Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish. - Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish.
G.S. Altshuller ijodiy masalarni hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. Birinchi daraja masalalari ushbu maqsadga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llash bilan hal etiladi. Bunda umumiy qabul qilingan va ma’lum bo‘lgan bir necha xil echimlarni fikran tanlab olish talab etiladi. Bunda ob’ektning o‘zi o‘zgarmaydi. Bunday masalalarni echish vositalari yagona tor mutaxassislik doirasida bo‘ladi. Ikkinchi darajali masala ob’ekt ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi daraja masalalarini echishda takomillashtirilayotgan ob’ekt to‘laligicha o‘zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning echimi fan sohasining kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi. Beshinchi daraja masalalarini hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko‘p karra oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |