Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet40/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

rasmdan ko’rinib turibdiki, nurlantirish to’xtatilgandan keyin ham fotopolimerlanish jarayoni reaksiya sharoitida hosil bo’lgan radikallar hisobiga birmuncha vaqt davom etadi.





  1. rasm. Butadienning fotoximieaviy poli- merlanish tezligiga nurlanish vaqtini ta' siri.

1 -Yorug' lik nuri ta' sirida, 2- nurlanish to' xta- tilgandan keyin.


Fotokimyoviy polimerlanish jarayonida hosil bo’layotgan polimerning molekulyar massasi zanjirning o’sish tezligiga (Vzo s) to'g’ri proporsional bo’lib, faol markazlar hosil bo’lish reaksiyasi \gin tezligining kvadrat ildiziga teskari proporsionaldir:
M
- ^rr (4,)
Fotopolimerlanish jarayonida faol markazning paydo bo’lishi yuqorida qayd etilganidek, haroratga bog’liq bo’lmaganligi tufayli, monomerning faollanishi uchun 17—25 kJ/mol miqdorida kvant energiyasi talab qilinadi. Fotopolimerlanish jarayo­nining tezligini oshirish massadida, reaksiey aralashmaga nur ta’sirida oson parchalanib, radikal hosil qiluvchi moddalar fotoinisiatorlar — sensibilizatorlar tushuniladi. Fotoinisiator yoki fotosensibilizator monomer molekulasini faollantira olmaydigan nur energiyasini yutib g’alayonlangan (faollangan) holatga o’tadi va u monomer molekulasi bilan o’zaro ta’sirlashib, uni faollantiradi. Natijada faollangan monomer molekulasi o’z navbatida radikallarga parchalanib, faol markazlar hosil qilindi.
ф—^ф* + M >ф + MM
M*-^ Rm + R"
Ko’pincha fotosensibilizatorlar sifatida rezorsin, eozin kabi bo’yoq, moddalari va benzofenolga o’xshash moddalar ishlatiladi. Shuningdek, xlorofill hamda ba’zi bo’yoq moddalarning qoldiqlari ko’zga ko’rinadigan yorug’lik nuri ta’sirida boradigan polimerlanish jarayonini tezlashtiradi.
Keyingi yillarda fotokimyoviy polimerlanish jarayonidan poligrafiyanoshirlikda har xil fototasvirlarni olishda, lak-bo’yoq qoplamalarini qotirishda, har xil difraksiya panjaralari va linzalar, lazer nurlari yordamida uqish va yozish uchun galogrammalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Keyingi paytda qisqa to’lqinli spektrlarga ega bo’lgan lazer nurlari yordamida bir qator monomerlarni polimerlab, ma’lum texnik xususiyatga ega bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar olinmoqda.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling