Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi
Marketing tizimida kommunikatsion jarayonlarni boshqarish
Download 1.92 Mb.
|
Mustaqil ish global iqtisodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing qarorlarini amalga oshirish, baholash va nazorat qilish.
- Marketing-Menejment
Marketing tizimida kommunikatsion jarayonlarni boshqarish.
Kommunikatsiya strategiyasi va tovarni siljitish, ya’ni harakatga keltirish strategiyasini ishlab chiqish. Hamkorlar, iste’molchilar, raqobatchilar bilan samarali munosabatlar tizimini ishlab chiqish. Multimedia kompaniyalarining optimal qarorlarini ishlab chiqish, reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjetini aniqlash, reklama vositalarini tanlash, reklama samarasini baholash. Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, sotuv va pablik rileyshenz (omma bilan aloqalar)ni optimallashtirish. Marketing qarorlarini amalga oshirish, baholash va nazorat qilish. Kompaniyani tashkil etish. Marketingni tashkil etish. Marketing qarorlarini samarasini baholash. Marketing faoliyati nazorati va auditi. Firma marketing menejmenti uzoq va qisqa muddatga mo‘ljallangan boshqaruv qarorlarini shakllantirib, firmaning barcha bo‘limlarida marketing dasturlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va samarasini baholaydi. Marketing menejment tizimida boshqaruv ta’siri turli yo‘nalishlarda aks etadi. Boshqaruv obyektiga, boshqaruv jarayoniga va funksiyalarga ta’sir etishi mumkin. Boshqaruv jarayoniga va firma bo‘limlari funksiyalariga ta’sir ham o‘ziga xos xarakterga ega. Firmani boshqarishning marketing siyosati o‘z strategiyasiga ega bo‘lishi kerak. Marketing-Menejment Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog‘liq. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan tashkil qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani boshqarishning yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamaytirishi. Shu bilan birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi kerak. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar. Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning malakasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari. Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish, tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida; marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari bo‘yicha bajarish tarzida; marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha ijro etish shaklida. Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat. 1-qarorning tayyorlanishi (marketolog). 2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor). Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil, qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maqbul yechim varianti qabul qilinadi. Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud: − ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; − qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi. Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni talab etadi: − nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)? − resurslarning sarf -xarajati qancha? − qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak? − kim bajarishi kerak? − qaysi muddatda bajarish kerak? − kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ? − qayerda bajarish kerak? − qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, texnik). Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik, egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlashtirish va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr – mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: − qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish; − iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish; − qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash; − funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni belgilash usullarini qo‘llash; − sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini qo‘llash; − qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash; − qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash; − qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish; − yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish; − qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish. Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlarini solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim: − Vaqt. − Obyekt sifati. − Ishlab chiqarish va sotish hajmi. − Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi. − Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli. − Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga. − Inflatsiya darajasiga. − Tavakkalchilik va noaniqlik. Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda quyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish kerak: − Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak. − Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni korrektirovka qilinadi. − Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini ta’minlashi zarur. − Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini ta’minlash uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim. 2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlariMarketingning evolyutsion bosqichida qo‘llanish sohasi, hamda bozordagi talabning xarakteriga qarab marketing turlari va shakllari farqlanadi. Marketingning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: Nodifferensial marketing. Differensial marketing. Mujassamlashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing. Kommunikativ marketing. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling