Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Kapital bozorida o`rta va o`zoq muddatli kreditlar


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
11.3. Kapital bozorida o`rta va o`zoq muddatli kreditlar 
bahosining shakllanishi.
Kredit bozorining funktsiyalari uning mohiyati va kapitalistik 
xo`jalikda bajaradigan roli, shuningdek, kapitalistik ishlab chiqarish 
munosabatlarini takror ishlab chiqarish bo`yicha vaziflalar bilan 
belgilanadi. 
Kredit bozorining beshta asosiy funktsiyasini ajratib ko`rsatish 
lozim: 
- kredit orqali tovar muomalasiga xizmat ko`rsatish; 
- korxonalar, aholi, davlat, shuningdek, xorijiy mijozlarning pul 
jamg’armalarini jamg’arish va to`plash; 
- pul fondlarini bevosita ssuda kapitaliga aylantirish va undan 
ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish uchun kapital 
qo`yilmalar ko`rinishida foydalanish; 
- davlat va iste`mol xarajatlarini qoplash uchun kapital 
manbalari sifatida davlat va aholiga xizmat ko`rsatish; 
- kapital markazlashuvini jadallashtirshi, kuchli moliya-sanoat 
guruhlari shakllanishiga ko`maklashish. 


202 
Kredit 
bozorining 
aytib 
o`tilgan 
funktsiyalari 
ishlab 
chiqarishning 
kapitalistik 
usulini 
qo`llab-quvvatlash, 
davlat-
monopolistik kapitalizmi iqtisodiy tizimining faoliyatini ta`minlashga 
yo`naltiriladi. 
Pul kapitali jamg’arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit 
bozori uning pul shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va 
qimmatli qog’ozlar ko`rinishida turli pul fondlari hosil bo`lishi va 
foydalanilishi bilan uyg’unlikda bog’langan bo`ladi. Bozor vositasida 
kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, uning 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta`siriga sarflanadigan pul fondlari 
harakati, hajmi va yo`nalishini aniqlash va o`lchash mumkin. 
Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va 
gollandcha tizim, shuningdek, qat`iy belgilangan foiz stavkasi bilan 
o`tkazilishi mumkin. Kimoshdi savdosi o`tkazishning amerikacha 
usulida talabnoma banklar tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari 
bo`yicha qondirliadi. Rossiya Federatsiyasida bank talabnomalarida 
taklif etilayotgan foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan taklif etilgan 
minimal stavkadan past bo`lishi mumkin emas. Bunda foiz stavkasi 
minimal stavkaga teng bo`lgan talabnoma sotilmagan kreditlar 
qoldig’iga proportsional ravishda qondiriladi. Gollandcha usulda 
barcha 
talabnomalar 
qondirilgan 
talabnomalar 
ro`yxatiga 
(otsechenie??? stavkasi bo`yicha) kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi 
bo`yicha qondiriladi. Qat`iy belgilangan foiz stavkali kimoshdi 
savdosida barcha talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday stavkada 
talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi savdosiga taklif etilgan kredit 
hajmidan 
oshib 
ketganida 
talabnomalar 
qisman 
qondiriladi. 
Qondirilgan talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy 
hajmining talabnomalar miqdoriga nisbatiga mos keladi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
tomonidan 
tasdiqlangan 1996 yil 20 apreldagi 41-sonli Kredit resurslari kimoshdi 
savdosini o`tkazish Tartibiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi 
valyuta birjasida (O`zRVB) moliyaviy vositalarni so`mda va xorijiy 
valyutada joylashtirish bo`yicha kimoshdi savdolari o`tkazish tartibi 
belgilangan. 
Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga 
oshiriladi: 
- O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin 
- Markaziy bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 


203 
- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 
- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish. 
Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy 
maqsad ichki moliya bozorini sog’lomlashtirish va mustahkamlash 
hisoblanadi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling