirib kuylaydilar. «A ntal h o d iy » — « S en y o ‘lga s o lu v c h i, t o ‘g ‘ri yo*lni ko‘rsatuvchisan, qulingm an o ‘zingni, robbim », — degan m a'nolarni anglatadi. 0 ‘tmishda «Kelin olib kelish» udum ida ham jarlam i ijro etish an'anasi mavjud bollgan. Ular, asosan, kelinning kelganidan xabar berish maqsadida «yor-yor» aytimi to ‘xtatilgandan keyin kuylangan. Xullas, o ‘zbek nikoh to ‘yi marosimi folklori shu qadar boy va rang-barangki, ulam ing har biri o ‘ziga xos vazifasi, ijro o ‘m i va ijro usuliga ko‘ra farqlanib turadi. Shuningdek, ulam ing har bir vodiy va vohadagi ijro usullari ham o ‘ziga xosdir





    1. Download 76.16 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling