Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi’’


Download 1.9 Mb.
bet1/7
Sana05.05.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1432632
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZIYOVADINOVA MOHIDIL KURS ISHI-5


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“JAHON TARIXI KAFEDRASI’’
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU; MIRZO ULUG’BEKNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI

BAJARDI;5-2 TAR-21 GURUH


TALABASI;Ziyovadinova. M
TEKSHIRDI.

BUXORO 2023.


Mundarija;
Kirish………………………………………...
I bob.Mirzo Ulug’bekning ichki va tashqi siyosati
1.1Mirzo ulug’bekning hokimiyat tepasiga kelishi.
1.2Mirzo ulug’bek davrida Mavoraunahrdagi iqtisodiy-siyosiy islohotlar.
1.3Mirzo Ulug’bek davrida me’morchilik.
II bob.Mirzo Ulug’bekning ijtimoiy-madaniy hayotga qo’shgan hissasi.
2.1Mirzo Ulug’bekning ilm-fanga qo’shgan hissasi.
2.2 Mirzo ulug’bekning ‘’To’rt ulus tarixi’’ asari.
2.3Mirzo Ulug’bek g’arb va sharq adiblari nigohida.

MAVZUNING DOLZARBLIGI.Mirzo ulug’bek shoh va olimsifatida takrorlanmas tariximizda o’chmas iz qoldirgan buyuk shaxs hisoblanadi.Mirzo Ulug’bek tarixini, faoliyatini o’rganishdan maqsad kundan kunga rivojlanib borayotgan, kuchli e’tibor talab qiladigan davlat boshqaruvi va u bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ilm-fan rivoji hisoblanadi.mirzo ulu’bek davlat boshqaruvida buyuk bobosi Amir Temur siyosatidan to’laqonli foydalanadi.shu bilan birga o’sha davr qolaversa hozirgi zamon ma’naviyati ilm-u fanrivojiga ulkan hissa qo’shish bilan shug’ullanadi.Mirzo Ulug’bek to’laqonli qomusiy olim deb atasak xato bo’lmaydi.CHunki u ilm-fanning turli sohalariga oid asarlar yaratganki hanuzgacha ular to’laligicha o’rganilmaganligi Mirzo Ulug’bekning ham shaxsiyati ham ilmiy faoliyatini dolzarb masalaga aylantirib chuqur izlanishlarni talab qilmoqda.Mirzo Ulug’bekning asarlari to’liq o’rganilsa ilm fanda yangi inqilob yuz beradiki bu butun jahon ilm- fan jamoatchiligi qolaversa insoniyat uchun katta bebaho yutuq hisoblanadi.Mirzo ulug’bek davlatboshqaruvida ham qo’shinlar tuzilishida ham xalq bilan murosada ham bobosi Amir Temurning yo’lini tutganligi uning qanchalik ma’suliyatli shaxs bo’lganligini ko’rsatib beradi.CHunki buyuk bobomiz Amir Temur siyosatini o’z davri uchun ham hozirgidavr uchun ham qo’llash o’ta mushkul, buyuk ma’suliyat talab qiladigan hodisadir.Amir temur va Mirzo Ulug’bek shaxsiyati va faoliyatini o’rganish orqali hozirgi kunda barcha davlatlar uchun kuchli davlat va intizomli ichki va tashqi siyosat yaratishiga asos bo’lib xizmat qiladi.


1.1Mirzo Ulug'bekning hokimiyat tepasiga kelishi.


Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Ko‘rag‘oniy (1394-1449) buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.Maʼlumotlarga koʻra, 1394 yilda Amir Temur Iroqdagi Mordin qalʼasini qamal qiladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir Temurga nabirasi tugʻilgani haqida xabar keltiriladi va munajjimlar uning hukmdor va olim boʻlishini bashorat qiladi. Temur ushbu xushxabar tufayli Mordin qalʼasi qamalini toʻxtatadi va uning xalqiga yuklangan tovonni bekor qiladi. Yangi tugʻilgan nabiraga Muhammad Tarag’ay ismi beriladi. Muhammad Taragʻay bolalik yillari buvisi Bibixonimning tarbiyasida boʻlgan. Amir Temur Ulug’bek tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixonmng qayd etishicha, Ulug’bek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404-yil Konigillyada oʻtkazilgan tantanalarda Amir Temur oltitanabirasining (jumladan, Ulug’bekning) nikoh toʻylarini oʻtkazgan. Toʻyda Sohibqiron Ulug’bekka Toshkent, Sayram, Yangi (hozirgi Taroz), Ashpara va Moʻgʻulistonni to Xitoy hududigacha suyurgʻol qilib bergan. Amir Temur Oʻtrorda vafot etgan chogʻda Ulug’bek ham oʻsha yerda boʻlgan.Temuriylar oʻrtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. Oʻtrordan qaytgan Shohrux farzandlari Ulug’bek va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga , ular Buxorodan panoh topishgan. Samarqand taxtini Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux Ulug’bekka dastlab Andxoʻy bilan Shibirgʻonni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410-yil Shohrux Movarounnahrni oʻz tasarrufiga kiritgach, uni idora eti sh ni Turkiston viloyati bilan birga Ulug’bekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. Ulug’bek yosh (15 yosh) boʻlgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan 1405yil Xitoyga qilinayotgan yurish boshida Temur vafot etgach, ikki yildavomidauning avlodlari oʻrtasida taxt uchun kurash davom etadi. Kurashda Temurning kenja oʻgʻli Shohruxning qoʻli baland keladi. U oʻz davlati poytaxti sifatida Hirotni tanlaydi, Movarounnahr poytaxti boʻlgan Samarqandni esa oʻgʻli barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ngbutun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qiladi,1411 yilda 17 yoshli Ulugʻbek Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanadi. Ulug’bek oʻz hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Birinchisida 1425-yil Moʻgʻuliston xoni Shermuhammad oʻgʻlon (1421—25) oʻzini mustaqil xon deb eʼlon qilganda, Ulug’bek unga qarshi yurish qilib zafar qozongan. Ulug’bekning 2-yurishi Sigʻnoq shimol tomon boʻlgan. Sirdaryoning quyi havzasi Ulug’bek tasarrufida edi. U. 1427-yil Sigʻnoq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan Baroq oʻgʻlon bilan toʻqnashgan va magʻlubiyatga uchragan. Dushman Ulug’bekni taʼqib qilib, Samarqand ostonalarigacha kelgan.Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi. Ulugʻbek 1447 yilda otasining vafotidan xabar topgach Balxga joʻnaydi. Bu yerda u marhum akasi Boysungʻurning oʻgʻli Alovuddavlaning Hirotda Temuriylar saltanati hukmronligini daʼvo qilganidan xabar topadi. Ulugʻbek Alouddavlaga qarshi 90 ming qo’shin bilan o’g’li Abdulatif bilan birga yurish qiladi va Murgʻobda boʻlib oʻtgan jangda u bilan uchrashadi. Oʻz jiyani ustidan gʻalaba qozonib, 1448 yilda Hirotga qarab yuradi. Biroq Alouddavlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo unga yordamga kelib birgalikda Ulugʻbekni magʻlub etishadi.Ulugʻbek Balxga chekinadi va u yerda toʻngʻich oʻgʻli Abdullatif Mirzo isyonkoʻtarganidan xabar topadi.Abdulatifning isyon ko’tarishiga sabab gʻalaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik isteʼdodi tufayli erishilgan boʻlsa ham, Ulug’bek Fathnomani kichik oʻgʻli Abdulaziz nomidan eʼlon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qalʼasi va uning ichidagi
ham Ulug’bek Abdulazizga beradi.1 Shundan soʻng Ulug’bek bilan oʻrtasidagi munosabat ochiq dushmanlik tusini oladi. Ichki nizolar boshlanadi. Ulug’bek Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta oʻgʻliga qarshi janggi yuradi. Abdullatif ham oʻz lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni oʻtishga botinmaydi. Bu orada Ulug’bek ., Abdulaziz lashkardagi amirlarning oilalarini taʼqib etayotir, — degan xabarni eshitib Samarqandga kelishga majbur boʻladi shahar aholisining Abdulazizga isyon koʻtarganining guvohi boʻladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana abdulatifga qarshi jangga yoʻllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan mag’lubiyatga uchraydi. Abdullatif tez orada Samarqandga yetib boradi va Ulugʻbek beixtiyor oʻgʻliga taslim boʻladi. Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishiga ruxsat beradi. Biroq, manziliga yetib bormasdan turib otasi va ukasi Abdulazizni ham 1449 yilda qatl qildirdi. Uning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etilgan.2 3


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling