Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Kreditning bahosiga ta`sir qiluvchi omillar


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
11.4.Kreditning bahosiga ta`sir qiluvchi omillar. 
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo`limi 
hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo`yicha 
belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 
omillarni o`z ichiga oladi: 
1. O`zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
qayta 
moliyalashtirish stavkasi;
2. kredit resurslari (o`z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari;
3. kreditlash, qarzdorlar turlari va yo`nalishlari 
Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta`sir etadi. 
Bank 
tomonidan 
berilgan 
kreditlarning 
iqtisodiyotning 
tarmoqlari o`rtasida joy lashtirilganlik holati. 
• Ushbu yo`nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari 
kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri 
kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko`ra joylashtirilganligi 
hisoblanadi. SHu jixatdan olganda, ushbu yo`nalish kredit siyosatining 
samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri 
hisoblanadi.
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o`zoq 
muddatli kreditlarning o`zaro nisbati. 
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko`ra, avvvalo, qisqa 
muddatli 
kreditlash 
institutlari 
hisoblanadi. 
Ular 
xo`jalik 
sub`ektlarining aylnma mablag’larga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda 
muhim rol’ o`ynaydi. Ko`pchilik rivojlanayotgan davlatlarda 
inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat 
banklarining 
kredit 
portfelida 
qisqa 
muddatli 
kreditlarning 
salmog’ining yanada oshishiga sabab bo`ladi. 
Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo`lmagan va barqaror 
bo`lgan sharoitda o`zoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat 
banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri 
hisoblanadi. 


204 
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida 
muddati o`tgan kreditlar salmog’ining o`zgarishi. 
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida 
muddati o`tgan kreditlar salmog’ining o`zgarishi kredit siyosatining 
samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy 
Evropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o`tgan kreditlar jami 
kredit qo`yilmalari hajmidagi salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal 
xolat hisoblanadi. Bu ko`rsatkichning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan 
chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi. 
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli 
daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta`minlash. 
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta`minlashning 
birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning 
jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini 
ta`minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat 
banklari faoliyatining asosiy yo`nalishi hisoblanadi. SHuning uchun 
banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan 
olishlari lozim. 
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi. 
Kreditlash shakllaridan to`laqonli tarzida foydalanish kredit 
siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash shakllari bankning kreditlash 
imkoniyatini oshirishga bevosita ta`sir qiladi. Hozirgi vaqtda, 
respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan 
foydalanilmoqda. Bo`lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit 
liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir. 
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, 
kontokorrent, kredit liniyasi ochish yo`li bilan kreditlash, forfeyting 
shakllaridan foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining 
samaradorligiga salbiy ta`sir qiladi. 
VI. Foizlarni o`stirmaslik maqomiga ega bo`lgan kreditlar va 
ularga hisoblangan foizlar miqdoining o`zgarishi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 
dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo`yicha foizlarni 
o`stirmaslik siyosati to`g’risida”gi Nizomga ko`ra, banklar quydiagi 
hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to`xtatadilar: 


205 
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning 
asosiy summasini va foizlarni to`lash 90 kun va undan ortiq muddatga 
kechiktirilgan holda, yaxshi ta`minlangan va tiklash jarayonidagi 
kreditlar bundan mustasno; 
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning 
asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to`lash 90 kun va 
undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta`minlangan va 
tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; 
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan 
fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat`iy 
nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda. 
Foiz hisoblash to`xtatilgan kundan boshlab hisoblangan 
foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib 
tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami 
debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” 
hisobraqami kreditlanadi. 
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob`ektlaridan 
foydalanish samaradorligi. 
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni 
garov asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri 
hisoblanadi. SHu sababli, garov ob`ektlaridan unumli foydalanish 
masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy 
e`tibor garov ob`ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz 
summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi. 
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs 
manbalariga ega ekanligi
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish 
imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan 
ta`minlanganligiga bog’liq. 
Hozirgi kunda kredit siyosatini to`zishda har bir tijorat banki 
mustaqil bo`lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini 
takomillashtirib bormoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo`jalik 
sub`ektlarini kreditlash funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega 
bo`lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini 
ta`minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli 
ishlab chiqishga e`tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar 
uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli 


206 
vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va 
o`tkazishni taqazo qiladi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling