Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bt 22-s guruh talabasi rustamova munisaxon istamovnaning umumiy psixologiyaga kirish fanidan “xayol” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 1.02 Mb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1619284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XAYOL

Xayolning fiziologik asosi 

Xayolning fiziologik asosi  nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkala xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

XAYOLNING MAXSUS VAZIFALARI

Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradiUlardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.

Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.

Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.

To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat.

Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.

XAYOL TURLARI VA JARAYONLARI

Xayol turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling