Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet19/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Poligeksametilensebasinamid
H-[NH(CH2)6NHCO(CH2)8CO]n-OH
Poligeksametilensebasinamidni ham birinchi marta 1936 yilda Karozers geksametilendiamin bilan sebasin kislotani polikondensatlab hosil qilgan.
Poligeksametilensebasinamid sanoatda va turmushda asosan tola sifatida ishlatiladi. Undan olingan tola turli mamlakatlarda turlicha nomlar bilan ataladi, masalan naylon-610, perlon-N, poliamid - 68 va hokazo. Bunday tolalar pishiq, bakteriyalar ta’siriga chidamli hamda tezda kir bo’lmaydi. Shuning uchun ular xo’jalikning ko’p tarmoqlarida keng ko’lamda ishlatiladi. Poliamiddan har xil qalinlikdagi plyonkalar, lok va mashinalarning turli detallari ham tayyorlanadi. Bunday detallarni moylamay ham ishlatish mumkin.
Poli - s- kaprolaktam H-[-NH-(CH2)5-CO]n-OH
Poli - e- kaprolaktamni birinchi marta 1889 yilda Gabriel va Meos e- aminokapron kislotadan sintez qilganlar.
Poli - e- kaprolaktamning xossalari yuqorida ko’rib o’tilgan boshqa poliamidlarning xossalariga o’xshaydi. U ham ko’pchilik organik moddalarda, ishqor eritmalarida eriydi.




Poli - e- kaprolaktamni ham asosan tola sifatida ishlatiladi. Tola naylon-6, perlon, kapron, kaprolan, amilon, dederon, bodanil nomlar bilan ataladi. Poliamiddan shunigdek, plyonkalar, lok, yelim va mashinalarning turli detallari, tibbiyotva xirurgiyada, radiotexnikada samolyotsozlikda ham, kundalik turmushda keng foydaniladi. .
Poli - w- enantoamid H-[-NH-(CH2)6-CO]n-OH
Poli - ю-
enantoamidni birinchi marta 1902 yilda aminoenant kislotadan Munasse sintez qilgan. Lekin aminoenant kislotaning miqdori kam bo’ganligi uchun u keng ishlatilmaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling