Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimini yaratish uchun zaruriy huquqiy asoslarining yaratilishi
- Hozirda Respublikamizda mavjud siyosiy partiyalar 2014 - yil 21 - dekabrdagi saylovlarda 18 million 400 ming nafar saylovchi ishtirok etdi.
- Ma’lumotlarga ko’ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 135 saylov okrugining 113 tasida deputatlar saylandi. Xususan Tadbirkorlar va
- O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 28 nafar, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 21 nafar deputat saylandi. Ekologik
Birinchidan, sobiq sho’rolar hukmroligi sharoitida kommunistik partiya, mintaqa xalqlari azaldan qon-qardosh bo’lishlariga qaramasdan, ularni zo’rma- zo’raki “birlashtirib” turgan edi.
Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’zlarining mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan bu barbod bo’ldi.
bo’lishiga qaramasdan, 1991 yilgacha sobiq markaz hali o’z hukmronligini qaytadan tiklashga moyil edi. Shuning uchun ham u mintaqa mamlakatlarini bir- biriga qarama-qarshi qo’yish, millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarish kabi
22
siyosatni davom ettirdi. Bu o’z navbatida, o’sha davrda, ma‘lum darajada, mintaqa xalqlarining o’zaro munosabatlariga ham muayyan ta‘sir ko’rsatdi. Uchinchidan, mustaqillikni qo’lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini o’z ta‘sir doirasiga o’tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakat boshlab yubordi. Ularning ko’pchiligi tashqaridan beg’araz yordam ko’rsatayotganday bo’lib ko’rinsalarda, aslida har bir ko’rsatayotgan “yordamlari” evaziga mintaqada o’z mavqeini mustahkamlashga harakat qildilar. Ularda ham mintaqa davlatlari va xalqlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga intilishlar yo’q emas.
bilan aytganda, - bizning irodamiz yoki intilishimizga bog’liq bo’lmagan holda O’zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg’oniston va Tojikistonda so’nggi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bo’lgan ikkita tanglik o’chog’i alanga olib turibdi. 1
Beshinchidan, sobiq SSSR tugab, O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga qiyinchiliklar paydo bo’lib turgan dastlabki kezlarda jamiyatimizning taraqqiyotini bundan keyin har qanday mafkuradan butunlay holi qilgan holda davom ettirishni targ’ib-tashviq qiluvchilar ham kam emas. Shuning uchun ham biz kelajakka tomon ko’zni yumib, taxminlarga asoslanib, tavakkalchasiga ish tutib bora olmaymiz.
Siyosiy partiyalar bilan birga uning xalqaro uyushmalari ham ma‘lum siyosiy manfaatlarni, maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan siyosiy faoliyatdir. Uning asosida jamiyat a‘zolari turli qatlamlarining maqsad va manfaatlari yotadi. Dunyoning turli mamlakatlarida ryo’ berayotgan bunday harakatlar faqat milliy xususiyatga ega bo’lib qolmay, ular xalqaro maydonda umuminsoniy mohiyat kasb etmoqda.
1 Qarang: I. Karimov. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. 1997 yil, 20-21 betlar 23
huquqiy asoslarining yaratilishi. Bugungi qunda demokratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin- qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi” 1 deb ko‘rsatib o‘tilgan. Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi belgilanishi bilan bir qatorda, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut sifatida konstitutsiyamizning XII jamoat birlashmalari bobi 60-moddasida “siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar O‘zbekistonda
1 O’zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi. 1991-4-son. 76 bet 24
faoliyatining moliyaviy ta’minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakillik qilgan belgilangan holda oshkora tartibda hisobotlar berib turadilar.” 1
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy partiyalarni muhim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi. Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli hamda ular faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanishi zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar mavjud ekanligini ko‘rsatadi: birinchi yo‘nalish, konstitutsiyalarda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi so‘z bormaydi, ikkinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda to‘la yoki qisman siyosiy partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar mavjud;
partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati taqiqlanadi;
partiyalar to‘g‘risida so‘z bormaydi; beshinchi yo‘nalish, aniq ko‘rsatilgan partiyalarga yoki muayyan sohadagi partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator qonunlar qabul qilindi. Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan siyosiy partiyalardan biri bu – O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasidir. Partiyaga uning 1991 yilning 1-
1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent .: O’zbekiston, 2014y. 13 bet. 25
noyabrida bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida asos solindi. Quriltoyda qabul qilingan partiya dasturida asosiy maqsadlar quyidagicha ifodalanadi: “Biz insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush shakllarini erkin tanlashni kafolatlaydigan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilmasini bunyod etish tarafdorimiz. Bu: - siyosiy va iqtisodiy erkinlik, demokratiya, tenglik va ijtimoiy adolat jamiyati; - har bir fuqaroga davlat va jamoat ishlarida, iqtisodiyot va madaniyatda, siyosiy hayotda bab-baravar ishtirok etish imkoniyatlarini kafolatlash jamiyati; - mulkchilik va mehnatning, tadbirkorlik va raqobatning barcha shakllariga teng huquq beriladigan xo’jalik va iqtisodiy faoliyatga mafkuraviy aralashishga yo’l qo’ymaydigan jamiyat; - aholini ish bilan bandligi, birinchi navbatda qariyalar va bolalarni, nafaqachilar va nogironlarni, ko’p bolali oilali bolalarning, o’quvchilar va talabalarning, kam ta’minlangan fuqarolarning hayot kechirish uchun eng zarur narsalar bilan ta’minlanishi kafolatlanadigan jamiyat; - respublikada yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlari, dini, tili va madaniyati hurmat qilinadigan, yagona mafkura, dunyoqarash hukmronlik qilmaydigan, so’z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik kafolatlanadigan, ilm-ma’rifat kamol topadigan jamiyat bo’lishi kerak”. 1
o’rtasida vositachilik qilish, partiyaviy-siyosiy faoliyat yuritishning yangicha uslublarini shakllantirish maqsadlari to’g’risida esa quydagi dasturiy maqsadlarni ilgari suradi: “O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi shunga aminki, bundan buyon hech qanday siyosiy partiya bevosita hokimyat vakolatlarini o’z zimmasiga olmasligi kerak. Biz har qanday ijtimoiy-siyosiy kuchning haqiqat va adolatli o’z monopoliyasiga aylantirishga, erkin fikrlashni bo’g’adigan mafkurani jamiyatga tiqishtirishga, muxoliflikka va siyosiy kelishmovchiliklarni hal etish usuli sifatida “dushman obrazi” ni shakllantirishga qarshimiz.
1 O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi dasturi. Toshkent,1995-yil, 5-bet. 26
Partiya o’z dasturlarini ishlab chiqib, jamiyatga taqdim etish va o’zga ijtimoiy- siyosiy kuchlar bilan erkin musobaqalashish orqali siyosiy rahnamolikka erishmoqchi. U, qonunga muvofiq ravishda oz nomzodlarini hokimyat organlariga saylovlarda ko’rsatadi va ularning qo’llab-quvvatlanishini va saylanishini ta’minlaydi. Biz o’zimizning siyosiy yo’limizni davlat hokimyati va jamoat o’zini- o’zi boshqarishorganlariga saylangan partiya
a’zolarimiz orqali
o’tkazmoqchimiz”. 1
“O’zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va “Muloqot” jurnali O’zbekiston XDP ning markaziy matbuot nashrlaridir. 2
iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida partiyaning maqsadlari quyidagicha belgilanadi: “Partiya umum,insoniy qadriyatlarni milliy qadriyatlar bilan uzviy bog’langan holda Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan haq-huquqlar asosida o’z siyosatini yuritadi va mamlakatda yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini va fuqarolik erkinliklarni hurmat qiladi. Partiya oily maqsad – Milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlari deb quydagilarni belgilaydi: - millatning ma’naviy birligi; - Vatan (Turkiston) – yagona oila; - kuchli demokratik davlat; - milliy qadriyatlar; - ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya; - zamon kishisi; - milliy istiqbol. Partiya mana shu yonalishlar milliy tiklanishimizning mazmuni – mohiyatini tashkil etadi deb hisoblaydi”. 3
1 O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi, 14-bet. 2 Jalolov A. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi. O’zbekiston Respublikasi: ensiklopediya. Tahrir hay’ati: M.Aminov(mas’ul muharrir) va boshq. Toshkent, “Qomuslar Bosh tahririyati”, 1997-yil, 218-bet. 3 O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining nizomi va dasturi. Toshkent, 1995-yil, 2-bet. 27
Partiya o’zining siyosiy tizimda ishtirok etish usullari va shakllari to’g’risida quyidagi nizomiy qoidalarni qabul qiladi: “Partiya o’zining siyosiy faoliyatini Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputatlikka nomzodlar etib ko’rsatadi va bu nomzodlarning xalq tomonidan saylanishi uchun umumpartiyaviy saylov kompaniyalarini o’tkazadi. saylangan deputatlarni partiya fraksiyalariga birlashtirib, ular vositasida qonunlar qabul qilish, hukumat va uning joylardagi organlarini shakllantirishda, hukumatniong ichki va tashqi siyosatini belgilashda ishtirok etadi”. 1
O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (SDP) 1995-yil 18-fevralda tashkil topdi. Partiyaning maqsad va vazifalari quydagicha belgilanadi: Partiyaning asosiy maqsadi – demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda O’zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etishdir. Partiyaning vazifalari: - O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish borasida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish; - O’zbekiston fuqarolariga o’z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga ko’maklashish, ularning siyosiy ongi va madaniyatini oshirishda yordam ko’rsatish; - millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, do’stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib boorish, dinlararo bag’rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni targ’ib qilish; - kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, aholining boylar va kambag’allarga keskin bo’linib ketishiga yo’l qo’ymaslikka, aholi turmush sifati ko’rsatkichlarini yaxshilashga ko’maklashish
1 O’sha joyda, 11-bet. 28
- iqtisodiy o’sish natijalarini aholining turli guruh va qatlamlari turmush sifati va darajasini oshirishga adolatli yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’nalishini chuqurlashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish. Bu iqtisodiyot, fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlariga, iqtisodiy jarayonlarning samarali boshqaruviga, ilg’or innavatsion tafakkurni tarbiyalovchi ta’lim tizimiga tayangan innavatsion turdagi iqtisodiyot bo’lishini ta’minlash; - qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatda sud-huquq sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni izchil davom ettirishga, sud hokimyati mustaqilligini yanada mustahkamlashning amaliy shakl va uslublarni ishlab chiqishga, fuqarolar huquq va erkinliklarini sudda himoya qilish samaradorligini oshirishga faol ko’maklashish; - boshqaruvda ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlik tamoyillarni amalga oshirish, davlat hokimyati organlarida, o’z Vatani, xalqini sevadigan va el-yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan mas’ulyatli va yuqori malakali kadrlarning ishlashiga erishish - partiyaning barcha faoliyat yo’nalishlari bo’yicha jamoatchilik bilan o’zaro aloqalarni amalga oshirish uchun fuqarolar orasida siyosiy-ma’rifiy, tashviqot- targ’ibot va boshqa shu kabi ishlarni olib boorish; - O’zbekiston “Adolat SDP O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga, viloyat va Toshkent shahar hokimlari zimmalariga nomzodlar yuzasidan maslahatlashuvlar jarayoni hamda Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida ularni lavozimiga tasdiqlash uchun ovoz berish jarayoni orqali O’zbekiston Respublikasi hukumatini, mahalliy hokimyat ijroiya organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi” 1
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partjyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirish yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha belgi-laydi: millatning ma'naviy
1 O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Ustavi. Toshkent, 2011-yil, 4-5-betlar. 29
birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy- texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol. O’zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib, unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a'zosi bor. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yiI 21- yanvardagi qarori bilan MTDPning 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro’yxatga olingan. O’zbekiston MTDPsining „MiIliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda Eng yosh va mamlakatimiz hayotida katta nufuzga ega bo’lib borayotgan partiya bu tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston liberal demokratik partiyasi bo’lib, 2003-yil oxirlarida tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya
qilish, jamiyat
hayotini yanada
erkinlashtirishdan iborat. O'zLiDePning „XXI asr" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010-yil qarori bilan O'zbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro'yxatga olingan. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 –yil 25- dekabrda Oliy Majlis qbul qilgan “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi qonunning ahamiyati muhim bo’ladi. Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg’or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5- moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o’z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”. shuningdek, Qonunning 12-moddasida siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiyalarning huquqlarini aniq va ravshan ko’rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: - o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;
30
- saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar konfrensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish; - O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish. Siyosiy partiyalar ushbu qonunda hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o’zga huquqlarga ham ega bo’lishlari ham mumkin
1 ”.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu – davlatning siyosiy institutlarida turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek huquqiy davlat fuqarolari – plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishdir. Shu maqsadlarda qonunning 13- moddasida Oliy Majlisdagi partiyaviy fraksiyalarning erkin faoliyat yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg’or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qo’sha olish darajasiga ko’tarilishlarini huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida o’z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi. Siyosiy partiyaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyasi quydagi huquqlarga ega: - sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
1 Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar. 31
- sessiya kun tartibidagi har bir masala bo’yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so’z berilishi; - tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisiga va O’zbekiston Respublikasining Hukumatiga, vazirlarga, boshqa davlat
organlarining rahbarlariga so’rovlar bilan murojaat etish; - Oliy Majlis rahbarligiga, qo’mita va komissiyalar raisligiga nomzodlar bo’yicha takliflar kiritish; - sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo’yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish; - O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish. Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi. Fraksiyaning faoliyatiga tashkiliy, taxnikaviy va boshqa xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibyati tomonidan ta’minlanadi”. 1
asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy asoslar o’z ifodasini topdi. Jumladan, qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, partiyaga a’zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir
barcha huquqiy
maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning demokratik irodalari shakllanishini ta’minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo’ldilar, partiyalarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek ularning jamiyat oldidagi mas’ulyati qonunlashtirildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdagidek 1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qo‘rsatish
1 Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar. 32
prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi, siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan. Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.” 1
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar: Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi, Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.
Bu yo‘nalishlarni ayrim tadqiqodchilar toraytirib yoki kengaytirib yuboradilar. Jumladan I.Bekov o‘z ilmiy ishida bu ro‘yxatga kasbiy yo‘nalishdagi partiyalarni ham qonunchilikka kiritishni tavsiya qilib, bir kasb egalari manfaatlparini ko‘zlaydigan siyosiy partiyalarning jamoat birlashmasidan farqi qolmasligini dalil sifatida keltiradi. 2
tuzumni ag‘darish bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatni
1 O’zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi.1997 yil 2-son. 36 bet.
2 I.Bekov “Oliy Majlis Qonunchilik palatasini faoliyatida siyosiy partiyalarning huquqiy asoslari .yu.f.n. dis.. Toshkent.: 35-b. 33
ta’qiqlash masalasiga atroflicha yondoshar ekan shunday fikrlarni bildiradilar: “Ayni zamonda mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni maqsad qilib olgan partiyalar va harakatlar, shuni aniq aytishim kerak, ta’qiqlab qo‘yilishi kerak. Respublikasi chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga qarshi kurashuqchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ‘ib qilivchi, demokrat erkinliklar va xalqning ma’naviyatiasoslariga tajovuz qiluvchi xar qanday partiyalar va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e’lon qilinishi lozim.” 1
Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir partiya ustavida partiyaning faoliyat yo‘nalishi, rejasi, uning siyosiy taktikasi belgilangan bo‘ladi. Partiyalar ustavlarini shartli ravishda partiyalarning pasporti deb xisoblasak bo‘ladi. Chunki Ustavda partiyaning nomi, maqsad va vazifalari, partiyaning tuzilishi, partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari, partiya a’zolaring huquq va majburiyatlari, partiya tashkilotlari raxbpr organlarining vakolatlari, ularni vakolatlari, partiya mablag‘lari shakllantirish manbalari, partiya rahbar organi manzili, partiya faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek partiya faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tish uchun ustav qabul qilingandan so‘ng bir oydan kechiktirmay zaruriy hujjatlarni taqdim etadi. Adliya vazirligi bir oy ichida hujjatlarni ko‘rib chiqib ro‘yxatdan o‘tkazadi va partiyalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olishni rad etish tartibi belgilangan, unga ko‘ra “Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, ushbu qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.” 2
1 I.A.Karimov.Istiqlol yo’li: muommolar va rejalar//O’zbekiston : milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent.1.-Tom., 1996.-17-b. 2 O’zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi -1997. 2-son, 36 bet.
34
Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonun yoki O‘zbekiston ustavini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda belgilangan muddatda davomida buzilishlar bartaraf etilmasa, Adliya vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatining olti oygacha to‘xtatib quyishi mumkin. Siyosiy partiyaning faoliyat ushbu holatlarda butunlay tugatiladi: - partiyalarning o‘z ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy organi uch kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xabar qiladi; Partiyalar siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-xarakatlarni sodir etgan xollarda yoki o‘zfaliyati to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng bir yil muddat ichida o‘sha xatti xarakatlarni takror sodir etgan xollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixida partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bo‘ldi. Lekin ikki palatali professional parlamentimiz shakllangandan beri partiyalarning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bo‘lmadi. Shu o‘rinda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunda siyosiy partiyalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya huquqiy xolati ko‘rsatib berilish masalasi ochiq qoldirilgan. Ushbu holatlar sodir bo‘lganda siyosiy partiya fraksiyaning qanday tartibda faoliyat yuritilishi qonunda aniq belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
35
Shu o‘rinda aytish lozimki, partiyalarning ijtimoiy-siyosiy xayotda faoliyat ko‘rsatishlarining kafolati, bu ularning uzliksiz moliyaviy asoslarga ega bo‘lishlaridir. “Hozirgi davr qonunchiligi siyosiy partiyalar faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi moliyaviy mablag‘larini aniqlashtirib, ularning partiyalar faoliyati turlariga qo‘ra taqsimlanish, partiyalarning aniq manbalardan mablag‘ olish shartlari va ishlatish tartibini huquqiy jihatlarini mustahkamlab bermoqda. Bu faoliyatdagi turli cheklovlarni, ya’ni xayriya berish me’yorlari xarajatlar kabilarni muvofiqlashtirishga doir huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Siyosiy partiyalar belgilangan shartlarni bajarmasliklari yoki
ularni buzishlari huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, partiyalarga turlicha to ularni tarqatib yuborishga qadar sanksiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan.” 1
Koreya va Hindiston kabi demokrat mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati kengayishi va bu sohada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muommolari kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. Shu munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishga ahamiyat bera boshladi. Demokratik huquqiy mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga bog‘liq uch xil yondashuvga guvoh bo‘lamiz. Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablag‘lari ya’ni partiyaga kirish va a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va boshqa mab.) olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar. Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.
1 M.Qirg’izboyev. Uzbekiston na puti grajdanskomu obshestvu//O’zbekiston fuqorolik jamiyati sari. Sbornik statey.Otyured.: R.Alimov.- Toshkent.: Sharq . 2003. B-209. 36
Uchinchi guruh, partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish.Bu moliyalashtirish siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hozirgi davr qonunchiligining asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda. Respublikamizda ham siyosiy partiyalarni moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash maqsadida, 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonunda partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning qanday foydalanishlari to‘g‘risidagi normalalar kiritilgan. Qonunning 2- moddasida “Siyosiy partiyalar, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyani tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi” 9
deb belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiligi siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni sharti sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini ( 9 nafar) talab etadi. Saylov yakunlariga ko‘ra zarur deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi o‘z deputatlari soniga mutanosib belgilangan mablag‘lardir 1 . Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini kengayib turli yangi yo‘nalishlar ochilayotganini va bozor munosabatlariga tortilayotgani sababli ulaning yanada samarali faoliyati uchun ushbu moddadagi
1 O’zbekiston Respublikasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’g’risidagi” Konstitutsiyaviy qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 2002 12-son, 215 bet
37
miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga yanada chuqurroq kirib borishi va boshqa aniq maqsadli vazifalarining amalga oshirish uchun davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini to‘rt foizga qadar oshirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning moliyalashtirishga doir ayrim cheklovlarga ham to‘xtalib o‘tish lozim. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida siyosiy partiyalarga xayriya yordamini cheklashga doir normalar ko‘rsatilgan.Unga ko‘ra siyosiy partiyalarga pul va boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larni: - Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari, - Xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari - Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar, - Chet el fuqarolari, - Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 1 tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunchilikdagi bunday cheqlovlarning mavjud bo‘lishi siyosiy partiyalarning ba’zi xorijiy “xayrixohlar”dan halos etib, mamlakat barqarorligi va mavjud hokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina, Gruziya va qo‘shni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan “rangli inqiloblar” da asosiy harakatlanuvchi kuchlar turli jamoat tashkilotlari, jumladan, siyosiy partiyalar ekanligi bu cheklovlarning mavjudligi ijobiy hol ekanligini isbotladi. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 13, 14 moddalaridagi O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdorini ham ko‘rib chiqilishi lozim. Qonunda siyosiy partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh ming barobaridan, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslarining xayriya
1 “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi 2004. 5-son, 86- bet
38
yordamlarining miqdori besh yuz barobaridan oshmasligi belgilangan. Ushbu miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda ikki barobarga O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari uchun o‘n ming barobargacha, jismoniy shaxslar uchun ming barobargacha oshirish maqsadga muvofiqdir. Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi ularning faoliyatining jonlanishini, raqobatdoshligini oshiradi, saylovlar oralig‘idagi ishlash mexanzlarinining ham takomillashishiga, partiyalarning joylardagi bo‘linmalarini kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga partiyalarning yillik hisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi. Ma’lumki siyosiy partiyalar respublikamizda jamoat birlashmalari sifatida ko‘rsatiladi. Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning jamoat birlashmalaridan farqli jihatlarini anglab olish zarur. Nemis olimi doktor Raynxard Krumm bu borada qarashlarni bayon etib, “birinchidan partiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aralashtirib yubormaslik, ikkinchidan bir semantik tushuncha ostida siyosiy partiyalarning har xil turlari umumlashtirmasligi uchun ushbu tushunchaning semantik doiralarini haddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.” 1
tutadi: jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta’sir o‘tkazish, tashkilish tuzulmalarning ochiq oshkoraligi, jamoatchilikning keng qatlamlari uchun ochiqlik va ular bilan o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdorlik. Muayyan miqdorda partiya a’zolaring bo‘lishi kerakligi va nihoyat faqat saylov kompaniyasi davrida emas, faoliyati davomida faoliyatining tartibga solinishi. Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tgan davri mobaynida fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarda erkin va faol ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan,
1 Germaniyaning siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni.T.: Mas’ul muharrirlar A.Saidov, Raydrad Krumm Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi.2007.B-5. 39
davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. Siyosiy partiyalar faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash bilan bog‘liq xalqaro tajriba tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan asrning 50-yillariga kelib Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar Konstitutsiyalarida siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ilk qoidalar o‘z aksini topganini ko‘ramiz. Keyinchalik konstitutsiyalarda belgilangan me’yorlarni mustahkamlaydigan va rivojlantiradigan siyosiy partiyalar faoliyati to‘g‘risidagi alohida qonunlar qabul qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada (1974 yil), Avstriyada (1975 yil), Ispaniyada (1978 yil) va boshqa mamlakatlarda qabul qilindi. Taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, respublikamizda ham siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi huquqiy asoslari shakllandi. Siyosiy partiyalarning davlat va
jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishdagi rolini kuchaytirish maqsadida konstitutsiyaviy qonun, bir necha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58- moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy qilingan. Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida ifodasini topgan. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishida
40
muhim huquqiy asos bo‘ldi. 1996 yil 12 dekabrda bevosita siyosiy partiya tushunchasi, faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, huquqlari va ular faoliyatiga tegishli boshqa me’yorlarni belgilagan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, shuningdek, 2004 yil 30 aprelda siyosiy partiyalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Qonunchilikka muvofiq, ikki palatali parlamentning shakllantirilishi va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining siyosiy partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va rolini oshirishga sharoit yaratdi. Hozirgi kunda mamlakatimizda siyosiy partiyalar davlat organlari shakl- lanishi, ayni paytda, faoliyati demokratlashishi jarayonida faol ishtirok etmoqda. Bunda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun, shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilib, qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida(78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi qonun orqali joriy qilingan me’yorlarni hayotga izchil tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi» degan qoida kiritildi. Demak, Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylov jarayonida qaysi siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari va ularda belgilangan maqsad va vazifalar saylovchilar tomonidan ko‘proq qo‘llab- quvvatlansa, quyi palatada eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini taklif etish orqali o‘z
41
dasturlari ijrosini ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida siyosiy partiyalar faoliyatining bevosita ta’siri kuchaytirilganligidan dalolatdir. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi ta’sir kuchi yanada ortishiga qulay sharoit yaratib berilganini ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida siyosiy partiyalar faoliyatiga aloqador bir necha qonunosti hujjatlari ham qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori shular jumlasidandir. Amalga oshirilayotgan ushbu siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy kafolati mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, demokratik tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi mavqei oshib borishi mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
42
o’rni va ahamiyati. 2.1. O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va roli. Bugungi kunda demokratik jarayonlarni saylovlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Saylovlar fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, ushbu huquq orqali ular davlat boshqaruvida ishtirok etadilar va fuqarolik faolliklarini ko‘rsatadilar. Saylovlarning ahamiyati to‘g‘risida Prezidentimiz to‘xtalib o‘tar ekan quyudagi fikrlarni bildiradilar: “Saylovlar jarayonida har qaysi davlat har qaysi jamiyat xilma-xil fikrlar, odamlarning xohish-irodasi orzu umidlari ijtimoiy kayfiyatlari ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga har qanday siyosiy harakatlar va kuchlar saylovga tayyorgarlik ko‘rishi o‘z platformalarini belgilab olishi, bularning barchasi tabiiy holdir. Bu siz o‘zi hayot ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.” 1
Demokratik davlatning asosiy
belgilaridan biri
bu parlamentni ko‘ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil etilishidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlar asosida shakllanar ekan, bu jarayon siyosiy partiyalarning ishtirokisiz amalga oshmaydi. Siyosiy partiyalarni parlamentni shakllantirishdagi ishtiroki ularning asosiy elektoral funksiyasi yo‘lida hizmat qilib, bu uning davlat hokimiyatini egallash v amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tashkilot sifatidagi mohiyatini belgilab beradi. Demokratik jamiyatda ushbu maqsadga faqatgini qonuniy yo‘l bilan erishish, ya’ni siyosiy partiyalarning saylovlarda, avvalambor, markaziy davlat institutlarida davlat boshlig‘i va parlamentni shakllantirishda qatnashishi bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Respublikamiz siyosiy partiyalarining Qonunchilik palatasi saylovlarida ishtiroki 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Oliy Majlisga saylov to‘g‘risida”gi qonuni bilan kafolotlangan. Ushbu qonunning 1-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) besh yil
1 Karimov.I.A.Biz o’z kelajagimizni o’zqo’limiz bilan quramiz.T.7.-Toshkent.:O’zbekiston .1995. 310-b 43
muddatga saylanadigan 150 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi” 1 . Ushbu qonunda siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi, nomzodlarning ro‘yxatga olish tartibi va saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratilishi belgilandi. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiiga sayloviga oid vakolatlarning eng asosiysi ularning nomzodlar ko‘rsatish huquqiga ega ekanligidir. Bunday vakolat O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (12 modda) va O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlis saylov to‘g‘risida”gi (20 modda) qonunlarida mustahkamlangan.
O‘tgan yillar davomidagi saylovlarda nomzodlar ko‘rsatishga doir qonunchilikdagi o‘zgartirishlarga e’tibor bersak, ular toboro siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtirokini mustahkamlab borayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bu holat siyosiy partiyalarning saylovlarda haqiqiy raqobat olib borishi uchun zamin tayyorlaydi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlis saylov to‘g‘risida”gi qonuni 20- moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari ham ega edi. 2
Siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtiroki etish huquqi 2008 yil 25 dekabrda Prezidentimiz tomonidan yangi “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashgani munosabati O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchchalar kiritish haqida” gi qonuniga imzo chekishi yanada kengayishiga olib keldi. Ushbu qonunga ko‘ra saylov jarayonlarida tashabbuskor guruhlarning ishtiroki bekor etildi.
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risidagi qonun yangi tahriri. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 9-10 son,132 bet 2 O’zbekiston Respublikasi OliyMajlisiga saylov to’g’risidagi qonuni eski tahriri. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi.1994 yil, 1 son.6 bet 44
Chunki tashabbuskor guruhlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish yildan- yilga takomillashib borayotgan ko‘ppartiyaviylik tizimida samarasiz institutga aylanib qoldi. Bu institut bekor qilingunga qadar bo‘lgan oxirgi saylovlarda mustaqil deputatlar siyosiy partiyalar bilan raqobatlasha olmadilar. Mustaqil deputatlar guruhlari to‘g‘risida professor Akmal Saidov to‘xtalar ekan, o‘z fikrlarini quyudagicha bayon etadi: “parlament saylovlari shuni ko‘rsatadiki, mustaqil nomzodlarning aksariyati saylovlarda qatnashish tajribasiga ega emaslar. Ularning yetarli darajada yo‘lga qo‘ygan saylov kompaniyasini o‘tkazish mexanizmi ham yo‘q. Siyosiy partiyalar bu borada ulardan ustundirlar. Mustaqil nomzodlarning aksariyati siyosat bilan yaqindan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaganliklari uchun ularning professional siyosatchilar bilan raqobatlashishi va keyinchalik parlamentda o‘z manfaatlarini qat’iyatlik bilan himoya qila olishlarini qiyinlashtiradi” 1 . Mamlakatimiz saylov jarayonlarida fuqarolar tashabbuskor guruhlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish institutini bekor etilishi siyosiy partiyalar uchun ham imkoniyat ham mas’uliyat sifatida baholashimiz mumkin.
Yevropa va dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida davlat hokimiyatining barcha jabhalarida faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat arboblari partiyalardan yetishib chiqadi. AQSH da prezident saylovlarida g‘alaba qozongan prezident bo‘shab qolgan ikki yarim mingdan ziyod davlat mansablarini aksariyatiga o‘z partiyasining tavsiyasi bilan kadrlarni tanlab oladi. CHunki ushbu shaxslar partiyaviy raqobatlar natijasida o‘zini shaxsiy va ilmiy salohiyatlarini ko‘rsatishga erishib, siyosiy
jihatdan yetuk
darajada tarbiyalanadi. Mamlakatimizning mavjud partiyalarida ham barcha sohalarda halol raqobat va munozaralar tizimli ravishda tashkil etilmasdan turib g‘oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk arboblarni shakllantirish mumkin emas. Saylovoldi tashviqoti davrida saylovchilarga beriladigan nomzodlar va ularning dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniq ravshan bo‘lishi zarur. Ular
1 A.X.Saidov. O’zbekiston saylov tizimida fuqorolarning tashabbuskor guruhlari.// O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komisyasi axborotnomasi. Toshkent. 2004.№ 4.B-17 45
o‘z dasturlarida siyosiy, iqtisodiy masalalar bilan qatorda ma’naviy-ma’rifiy dasturlarini ilgari surishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda siyosiy partiyalarning muvaffaqqiyatli ishtiroki Qonunchilik palatasidagi partiyalar faoliyatiga yo‘l ochib beradi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida siyosiy partiyalar ishtiroki esa har bir rivojlangan demokratik-huquqiy davlat parlamentida siyosiy partiyalar faol ishtiroki muqarrar bo‘lgani kabi tabiiy va muhim hodisadir. Chunki siyosiy partiyalar siyosiy tizimning markaziy bo‘lagi sifatida ijtimoiy-siyosiy tizim yoki hayotda muhim o‘rin egallaydilar.” 1
Ko‘ppartiyaviylik tizimi amal qilayotgan davlatlarda parlament har doim o‘z tarkibiga ko‘ra partiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi. Zero, ushbu holatda, “siyosiy partiyalarsiz parlamentarizm qurib bo‘lmaydi” degan mashhur qoida amal qiladi. Zotan demokratik huquqiy davlatda parlament shakllanish shakli sifatida ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan saylov yagona maqsadi bo‘lgan yo‘l bo‘lganidek, parlament tashkil etilishi va faoliyatida ham siyosiy partiyalar va ularning birlashmalari o‘rni va ahamiyati yuqori bo‘ladi. Demokratik davlat barpo etishda siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi ishtiroki shaklini quyudagicha tasniflab, tadqiq etish maqsadga muvofiq: – siyosiy partiya vakillarining parlamentdagi faoliyati; – siyosiy partiya
vakillari birlashmalari (deputalik birlashmalari, guruhlari,fraksiyalari) ning parlamentdagi faoliyati; Bir necha siyosiy partiyalar fraksiyalarining birgalikdagi faoliyati. Bunda siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshirishda ularning mustaqilligi cheklab qo‘yilmaydi. 2
dekabrdagi saylovlarda 18 million 400 ming nafar saylovchi ishtirok etdi.
1 Ahmedov D. Xorijiy mamlakatlarda siyosiy partiyalar va partiyaviy tizim.Toshkent.: TDYuI, 2004. B-5 2 I.Bekov “Oliy Majlis Qonunchilik palatasini faoliyatida siyosiy partiyalarning huquqiy asoslari .yu.f.n. dissertatsiya
46
okrugining 113 tasida deputatlar saylandi. Xususan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan 47 nafar, O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 17 nafar, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 28 nafar, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 21 nafar deputat saylandi. Ekologik harakatdan 15 nafar deputat saylandi. Qonunchilikka ko’ra, 50 foizdan ortiq ovoz to’plagan nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Bu siyosiy Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling