Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Polienantoamid quyidagi nomlarda ishlab chiqariladi: poliamid - 7 (MDH), naylon - 7 va enant (tola) (AQSh)


Download 0.76 Mb.
bet21/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Polienantoamid quyidagi nomlarda ishlab chiqariladi: poliamid - 7 (MDH), naylon - 7 va enant (tola) (AQSh)
Poliuretanlar
[CO-NH-R-NH-CO-R’-O-]n
Poliuretanlar birinchi marta 1947 yilda diizosianatlar bilan glikollarni polikondensatlash natijasida sintez qilgan.
Poliuretanlar kimyoviy tarkibi jihatdan poliamidlarga o’xshaydi. Makromolekulalari chiziqsimon bo’lgani uchun undan tola olinadi. Bu tolalar ko’p xossalari jihatdan poligeksametilenadipinamid tolalariga o’xshaydi. Poliuretanlar kauchuklar sifatida ham ishlatiladi. Undan tayyorlangan rezina buyumlar ishqalanishga chidamliligi bilan hamma polimerlardan afzal turadi. Poliuretan eritmalaridan olingan lak va yelim ham yaxshi xususiyatga ega. Bu yelimlar metallarni yog’och, kauchuk, palastmassalarga; kauchuklarni shisha, chinni, paxta tolasiga mahkam yopishtiradi.




Bulardan tashqari poliuretanlar bulutsimon g’ovak polimerlar olishda katta ahamiyatga ega. Bunday polimerlar juda yengil hamda yuqori haroratda ham o’z shaklini saqlaydi. Ular sanoatning barcha tarmoqlarida (qurilishda, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik va boshqa sohalarda) keng ishlatiladi.
Polikarbomidlar (polimochevinalar) HO-[CO-NH-R-NH-CO-R’-O-]n-H Polikarbomidlar diizosianat bilan diaminlarni yuki diuretanlar bilan diaminlarni polikohdensatlash natijasida olinadi. Polikarbomid oq, qattiq polimer, kristall holga o’tish xususiyatiga ega. Kimyoviy tarkibi va tuzilishi bilan ular karbonat kislita poliamidi ekanligi ko’rinib turadi. Polikarbomidning tuzulishi, shuningdek, poliamid va uretanga ham o’xshaydi. Lekin polikarbomidning yumshash harorati yuqori bo’ladi. Polikarbomid poliamid va poliuretanga nisbatan harorat ta’siriga chidamsiz.
Polikarbomidlar asosan tola holiday ishlatiladi. Polikarbomidlarning turli sopolimerlari ham ma’lum. Bunday sopolimerlar polikarbomidga nisbatan elastic va harorat ta’siriga chidamliroq uchun ular keng ko’lamda ishlatiladi.
Karbamid-formaldegid (mochevinaformaldegid) smola Karbamid-formaldegid smola formaldegid bilan karbamidning suvdagi aralashmasini kislotali yoki ishqoriy muhitda kondensatlash natijasida hosil bo’ladi. Karbamid-formaldegid smola tiniq va sifatli bo’lishi uchun reaksiyaning Karbamid-formaldegid smola birinchi bosqichida hosil bo’lgan termorefaol smola kondensatlanishning oxirgi bosqichida katalizatorlar (ammoniy xlorid, oksalat kislota, ammiak va hokazolar) ishtirokida suyuqlanmaydigan va erimatdigan qattiq holatga haroratiz ishlov bilan o’tkaziladi. U tiniq, ultrabinafsha nurlarni yaxshi o’tkazadi. Lekin quyosh nuri, kislorod va suv bug’I ta’sirida chidamli. Yuqori harorat (1300 - 1500C) va katta bosimda (300-400 MPa) olingan smolada bunday kamchiliklar bo’lmaydi. Karbamid-formaldegid smoladan asosan turli yelimlar tayyorlanadi. Uni qipiq va payrahalarga aralashtirib, yog’och plastiklar olishda ham ishlatilmoqda.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling