Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Guruhning shakllanishi. Katta guruhlar psixologiyasi mazmuni 
va tarkibiy tuzilishi. Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot 
kechirayotgan anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan sosial 
umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo‘linishi 
mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga korhonalarning mehnat jamoasi 
yoki ko‘pgina o‘qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‘zaro aloqada 
bo‘lmasalar ham, lekin ayni chog‘da yagona bitta rahbarga 
bo‘ysunadi. Katta guruhlar ba’zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, 
yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va birlashtiradigan 
shartli guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. 
Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari 
bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga 
ajratilgani uchun asos bo‘lgan belgilariga ko‘ra umumiy sotsial va 
psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin. Jumladan, o‘spirinlar turli 
shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda 
bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular turli 
xalqlarning tillarida so‘zlashishlari, hech qachon bir joyga 
yig‘ilmagan bo‘lishlari mumkin. Ularning umumiy sotsial (o‘rta 
maktab o‘quvchilari), yosh (12-15 yashar), psixologik (shakllanib 
kelayotgan ulg‘ayish tuyg‘usi, o‘spirinlik paytida o‘zligini namoyon 
etishi va hokazo) ta’riflari asosiy belgilariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash 
bo‘ladi. Katta shartli guruhlarni o‘rganish (yosh psixologiyasida, 
sotsial psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy xususiyatlari 
farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan 
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh 
sifatidagi 
o‘spirinlar 
shaxsiyati 
rivojlanishining 
umumiy 


231 
qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan 
tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va 
samarali tarzda olib boradi. Katta guruhlar psixologiyasiga xos 
xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. Katta guruhlar 
kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo 
ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional 
belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta 
guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq-
atvorini belgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa 
kerak. Ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish 
olib borishini afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining 
psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy 
ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, 
aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga 
qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar 
yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik.
Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning 
o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim 
sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning 
barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish 
masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo‘yadi. 
Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy 
yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish 
hozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma 
bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy 
taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har 
qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xox bu sinflar bo‘lsin, xox 
millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga 
xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy 
psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu 
guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan 
muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik 
omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda 
tutiladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling