H + CH CHR
R
Stirol molekulasining fotokimyoviy polimerlanishi uchun ba’zi manbalarga ko’ra to’lqin uzunligi 250 nm ga teng bo’lgan nurning 21, 25 kJ/mol kvant energiyasi talab qilinadi.
Fotokimyoviy polimerlanish jarayonida inisirlanish reaksiyasining tezligi yutilayotgan nurning intensivligiga to’g’ri proporsionaldir.
Vm = pVa bu erda, r — nurning samarali (effektov) kattaligi bo’lib, bu kattalik nurning to’lqin uzunligiga va monomerning tabiatiga bogliq. /0 — nurning intensivligi.
Fotokimyoviy polimerlanish jarayonining tezligi nurlanish intensivligining kvadrat ildiziga teng. Fotopolimerlanish davrida faol markazlarning hosil bo’lishi, monomer molekulasiga, yutilayotgan kvant energiyasiga bog’liq bo’ladi. Yutilayotgan kvant energiyasining ortishi bilan reaksiya muhitda faol erkin radikallar miqdori ham ortib boradi va polimerlanish tezligi ham keskin ortadi. Bun dan tashqari fotopolimerl anish jarayonini harorat hamkorligida o l i b borish m u m k i n. Yuqori haroratda polimerlanmaydigan monomerlar nur ta’sirida juda tez va past haroratda polimerlanadi. Masalan: vinilidenxlorid ultrabinafsha nurlari ta’sirida —35°S da polimerlanadi. Fotopolimerlanish reaksiyasi kam miqdor energiya talab qilgani uchun uning tezligi harorat ta’siriga bog’liq emasdir.
Ko’pgina holda fotokimyoviy polimerlanish jarayoni simobli yoritgich yordamida vakuumda yoki inert gaz muhitida kvarsdan tanyorlangan idishda olib boriladi. Fotopolimerlanish reaksiyalari uchun kerakli nurning to’lqin uzunligi 300 nm atrofida bo’ladi.
Yorug'lik nuri ta’sirida polimerlanish jarayonining ko’pchiligida nurlantirish to’xtatilgandan keyin ham polimerlanish davom etadi. Masalan: butadien nur ta’ sirida polimerlanganida nurlanish vaqti bilan Fotopolimerlanish tezligi orasidagi bog’liqlik quyidagi 5.2- rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |