Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir. Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir. Shunday qilib, yuzaga kelgan obrazlarning tuyulayotgan engilligi, ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. Yangi tasavvurlar ongda mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari yordamida yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha mexanizmlarga tayanadi. Xayolning individual xususiyatlari odam xayolining rivojlanish darajasi va ko‘proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko‘ra tafovutlanishida ifodalanadi. Xayolning rivojlanganlik darajasi o‘tmishdagi tajriba ma’lumotlarining obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va to‘laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va mo‘‘jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta ishlanishi bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko‘rgazmali tasavvur etish malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Xayolning etarli darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas. Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. Bir xil odamlar xayol obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar – o‘ta rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, olimlarda ko‘rishimiz mumkin. - Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. Bir xil odamlar xayol obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar – o‘ta rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, olimlarda ko‘rishimiz mumkin.
- Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, eshitish, motorli va ko‘rish-eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, odamlar ko‘proq xayolning aralash tipiga ega bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |