Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlari. Etnopsixologiya -
bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi «xalq» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. Shunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni 234 o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyutsiya g‘alaba qozongan O‘zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan O‘zbek xalqi psixologiyasining ham o‘zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasidagi farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni, o‘zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, O‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi ko‘pligini aniqladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling