Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
11.5. Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy 
bankning lombard stavkasi. 
Markaziy bankning xisob (diskont) siyosatining moxiyati 
shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik mol 
sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mol (tovar va xizmatlar va 
x.k)ning kakini to`lash uchun mablag’i etarli bo`lmasa, u tovar uchun 
tulovni ma`lum vavk 5tgandan keyin amalga oshirishi tugrisida 
veksel’ berotpi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag’lari 
zarur bo`lgan vaktda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat 
banki vekselni sotib olganda unda ko`rsatilgan summadan kam 
summaga (ma`lum foiz ushlab uolgan xolda) sotib oladi. Zarur 
bo`lganda tijorat banki vekselni Markaziy bankda xisobga qo`yishi 
mumkin. Bu xolda Markaziy bank ham o`z foydasiga ma`lum foiz -
xisob stavkasini ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning xisob 
stavkasi alohida olingan davlatlarda zkar xil - 5% dan 15 % gacha 
bo`lishi mumkin-Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy 
oankning xisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning xisob 
stavkasi tijorat bavklari o`rnatadigan xisob stavkaning eng past 
chegarasi xisoblanadi. Odatda tijorat banklarining xisob stavkasi 
markaziy bankning xisob stavkasidan yukori (0,5dan - 2%gacha) 
bo`ladi. 
Tijorat 
banklarining 
qaytamoliyalashtirish 
siyosati 
-bu
to`g’ridan-to`g’ri kreditlash, veksellarni xisobga olish, kimmatbaxo 
vrgozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va kredit auktsionlarni 
utkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chikkan xolda 
markaziy bankning qaytamoliyalashtirish operatsiyasi kuyidagi 
usullarda olib borilishi mumkin: 
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo`li 
bilan kreditlash, 
- tijorat banklari ixtiyoridagi kimmatbaxo qog’ozlarni garovga 
olish yo`li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar 
deyiladi.
O`zbekistan 
respublikasida 
Markaziy 
bank 
o`rnatilgan 
qoidalarga asosan, kuyidagi aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha 
bo`lgan muddatda kreditlar berishi mumkin: 


207 
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi 
valyuta boyliklari va boshqa boyliklar, 
- davlatning karz majburiyatlari va davlat tomonidan 
kafolatlangan. boshqa karz vositalari, 
- Markaziy bankda depozitga o`tkazilgan va uning depozitariysi 
uchun makbo`l bo`lgan, xarid kilinishi va sotiltishiga ruxsat berilgan 
va Markaziy bank ular bilan ushbu konun doirasida boshqa xil 
operatsiyalar o`tkazishi mumkin bo`lgan aktivlar, 
- to`lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida 
kreditlar berilishi mumkin. 
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik 
uchun foizlar to`lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u 
alohida qarz hisobvarag’i bo`yicha kredit tartibiga o`xshashdir. 
Asosiy faoliyat bilan bog’liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan 
ishlar va ko`rsatilgan xizmatlar haqini to`lash maqsadida to`zilgan pul 
hisob - kitob hujjatlari pulini to`lash uchun qabo`l qilinadi. Qarz 
oluvchi bankka garovga qo`ygan qimmatli qog’ozlar bo`yicha 
olinadigan daromadlarga foizlar qo`shilmaydi. 
Qimmatli qog’ozlarni garovga olib kredit shartnomasi 
tuzilgandan keyin bank qimmatli qog’ozlar emitentiga uning qimmatli 
qog’ozlarini garovga qo`yish bitimi to`zilganligini hamda qimmatli 
qog’ozlar bo`yicha daromadlar kiritilishi lozim bo`lgan depozit 
hisobvarag’i nomerini ma`lum qiladi. Lombard krediti beriladigan 
hollarda garovga qo`yilgan qimmatli qog’ozlar bo`yicha olinadigan 
daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisobvarag’iga 
qo`yiladi (depozit shartnomasini rasmiylashtirmasdan) va, birinchi 
navbatda, ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, shuningdek
kreditdan foydalanish uchun foizlarni to`lashga yo`naltiriladi. 
Kredit jarayonida bank garovga qo`yilgan qimmatli qog’ozlar 
kotirovkasi birja kursidagi o`zgarishlar to`g’risida teleks, komp’yuter 
aloqasi va aloqaning boshqa turlari yordamida axborot to`plab 
boriladi. 
Kredit davomida fond birjasida o`tkazilgan savdo natijalariga 
ko`ra, garovga qo`yilgan qimmatli qog’ozlar qiymati pasaygan bo`lsa, 
u holda kredit qo`mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga shu 
summada qo`shimcha ta`minot berish talabi bildirilishi yoki kredit 
miqdori qaytariladi. 


208 
Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti. Lombard krediti 
uchun garov ko`rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki 
ularning savdosi birjada yuritilishi, tovar partiyasini miqdori va 
sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini 
berishi shartidir. 
Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit. Bu lombard 
kreditining eski usullaridan bo`lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. 
Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar, slitkalar, 
kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz qimmatbaho metall 
narxiga mos keladi. 
Lombard krediti - kreditlashning bu usuli asosan likvid mol 
mulk hisoblangan tillo taqinchoqlar garov asosida kredit berishga 
asoslanadi. Bu kredit kredit muassasi uchun deyarli risk darajasi past 
xisoblanadi. CHunki tillo buyumlar eskitdan yuqorilikvidli tovar 
sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali pul 
mablag’lariga muxtoj bo`lgan ishlab chiqarish va savdo majmualarini 
moliyaviy qo`llab quvvatlnib boriladi. 
SHu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o`rtacha foiz 
stavkalarini belgilaydi.Bu mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan 
kredit va kapital bozorlari uchun bazaviy foiz stavkalari qabo`l 
qilinadi. 
Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish 
bilan chambarchas bog’liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb 
qilingan mablag’lar, jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning 
depozitlaridan tashkil topadi. SHuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan 
resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o`rin egallaydi. 
Depozitlar bo`yicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa 
bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan 
beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog’liq bo`ladi. Kredit 
siyosatining aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir 
bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos 
bo`ladi. Bank tomonidan to`plangan resurslarni to`g’ri va oqilona 
joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog’liq bo`ladi. 
Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini 
to`g’ri joylashtirish va oldindan ko`zlangan daromad olish imkoniyati 
yaratiladi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling