Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bt 22-s guruh talabasi rustamova munisaxon istamovnaning umumiy psixologiyaga kirish fanidan “xayol” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 1.02 Mb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1619284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XAYOL

GURUH TALABASI UMUMIY PSIXOLOGIYAGA KIRISH FANIDAN “XAYOL” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

MAVZU: XAYOL

Reja:

1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.

2. Xayol turlari va jarayonlari.

3. Xayol va ijodkorlik.

4. Xayolning individual 

xususiyatlari va rivojlanishi

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

  • Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish.
  • Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi.
  • Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir.
  • Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish.

Insonning YER sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi. Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan. Shunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling