Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
XIV. MODUL. TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning shakl va usullari
XIV. MODUL. TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI
MAKTABGA O‘QISHGA TAYYORLASH Mavzuga oid tayanch tushunchalar: intellektual, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv, pedagogning ilmiy-pedagogik-psixologik strategiyasi, rivojlantiruvchi yondashuv, ta’1imning rivojlantiruvchi muhiti, o‘yin faoliyati, inklyuziv ta’lim, pedagogik diagnostika ta’limi, ota-onalar bilan hamkorlikning istiqbolli shakllari XIV.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning shakl va usullari Maktabgacha ta’1im tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Ta’lim sohasidagi asosiy natija bola tomonidan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirib olinganligi uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning shakllanishga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda pedagog tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning shakl- lanishiga muammolar yechimiga ijodiy yondashishga, tashab- buskorlikka, mustaqillikka va mas’u1iyatga, o‘z faoli- yatini boshqara olishga o‘rgatishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'1imiga tayyorlashda quyidagi tamoyillar ustuvor hisoblanadi: Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv. Bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv. Pedagogning ilmiy-pedagogik- psixologik strategiyasi. Rivojlantiruvchi yondashuv. Ta’1imning rivojlantiruvchi muhiti. O‘yin faoliyati. Inklyuziv ta’lim. Pedagogik diagnostika ta’limi. Ota-onalar bilan hamkorlikning istiqbolli shakllari. I. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvta’1im jarayonini tashkil etishning asosi sifatida shaxsning jamoa oldidagi ustuvorlikni nazarda tutgan holda unda insonpar varlik munosabatlarining shakllan- tirilishini taqozo etadi. Bunda bola o‘zini shaxs sifatida his etadi, boshqa kishilarda shaxsga xos xislatlarni ko‘rishni (kattalarda va atrofdagilarda) o‘rganadi. Har bir bola imkoniyatlarini ro‘yobga 255 chiqarish esa pedagogning qadriyatlar yo‘nalishlari xatti-harakatida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga munosabati, mo‘lja1lar tizimi, xohish-istaklari bilan belgilanadi. 11. Bolaga yo‘naltiri1gan ta’1imiy yondashuv bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta'lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgunga qadar to‘plangan tajribasi e’tiborga olingan ta’lim shaklidir. Bunda: Ta’lim jarayoni bolaning eng odatiy tarzda rivojlanishi va ta’1im olishiga doir bilimlarga asoslanishi lozim. Ta’lim muvaffaqqiyatli pedagog tomonidan bolani rivojlantirish va o‘qitish uchun va yo‘l-yo‘riqlarigaoid bilimlarni qay darajada egallaganiga bog‘liq. Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga ko‘mak- 1ashishidir. Maktabgacha ta’limning o‘ziga xos xususiyati – bolaning qadrini tushunish va vaqtidan oldin ulg‘ayishiga undamaslik. Pedagogdan quyidagilar talab etiladi: – Bolalar qanday bo‘1sa shunday qabul qilish. – Bolaning o‘z maqsadiga erishishiga yordam berish. – Bolalarning qanday qobiliyatga ega ekani va o‘z guruhida qanday ta’1im olayotganini bilish tarbiyachi ta’lim jarayonini rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi. – Agar pedagog barcha bolalarga bir xil tarzda yondashadigan bo‘lsa, ular muvaffaqiyatga erisha olmaydi. – Pedagog bolalar faoliyatining barcha yo‘nalish1ari turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini muntazam kuzatib borish, ularning qobiliyati, qiziqishlari talab-istaklari haqida bilishga intilishi kerak. – Pedagog ana shu ma’lumotlarga tayangan holda bola rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlarga erishishi uchun shu faoliyatini rejalashtiradi va qo‘l1ayotgan usullarini ta'1im jarayoniga moslashtiradi. Materiallar va maslıg‘ulotlar bolalar biladigan va qilishni o‘rgangan narsalargagina emas, balki yangi ko‘nikma va tushunchalar hosil qilish uchun ulardan muayyan harakat, intilish talab qiladigan 256 mashg‘ulotlarga Ta’1im maqsadlari bolalarni ushbu yoshdan guruhi uchun tushunarli va amalga oshirishi mumkin bo‘lishi kerak. Yangi ko‘nikmalarni amaliyotda takomillashtirish uchun bolalarga keng imkoniyatlar vujudga keltirilishi zarur. Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv. – Pedagoglar ayni paytda ijobiy o‘zgarishlar darajasini belgilayotganda va navbatdagi qadamlarni rejalashtirilayotganda dasturning maqsadini xayoldan chiqarmaydi. Maqsadlarga qay darajada erishish mumkinligi bolaning individual rivojlanishining avvalgi tajribasi, bilimi va ko‘nikma1ari hamda ta’lim qanday sharoitda olib borilayotganligiga ham bog‘1iqdir. Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar. Pedagog har kuni ko‘plab qarorlar qabul qiladi, bu bevosita ta’lim-tarbiyaviy jarayonga bog‘1iq bo‘ladi. Boshqa qarorlar – bu pedagog tomonidan o‘qitish muhiti, materiallarni joylashtirish, bolalarni kichik guruhlarga ajratishga doir qarorlar. Har bir vaziyatda qabul qilinayotgan qaror jiddiy o‘rganish va rejalashtirish natijasi bo‘lishi shart. Pedagoglar tomonidan ma’luinot asosida qaror qabul qilish bu qabul qilinayotgan katta va kichik qarorlarning barchasi pedagogning kuzatuvlari asosida qabul qilinishi lozim (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbat natijasida tarbiyachi har bir bolaning kuchi va zaif tomoni hamda uning qiziqishlari haqida bilib oladi). Bolaga ta’lim berish bo‘yicha quyidagi uch omil mavjud: Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma’lum bo‘lgan bilimlarni e’tiborga olish. Har bir bolaning shaxsiga oid ma’1umotlarni e’tiborga olish. Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar haqidagi ma’1umotlarni e’tiborga olish. Bolaning uydagi va o‘zini jamoadagi hayotini takomillash- tirishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyatlarini o‘rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo‘Iishiga yordam beradigan ta’1im muhiti va mashg‘ulot1arni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 257 Rivojlantiruvchi yondashuv — bolaning tabiiy ravishda ulg‘a- yishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yara- tadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv. Bu yondashuvga muvofiq bolalar: O‘yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma’1umotlarni o‘zlashtirib, faol ta’lim oladi. Rivojlanishning qonuniy bosqichlai ini bosib o‘tadi. Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi. Har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi. łV. Individuallashuv o‘ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo‘1sa, har bir bola shu darajada mo‘ljaldagi ta’1im natijalariga erishishning ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturningamalga oshirilishi oson kechadi. Muayyan fan bilan bog‘liq muammolar kamayadi, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar oshadi. Individuallashtirishning ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o‘ziga nisbatan hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo‘ladi. Pedagog o‘zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va qiziqishlarini o‘rganadi. Pedagogik strategiya – bu bolalarni qo‘yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan uslublar yig‘indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e’tiborga olish tashkil etadi. Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti – bu faollikning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, jihozlarning yetarliligi, ko‘p darajaliligi (rivojlanishi turlicha bo‘lgan bolalarning o‘z maqsadlariga erishishni ta'min1aydigan) va funksionalligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta’minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarning mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. 258 Guruh xonasida: Bolalarning qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat uchun joy ajratiladi; Stullar bilan ajratilgan syujetli o‘yin1ar, sinov va tajriba, stol ustida o‘yna1adigan o‘yinlar va didaktik mashg‘u1ot, qo‘l mehnati va tasviriy faoliyat uchun joy; Kitob burchagi (rasmli albomlar, jurnallar); O‘zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi; Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo‘yi baravar o‘rnati1ishi lozim). Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish ko‘nik- malarining shakllanishini ta’minlaydi. Har bir guruh zonalari bir necha markazga bo‘linib, o‘yin va o‘rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo‘ladi. Turli guruhlarda markazlar to‘plami bolalarning yoshi, qizi- qishlari, ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgacha bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov guruhlarida kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, muzey, istirohat bog‘i, tarixiy joylarga sayohat uyush- tirilishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, maktabgacha ta’lim muassasasi hududini ham talab darajasida jihozlash ham rivoj- lantiruvchi muhit sifatida ijobiy ta’sirni yanada oshiradi. O‘yin faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning asosiy faoliyat turi hisoblangan o‘yin jarayoni bolani shaxs sifatida to‘liq shakllanishida yetakchilik qiladi. Bunda dastur asosida o‘ynaladigan syujetli-rolli, didaktik, stol bosma, sport, ko‘ngil ochish, o‘zbek xalqining milliy, ertak o‘yinlaridan foydalaniladi. Bola tarbiyasida o‘yin texnologiyalari (L.S.Vigotskiy, G.K.Selevko) kay- fiyatni ko‘taruvchi, hamkorlik, o‘zini namoyon etuvchi, millatlararo o‘yin turlari, interfaol o‘yinlardan foydalanish maqsad qilib olinadi. Inklyuziv ta’lim tamoyillari. Inklyuziv ta’lim – ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu ho1 pedagog tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o‘ziga xos bolalarninig individual xususiyatlarini e’tiborga olishni anglatadi. Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada bolalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘lashi, jinsi, irqi, 259 milleti, madaniyati, yili, e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy- iqtisodiy holatidan qat’iy nazar, boshqa kishilar bilan o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishga o‘rganadi. Shu munosabat bilan aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan g‘oya ilgari surilib, bu quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishilgan yutuqlari bilan belgilanmaydi. Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir. Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga haqlidir. Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi. Chinakam ta’lim muayyan o‘zaro munosabatlar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Barcha insonlar qo‘llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do‘st bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo‘lidan kelmaydigan ishdan ko‘ra, uddalay oladigan ishda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Rang-baranglik inson hayotiga bog‘liq. Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual shaxs ekanimizni tan olish. Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta’minlash, ya’ni dasturning har bir bolaning birgalikdagi faoliyat doirasidagi talab-ehtiyojlari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi va unda tashkil etilgan qisqa guruhlarning umumiy maqsadlarini e’tiborga olgan holda tuzish. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning o‘kishini, ularning rivojlanishi va maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirokni qo‘llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba to‘plash. Bir guruhga mos bo‘1gan umumiy o‘quv rejasidan foydalana olish imkoniyatini yaratadigan ta’limning differensiallashgan strategiyalariga tayanish. Maktabgacha ta’lim muassasasi va qisqa guruhlarda bolaning talab-ehtiyojlarga uzluksiz moslashuvini ta’minlash. Ta’lim jarayonida differensiallashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuv. Bu quyidagi yo‘nalishlar asosida: 260 – Mashg‘u1otlarda ko‘rgazmali vositalardan (predmetlarni, namunalarni, harakat uskunalarini ko‘rsatish) nutq usullaridan (savollar, ko‘rsatmalar, izohlar) keng foydalaniladi. Bu yoshdagi bolalarning qabul qilish xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘yin usul va uslublari, kutilmagan natijalar, pedagog himoyasi onda-sonda qo‘llaniladi. – Ota-onalarning pedagogik jarayondagi ishtiroki darajasining o‘zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi: ota- onalar bilan bir vaqtda maktabgacha ta'1im muassasasi mutaxassislari ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi. Ularni qiziqtirayotgan barcha masalalar yuzasidan amaliy seminar, maslahatlar, yakkama-yakka suhbatlar olib boriladi. – Ta’lim-tarbiya ishining tarkibiy qismi – bolalar rivojlanishini nazorat qilish va tahlil etish pedagogik-psixologik ta’sirning shaxsga yo‘na1gan1igini aniqlashda namoyon bo‘ladi. – Har bir bolaning xatti-harakati va rivojlanishini kuzatish. – Tarbiyaviy ta’sirga o‘z vaqtida o‘zgartirish kiritish haqida qaror qabul qilish. Pedagogik diagnostikani tashkil etish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilimini baholash va tahlil qilish maqsadida Maktabgacha ta'1iın vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan pedagogik diagnostika amalga oshiriladi. “Diagnostika” yunoncha so‘z bo‘lib, “bilish”, “aniqlash” ma’nosi- ni anglatadi. Pedagogik diagnostika - bu bolaning individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradigan mexanizm. Diagnostika pedagogga o‘z faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirayotganini tushunish imkonini beradi. Diagnostika: – Individual ta’lim jarayonini. – Ta’1im jarayonini to‘g‘ri belgilash. – Tanlab olingan mezonlar asosida bolalar bilimini baholashda kamchliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Diagnostika maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talab- lariga muvofiq, o‘quv yilining o‘rtasida va oxirida amalga oshiriladi. Tarbiyachi-pedagoglar dasturning barcha bo‘lim va yo‘nalishlarida olib borilgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi. 261 Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan musiqa xodimlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, defektolog, psixolog va boshqa mutaxassislar o‘z yo‘nalish1ari bo‘yicha diagnostik tadqiqot olib boradilar. Diagnostika tavsiya etiladigan materiallar bola faoliyatini 3 ballik shkala bo‘yicha umumiy baholash tizimini nazarda tutadi. Dasturiy materiallarni o‘zlashtirish 3 ballik tizim orqali aniq- lanadi: 3 ball (Y) – faoliyat me’yorga mos keladi, ya’ni bunda bola topshiriqni mustaqil bajara oladi; 2 ball (O‘) – me’yordan biroz pastroq, bunda bola topshiriqni kattalarning biroz yordami bilan bajara oladi; 2 ball (P) – me’yordan sezilarlî darajada past – bunda kattalarning qo‘shimcha savol berganiga qaramasdan topshiriqni bajarishga qiy- naladi. Diagnostika natijalari bo‘yicha xulosa chiqarishda ularni bolalar tomonidan dasturiy talablarni o‘zlashtirish darajasi bilan bog‘1ash mumkin (yuqori, o‘rtacha, past). Shartli belgilar: Y – yuqori; O‘ – o‘rtacha daraja; P – past daraja; 1 – yilning o‘rtasida; 2 – yilning oxirida; D – daraja. Diagnostik tahlilni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun aksariyat hollarda bolalarning yakuniy mashg‘ulot1ari, jamoaviy (kichik guruhdagi) ishlaridan iborat tekshiruv topshiriqlari taqdim etiladi. Diagnostikaning bunday shakli pedagog vaqtini tejaydi. Dastur talablarini muvaffaqiyatli o‘z1ashtirish tarbiyalanuvchilarni mashg‘u- 1ot va erkin faoliyati mobaynida kuzatish Jarayonida amalga oshiri- ladi. Olingan ma’lumot1ar to‘rtta yo‘na1ish bo‘yicha jadvalga kiritiladi. Bunda guruhdagi har bir bolaning yutuqlari ifoda etiladi. Pedagoglar ta’lim-tarbiya jarayonini, bolalar bilan individual ishni yo‘lga qo‘yishda nimalarga e’tibor berish lozimligini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Har bir bo‘lim ma’1umotIar jadvaliga kiritib 262 boriladi. Bu esa ushbu guruh bo‘yicha Davlat talablari bajarilishining miqdor va sifat jihatdan tahlilidir. Xulosa qilib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni baholash tizimi: – Har bir bola rivojlanishining dinamikasini kuzatib borish. – Ushbu ta’1im dasturining o‘zlashtirish darajasi muvaffaqiyatliligini baholash. – Har bir bola bilan ishlash istiqbollari va yo‘nalish1arini belgilash imkoniyatini yaratadi. Bunday diagnostiki bola rivojlanishini haqiqiy baholash, ta’limni rejalashtirish va pedagogning ta'limni amalga oshirishga tayyorlanish ma’lumot olish imkonini beradi. Natijalar ota-onalarning roziligi bilan ota-onalar qo‘mitasi vakillari ishtirokida pedagogik kengash da muhokama etiladi. Bunda bosh1ang‘ich sinf o‘qituvchilari taklif etiladi. Erishilgan natijalar bolalarning maktab ta’1imiga muvaf- faqiyatli o‘tishi uchun pedagog ishini rejalashtirishda qo‘1lanadi. Pedagogik diagnostika maqsadlarni amalga oshirishda tarbiyachi tomonidan bolalarni kuzatish katta ahamiyatga ega. Kuzatish – bolalar rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda (uyda, guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaziyatda, butun yil davomida to‘plangan ma’lumotlarni lıujjatlashtirib borgan holda baholashning eng samarali va ishonchli usulidir. Pedagogning ishi ayni pedagogik kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga, bolani tushunishdan esa u va oila a’zolari bilan o‘zaro aloqalarning strategiyasini tanlab olish imkonini yaratadi. Kuzatish – bu bolaning ishlayotgan yoki o‘ynayotgan paytida, uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-harakatining turi, bilim olish bo‘yicha qiziqishlari, ko‘nikmalar darajasi va rivojlanishdagi ijobiy o‘zga- rishlarni aniqlaydi. Hujjatlashtirish kuzatilayotgan jarayonlar natijasini qayd etishdan iborat. Qayd etish kuzatilayotgan faollikni hujjatlashtirish jarayoni bo‘1ib, aksariyat pedagoglar bu ishni tabiiy ravishda amalga oshirsa ham, bolalarni muntazam kuzatish to‘liq ma’lumot to‘plash imko- niyatini beradi. Kuzatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: 263 Har bir bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko‘nikmalarini aniqlash uchun; Bugun bolalarni shaxs bilishni, ularda intiluvchanlik, rag‘batlantirish va bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘1iq qondirishga yordam beradi; Vaqt o‘tishi va ta'lim natijalariga ko‘ra boladagi o‘zgarish va rivojlanishni tushunish uchun, bunda bolalarning jismoniy rivojlanib va hissiy jihatdan, yil davomida nutqining rivojlanishini va savodga tayyorlanishini ko‘rish imkoniyatini yaratadi; O‘qitish muhitiga o‘zgarishlar kiritish uchun - bunda bolalar uchun tayyorlangan joy va materiallardan ular qanday foydalana- yotganligini kuzatib, mavjud materiallar bolalarning ehtiyojiga javob berish-bermasligi, ko‘pincha materiallarga zarurat bor-yo‘qligi masalasiga javob topish mumkin; E’tibor talab qiladigan holatlarni aniqlash uchun bunda bolalarda qondirilishi zarur bo‘lgan alohida ehtiyojlar bor yoki yo‘qligini ko‘rish imkoniyatini beradi. Bu eshitish, tayanch-harakat apparati va bola rivojlanishidagi boshqa jismoniy va ruhiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu kabi muammolar aniqlanishi bilan o‘z vaqtida tegishli mutaxassislarga murojaat etish zarur. Muammoviy vaziyatlarni mukammal tarzda hal etish usullarini aniqlash uchun pedagogga muayyan vaziyatda boladan qanday xatti- harakat kutish mumkinligini aniqlash va shu orqali bolalarga o‘z xatti- harakatini boshqarishni o‘rganishga yordam beradi. Rejalashtirishga o‘zgartirish1ar kiritish uchun. Pedagog kuzatishi natijalaridan foydalanib, u yoki bu narsani o‘zgartirishga ehtiyojini, bolalarning ehtiyojlarigamos ravishda rejalashtirishga mos ravishda rejaga qanday o‘zgartirish1ar kiritish lozimligini aniqlaydi. Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari mutaxassislari foydalanishi mumkin bo‘1gan ma’lumotlarni olish uchun. Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlaı’i, yutuqlari, muloqot va o‘zaro aloqa ko‘nikmalarini, muammolarini alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarining asosliligini tushunishga yordam beradi. Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bola- lar, ı:larning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari hamda xo‘proq bilishga ko‘mak1ashadi. Bu ma’1umot almashinuvi c!ainakam hamkorlik mehnatini yaratadi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling