Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarning 
umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) 
va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat. 
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar. 
Uch yildan so`ng ushbu summa 
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 
dollar. 
11.2. Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari.
Kredit resursovlari bozori bu – turli to`lov vositalariga talab va 
taklif mavjud bo`lgan bozorlarning umumiy belgilanishidir. Kredit 
bitimlari qoidaga ko`ra, pul qarz oladigan va qarz beradigan kredit 
institutlari (banklar va b.) yoki qimmatli qog’ozlar bozorida 
sotiladigan va sotib olinadigan turli qarz majburiyatlari harakati 
vositasida ifodalanadi. 
Demak, kredit resurslari bozori korxonalar tasarrufiga 
investitsiyalar uchun mablag’lar taqdim etadi va aynan shu erda 
iqtisodiyotning pul mablag’lari ortiqcha bo`lgan sektorlaridan ularning 
etishmovchiligi his etilayotgan sektorlarga pul mablag’lari ko`chib 
o`tishi ro`y beradi. Kredit bozorida korxonalar o`z investitsiyalarini 
moliyalashtirish uchun pul qarz oladi; ba`zida korxonalar pulni qarz 
beradi, lekin qoidaga ko`ra, ishlab chiqarish sektori berishdan ko`ra 
ko`proq oladi. 
SHu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining 
asosiy vazifalaridan biri – aholining jamg’armalari va bo`sh 
mablag’larini vositachi shaxslarga investitsiyaga yo`naltirish 
hisoblanadi. 
Kredit bozorining institutsional strukturasi 
Kredit bozorining mohiyati unda qanday kapital: o`zining yoki 
o`zgalarning kapitali foydalanilishiga bog’liq emas, ya`ni bankir faqat 
o`z kapitali yordamida ish olib boradimi yoki undan deponentlangan 
kapital yordamidami – buning ahamiyati yo`q. 
Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish 
xarakteri va mazmuni ishlab chiqarishning kapitalistie usuli ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadi. O`z navbatida, ushbu 


200 
bozorning mohiyati u davlat-monopolistik kapitalizmi zamonaviy 
mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi. 
Kredit bozori ishlab chiqarish va tovaraylanmasining o`sishiga, 
mamlakat ichkarisida kapital harakatiga, pul jamg’armalarining 
kapital qo`yilmalarga aylanishiga, ilmiy-texnika inqilobini amalga 
oshirishga, asosiy kapitalni yangilashga xizmat qiladi. Bu ma`noda 
bozor turli ishlab chiqarish bosqichlarini bilvosita ifodalaydi, u erdan 
qo`shimcha pul resurslarini oladigan moddiy ishlab chiqarish 
sohasining o`ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi. 
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli 
kurashda muhim vosita bo`lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi
chunki qo`yilgan mablag’larga daromad olish mijozlarning qo`yilma 
qo`yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari 
darajasini har bir tijorat banki O`zbekiston Respublikasi Markaziy 
Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o`zining depozit siyosatidan 
kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining 
alohida ko`rinishlari bo`yicha daromad hajmi qo`yilma muddati, 
summasi, hisobvarag’ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va 
xarakteri va, nihoyat, mijozning qo`yilma shartnomasi shartlariga 
amal qilishiga bog’liq. 
Talab 
qilingungacha 
bo`lgan 
depozitlar 
bo`yicha 
hisobvaraqalari egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga 
oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi bilan 
xarakterlanadi. SHuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik 
darajasi bilan ajralib turadi. YUridik shaxslarga ochilgan talab 
qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i bo`yicha foizlar 
umuman to`lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni 
hisob kassa xizmatlari uchun to`lov mablag’larini talab qilinguncha 
hisobvaraqalarda 
mablag’larni minimallashtirish va ortiqcha 
summalarni qo`yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga 
undaydi. 
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar 
bo`yicha foizlar deyarli majburiy tartibda o`rnatiladi, ammo u 
bo`yicha daromad hamisha muddatli qo`yilmalarga qaraganda pastroq 
bo`ladi. Muddatli qo`yilmalar bo`yicha foiz stavkasi hajmini 
o`rnatishdagi muhim omil bo`lib, mablag’lar joylashtirilgan muddat 
hisoblanadi. 


201 
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy 
darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai 
nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan 
mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga 
solib turadi. 
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz 
aylanishlarning rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan 
depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan 
chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi) 
cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o`tkazish, shu bilan 
birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz 
oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit 
mul’tiplikatsiyasi (ya`ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga 
zanjirsimon shaklda o`tkazilishi) va kredit ekspantsiyasi deb nom 
olgan. 
Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan majburiy zaxira talablari 
bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi 
bo`lib xizmat qiladi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling