Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy xulq-atvor, kichik guruhlar, 
etnik guruh, katta guruh, oila kichik guruh sifatida, oilaviy tarbiya, 
oila psixologiyasi, boshqaruv uslublari, ijtimoiy normalar. 
Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari. Shaxs ijtimoiylashuvi. 
«Xulq-atvor» tushunchasi psixologiyadan sotsiologiyaga kirib kelgan 
tushuncha hisoblanadi. «Xatti-harakatlar» atamasining ma’nosi 
boshqacha bo‘lib, harakat va faoliyat kabi an’anaviy falsafiy 
tushunchalarning ma’nosidan farq qiladi. Agar harakat aniq maqsadga 
ega bo‘lgan oqilona asosli harakat deb hisoblansa, ma’lum ongli 
usullar va vositalarni jalb qilish bilan amalga oshiriladigan strategiya, 
xatti-harakatlar faqat tirik mavjudotning tashqi va ichki o‘zgarishlarga 
bo‘lgan munosabatidir.
Ijtimoiy xatti-harakatlar jismoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va ijtimoiy muhitga munosabat 
sifatida paydo bo‘lgan insoniy xulq-atvor jarayonlarining to‘plamidir. 
Ijtimoiy xulq-atvor mavzusi shaxsga yoki guruhga taalluqli bo‘lishi 
mumkin. Shaxsning xatti-harakati birinchi navbatda ijtimoiylashuv 
bilan belgilanadi. Inson biologik mavjudot sifatida ega bo‘lgan eng 
kam tug‘ma instinktlar barcha odamlarda bir xildir. Xulq-atvor 
farqlari ijtimoiylashuv jarayonida olingan fazilatlarga va ma’lum 
darajada-tug‘ma va olingan psixologik o‘ziga xos xususiyatlarga 
bog‘liq. Bundan tashqari, shaxslarning ijtimoiy xulq-atvori ijtimoiy 
tuzilish, xususan, jamiyatdagi rol tuzilishi bilan tartibga solinadi.
Xulq-atvorning ijtimoiy normasi-bu status talablariga to‘liq mos 
keladigan xatti-harakatlardir. Vaziyat kutishlariga mos keladigan 
ijtimoiy xulq-atvor, amerikalik sotsiolog R.Linton tomonidan ijtimoiy 
rol sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy xulq-atvorning bunday talqini 


227 
funksionalizmga eng yaqindir, chunki u xatti-harakatni ijtimoiy 
tuzilma tomonidan aniqlangan hodisa sifatida tushuntiradi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondoshishning o‘ziga 
xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi 
o‘zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni ijtimoiy 
psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-
atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishini, shaxsning muloqotlar 
sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini 
o‘rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo‘sinda sodir 
bo‘lishi ijtimoiy psixologiyada ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida 
bevosita qanday namoyon bo‘lishi ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar muammosi 
bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar 
va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo‘lishini aniqlagan 
holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish 
ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Shaxs ijtimoiylashuvi to‘g‘risida gap ketarkan uning fanda 
ko‘pincha «Shaxs taraqqiyoti» yoki «Tarbiyachi» tushunchalari bilan 
sinonimdek ishlatilishiga alohida e’tibor berish kerak. Lekin 
ijtimoiylashuv sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, aytib o‘tilgan 
tushunchalardan farq qiladi. Ijtimoiylashuv - bu individning ijtimoiy 
muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv 
ravishda muloqot sistemasiga kirib borish jarayonidir. Bu jarayon ikki 
tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy 
ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z 
xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon normal 
individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishiga 
ehtiyoj hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zururiyat bordir. Shuning 
uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, 
undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini 
kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional 
muloqotda ehtiyojning borligi).
Shaxs 
ijtimoiylashuvi 
yoki 
shakllanishining 
o‘z sohasi, 
bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 
1) faoliyat sohasi, ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga 
bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib bu jarayonda fan katalogi 


228 
kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus 
fazilatlarning, malaka va ko‘nikmalarining, bilimlarning borligini 
talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va 
o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy 
hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u faol hayotiy mavqega ega 
bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni «Men» obrazining yil sayin 
o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, 
o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini 
anglash, so‘ngra o‘z-o‘zini baholash, anglash, na’zorat qilish 
xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining 
tarkibiy 
qismidir. 
Shaxs 
ijtimoiylashuvi, 
yuqorida 
ta’kidlab 
o‘tganimizdek, bola tug‘ilishi bilan boshlansa-da, sezilarli, 
samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, 
birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga 
bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu 
davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu 
davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda 
ongda singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim 
bosqichga o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning 
yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan 
ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlar 
sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini 
tanlagan, turmush ko‘rib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda 
namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning 
mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan keyingi 
davr bo‘lib, bunga asosan, aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik 
gashtini so‘rayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi 
davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba 
boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy 
o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Ijtimoiylashuv jarayoni ro‘y beradigan sharoitlar, muassasalar 
xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassalari, 


229 
maktab, boshqa o‘quv dargohlari, mehnat jamoalarining roli nazarda 
tutiladi.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorida bevosita ishi yoki shaxs 
tomonidan anglanmasligi mumkin. Shuning uchun ham motivlar 
anglangan namoyon bo‘ladi. U yoki bu xulq-atvorining sababi uning 
motividir. Lekin bu motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi 
mumkin. Ular haqida «Umumiy psixologiya» kursida ham har 
taraflama keng so‘z yuritilgan. Ijtimoiy psixologiya esa shaxs xulq-
atvorining motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganadi. 
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki 
qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy 
adabietdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini 
tushunmaydi, o‘sha guruhdan yangi bir kitob qo‘lga kirganda u albatta 
yoqishi kerak degan tasavvurda bo‘ladi. Shu ma’noda olib qaralganda 
ijtimoiy 
ustanovka 
shaxsdagi 
anglanmagan 
munosatbatlarga 
o‘xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki 
ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no 
ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o‘z ifodasini topadi. Ya’ni 
ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan 
munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan 
ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga 
tayorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika 
Qo‘chma Shtatlarida har taraflama chuqur o‘rganilgan muammolardan 
hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy 
tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bogligini o‘rganib, shaxs 
xulq atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini 
isbot qildilar. (U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Olport, M.Smit, K.Xovland, 
Laper, D.Kats, N.Rokich va boshqalar) ular ijtimoiy ustanovkani bir 
so‘z bilan - «attityud»so‘zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayoq M.Smit 
attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga 
ko‘ra attityudda uch qism bo‘lib, bo‘lar kognitiv qism, affektiv qism 
hamda konativ qismlardir. Kognitiv qism - bu shaxsdagi attityud 
obektiga nisbattan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. 
Bunga shaxsdagi bilimlardan tashqari goyalar, tasavurlar prinsiplar va 
hokazolar kiradi. Attityudning affektiv qismi - bu o‘sha obyektni 
hissiy emotsional baholash bo‘lib, yoqtirish yoki yoqtirmaslik 


230 
tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qismi yoki xulq-atvor bilan 
bog‘liq qismiga esa obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-
harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi.
Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat 
ko‘rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish 
xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy 
umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda 
bo‘lib, kichik va katta guruhlarga bo‘linadi - o‘z navbatida ular ham 
real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha 
bo‘lgan, ya’ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam 
rivojlangan guruhlarga bo‘linadi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling