Fanning qisqacha bayoni:
“Ijtimoiy statistika” fanining nazariyasi, predmeti va metodi ko’rib
chiqilgan bo’lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan
uygunlashgan holda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor
hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini
statistika uslubiyati yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan.
Fanning maqsadi: Ijtimoiy statistika fani ijtimoiy statistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur
kasbiy bilimlar va zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
- ijtimoiy statistikaning nazariy va amaliy masalalarini; statistik ko’rsatkichlarning tabiati,
tuzilishi va hisoblash tartibini; statistik kuzatish hujjatlarini tuzish va to’ldirish yo’llarini; taqsimot
qatorlarini tuzish va uning ko’rsatkichlarini hisoblashni; tanlanma kuzatish natijalarini baholash va
bosh to’plamga tarqatishni; dinamika qatorlariga xos asriy tendenstiyalarni aniqlash, kon’yunkturaviy
va mavsumiy tebranishlarni baholashni; regression-korrelyastion tahlil ko’rsatkichlarini hisoblashni;
iqtisodiy indekslarni hisoblash tartibini bilishi kerak.
- ijtimoiy statistik masalalarni echish; soddaroq masalalar ustida statistik kuzatishni tashkil etish;
statistik jadval va grafiklarni tushunarli va jozibali qilib tuzish; turli statistik adabiyotlardan foydalanib
ma’ruzalar tayyorlash; guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o’ziga xos xususiyatlarini talqin
qilish; statistik jadvallar va grafiklar tuzish; MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning
ko’rsatkichlarini aniqlash; statistik masalalarni echish, axborotlarga ishlov berish va saqlashda
kompyuter dasturlarini qo’llash bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |