OH
OH
OH
OH + 3 Cu(NH3 )m(OH)
OOHH
OH
OH
OH-7 Cu(NH3 )n(OH)
OH"^
OH
OH
OH- Cu(NH3 )n(OH)2 + 3(m-n) NH
OH
OH
OH
OH—^ Cu(NH3 )n(H O)
Mis ammiakli tolaning xossalari viskoza tolasi xossalariga o’xshash, qo’llanish sohalari ham bir xil, mis ammiakli ingichka tola trikotaj sanoatida, xususan ayollar papoklarini tayyorlashda keng qo’llanadi.
Asetat tolasi
Sellyuloza efirlaridan olinadigan tolalar ichida asetat tolasi eng ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Asetat tolasining xom ashyosi sifatida sellyuloza (paxta yoki yog’och sellyulozasi), sirka angidrid va aseton ishlatiladi. Sellyuloza sulfat kislota ishtirokida sirka angidrid va sirka kislotasi bilan ishlov berilsa triasetilsellyuloza hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan asetillangan sellyuloza to’qimachilik sanoatida qisman sovunlanib, ya’ni 100 ta glyukoza qoldig’iga 250 ta aetat guruhi muvofiq keladigan holatga keltiriladi:
Bunday holga kelgan sellyulozadan to’qimachilik sanoatida kiyim-kechak uchun yaroqli tola olinadi. Hosil bo’lgan mahsulot tozalanib olingandan so’ng, unga oz-ozdan suv ko’shib 40 darajali haroratda asetonda eritiladi.
Asetat tola qovushqoqligi, mayinligi, chiroyliligi, kimyoviy pishiqligi va kuyosh nuri ta’sirida o’zgarmasligi sababli tobora ko’p ishlatilmoqda. Tarkibidagi gidroksil va asetil guruhlarning nisbiy miqdori bilan farqlanuvchi asetat tolalardan to’qimachilik sanoatida keng foydalanilmoqda. Masalan: triasetat tola asosan texnikada qo’llaniladi, uning elektr tokini o’tkazmaslik xususiyati barcha sun’iy, tabiiy tolalardan ustun turadi. O’zbekistonda paxta tolasining chiqindisi, ya’ni momiq asosida asetat tolalar ishlab chiqarish qo’yilmoqda.
KMS [C6H7O2 (OH) x (OCH2 COOH)y]n x+y =3 sanoatda KMS olish uchun oldin sellyuloza 20-25 foizli ishqor eritmasida odatdagi haroratda merserizasiyalanadi va maydalanadi. Keyin unga 35-40 daraja haroratda xlorsirka kislotasining natriyli tuzi ta’sir ettiriladi. Odatda KMS ning natriyli tuzi olinadi. U ok yoki sarg’ish rangli qattiq moddadir. Uning hosil bulish reaksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |