Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi’’


Mirzo Ulug’bek g’arb va sharq olimlari nigohida


Download 1.9 Mb.
bet6/7
Sana05.05.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1432632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZIYOVADINOVA MOHIDIL KURS ISHI-5

2.3Mirzo Ulug’bek g’arb va sharq olimlari nigohida.
16-asrning 2-yarmi va 17—18-asrlardagi qator musulmon olimlari "Zij"ga sharxlar yozdilar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-asr),misrlik Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589-yilv.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637-yilv.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629-yilv.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640-yilv.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710-yilv.e.), Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718-yilv.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida oʻrin tutadi. Ulug’bek Hindistonning Boburiy sultoni (1719—48) farmoni bilan Ulug’bek rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga koʻra, Dexli, Banoras, JaypurUjjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Soʻng u homiylik qilgan sultonga atab "Ziji Muxammadshohiy" asarini yozgan va unda Ulug’bekning baʼzi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan U. "Zij" orasidagi bogʻliqlikni oʻz ishlarida koʻrsatganlar.Ulugbekning nomi yevropada va umuman g’arb mamlakatlarida buyuk bobosiAmir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari ma’lum bo’lgan.Yevropada Amir Temur va uning avlodlari haqida birinchi bo’lib samarqandga 1403-1405-yillarda sayohat qilgan ispaniya elchisi Rul Gonsales de Klavixondan eshitgan.Klavixonning kundaliklari 1582-yilda seviliyada va 1607-yilda parijda nashr ettirilganidan so’ng darhol temuriylar bilan qiziqqanlar.Ulug’bekning nomi XVII-asrdayoq Amir Temurga atab yozilgan 1601-yilda yaratilgan dramatik asarda eslatiladi.Bevosita Ulug’bekka bag’ishlangan yevropada nashr ettirilgan birinchi nashr ingliz Jon Grives 1602-1652-yillarda ijod etgan qalamiga mansub.Uning 1648-yilda nashr ettirilgan asarida Ulug’bekning yulduzlar jadvalining bir qismi 98 ta yulduz ilova qilingan.1665-yilda yana bir ingliz olimi Tomas xayd 1636-1703-Grives bilan bog’lanmagan holda ‘’zij’’dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotinchada nashr ettirdi.1690-yilda Gdanskda polyak astranomi Yan Gvelliy chop ettirgan ‘’Yulduzlar osmning atlasi’’dagi ikkita gravyurada o’sha davrning mashhur astranomlari Olimlari Mirzo Ulug’bekka faxrli o’rin bergan.Unda Ulug’bekning yulduzlar jadvalini Ptolemey,Tixo Brage,Richchiol,Vilgelm IV,va o’zining jadvallari bilan solishtirgan.1711-yilda oksfordda Ulug’bekning geografik jadvali 3 marta nashar ettirilgan.1807-yilda o’sha yerda bu jadval yangi grek tilida ham mashr ettirilgan.1725-yilda ingliz astranomi D.Flemited1646-1719,1767-yilda ingliz Sharp Ulug’bek yulduzlar jadvalining T.Xayd nashrini qayta nashr qilgan.1843-yil ingliz F.Beyli 1774-1844-yili shu nashrni yanada takkomillashtirib uchunchi nashrni amalga oshirgan.Fransuz sharqshunosi Sediyo 1839-yilda Ulug’bekning ‘’Ziji’’dagi astranomik jadvallarning bir qismini nashr ettirgan.1917-yilda amerikalik olim E.B.Nobi Ulug’bek ‘’ziji’’dagi yulduzlar jadvalini yigirma yetti qo’lyozma asosida tanqidiy matnini 1927-yilda K.SHoy ‘’zij’’ning traganemetrik jadvalini nashr ettirgan.Ulug’bekning ,,zij’’i rossiyada va sobiq savet ittifoqida ham alohida tarixga ega bo’lgan.XVIIIasrning birinchi yarmida Peterburg akademiyasida Ulug’bekning ziji maxsus muhokamada bo’lgan va olimlar Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-asr) "AdDurr annozil fi tashil attaqvim" ("Taqvimni soddalashtirishda nozil boʻlgan durlar") nomli asarida U. "Zij" ini qayta ishlagan.Ulug’bek "Zij"iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng soʻnggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525-yilv.e.) 1523-yil yozib tugatilgan "Sharhi Ziji Ulugʻbek" asaridir. Birjandiy oʻz "Sharh"ida mufassal va aniq raqamlar bilan bayon qilib, "Zij"ning sirlarini ochadi. U.ning koʻplab jumlalarini u chizmalar bilan tushuntirib isbotlagan.Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525-yilv.e.) "Zij"ga sharh yozib, uni "Dastur alamal va tashih " ("Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi") deb atagan.Eronlik olim Gʻiyosiddin Mansur alhusayniy ashShiroziy (1542-yilv.e.) "Zij"ga "Risola dar taʼniq Ziji Ulugʻbek" ("Ulugʻbek "Zij"ini aniklashtirish haqida risola") nomli sharh yozgan.16-asrning 2yarmi va 17—18-asrlardagi qator musulmon olimlari "Zij"ga sharxlar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-asr), misrlik Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589-yilv.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637-yilv.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629-yilv.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640-yilv.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710-yilv.e.), Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718-yilv.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.O’zbek adabiyotida yana shuningdek Maqsud Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek" tragediyasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek hayotining so'nggi davrlari qalamga olingan. Asarda muallif o'z davri uchun yangilik bo'lgan ilg'or g'oyalarni ilgari surgan ma'rifatparvar olimning johil guruhlar, hokimiyatga intilgan shahzoda bilan bo'lgan keskin ziddiyatlari hamda fojiali hayoti mohirona ochib berilgan.17 Ulug’bek tavalludining 600 yilligi 1994-yil aprelda Parijda, oktabrda Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar oʻtkazildi. Shu yili Toshkentda Ulug’bekka haykal oʻrnatildi.18
Ulug’bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug’bekning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Oʻzbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, koʻcha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bogʻi, shaharcha Ulug’bekning nomi bilan ataladi. Fargʻona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitekturaqurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va boshqalarga Ulug’bek nomi berilgan.Uning hayoti va faoliyati haqida pyesa (Maqsud Shayxzoda, "Mirzo Ulugbek" tragediyasi), roman (Odil Yoqubov, "Ulugbek xazinasi"; S. Borodin, "Samarqand osmonida yulduzlar"), opera (A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek"), poema (M. Boboyev, "Ulugbek"), balet (M. Bafoyev, "Ulugbek burji"), film (Rej. Latif Fayziyev, "Ulugʻbek yulduzi", 1965) va boshqa yaratilgan,,Ulug’bek xazinasi’’ o’zbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman. Asarda temuriylar hukmronligi va olim Mirzo Ulug’bek shaxsiy hayoti va fojiaviy qismati yoritilgan. “Ulug‘bek xazinasi” romanida esa Mirzo Ulug‘bekning umrini so‘ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan. Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug‘bek hayoti bilan bog‘liqligi haqidagi talqinlar haqida so‘z yuritiladi. Roman sujetidan o‘rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug‘bek va o‘z farzandi o‘rtasidagi ziddiyatlardan istirob chekkan shaxs qismati, farzandining taxt uchun o‘z otasiga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba’zi saroy amaldorlarining xiyonatlari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligigajiddiy e’tibor qaratilgan.Mirzo Ulug‘bekka bo‘lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdulatif xiyonat qilib turgan Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi bir vaqtda uning ustoziga munosabatini o‘zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo‘yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, bu esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta’kidlaydiTarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo Abdulatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan istirob chekayotgan xal hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq fojealari juda asosli ifodalangan. Mirzo Ulug‘bek ruhiy olamidagi qarama-qarshiliklarning vujudga kelish sabablari, istiroblari monologik va diologik nutq asosida tasvirlanganligini alohiha qayd etadi. Odol Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi talqinlar badiiy adabiyotda Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Har ikki buyuk siymoning badiiy obrazi juda asosli talqin etilganligini isbotlaydi. Roman voqealari rivojoda monologik, diologik nutqning o‘ziga xos badiiy funksiyasi mavjudligi isbotlangan.Asar Yoqubovning eng sara asari hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.Roman ilk marotaba 1973-yil toshkentda shahrida G’afur G’ulom nomidagiAdabiyot va San’at nashriyotida chop etilgan. Oʻn marotabadan oshiq, jumladan, 1980-, 1986- (Yoqubovning uch jildli tanlangan asarlar toʻplamida) va 1994-yillarda qayta nashr qilingan. Shuningdek, roman bir necha tilga tarjima qilingan. 1976-yil romanning Yu. Surovsev muallif bilan hamkorlikdaoʻgirgan ruscha tarjimasi maskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan. Ayni tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida qayta chop etilgan. Ruscha tarjima, shuningdek, 1981-va 1982- yillarda „Progress“ nashriyotida chop etilgan. Bundan tashqari, ruscha tarjimasi 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“nashriyotida Yoqubovning povestlari bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan. K. Seydxanov romanni rus tilidan qozoq tiliga tarjima qilgan, qozoqcha tarjimasi 1983-yil olmaota shahrida „Jazushi“ nashriyotida chop etilgan. Ayni yilda Toshkent shahrida „Raduga“ nashriyotida romanning rus tilidan hind tiliga oʻgirilgan tarjimasi chop etilgan. 1984-yil sharida „Liyesma“ nashriyotida Rudzgor oʻzbek tilidanoʻgirgan latischa tarjimasi chop etilgan 1987-yil Vilnyus sharida „Mintis“ nashriyotida romanning G. Kobeskayte oʻzbek tilidan oʻgirgan litvachaimasi chop etilgan.19



Xulosa.
Men bu kurs ishini yozish davomida shunga amin bo’ldimki bobolarimiz qoldirib ketgan buyuk merosni har vaqt, har qachon o’rganishimiz zarur va bu merosni oldin qanday bo’lsa shu holicha balki Ilmiy izlanishimiz natijasida boyitib kelajak avlodga yetkazishimiz kerak deb hisoblayman va biz yoshlar Mirzo Ulug’bekdek inson bo’lishga mustaqil o’zbekistonimiz taraqqiyotining rivojlanishiga hissa qo’shishga,vatanimiz taraqqiyitining rivojlanishiga jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lishida har doim tayyor bo’lishimiz kerak deb hisoblayman.Mirzo Ulug’bek Ilmiy kuzatishlar olib boorish va madrasada falakiyot ilmidan va’zaytish bilan birga madaniy-maishiy ishlarga ham jiddiy e’tibor bergan.o’nlab madrasa,xonaqoh,masjid,karvonsaroylar qurdirgan.Oldinroq boshlangan Bibixonim masjidiGo’ri amir maqbarasi,shohizinda ansambilining qurilishini nihoyasiga yetkazgan.Ulug’bek haqida yuzlab asarlar mavjudki ularda u donishmand faylasuf, adolatli sulton,ijodkor ustoz sifatida madh etiladi.Alisher Navoiyning ,,Farhod va Shirin ‘’dostonida ,,Ulug’bek madhiyasi’’degan maxsus bob ham mavjud. Alisher Navoiy "Xamsa" asarida Ulug’bekni uluglab, shunday yozgan edi: Temurxon naslidan Mirzo Ulugʻbek, Ki olam koʻrmadi sulton aningdek, Ki davr ahli biridin aylamas yod, Aning obnoyi jinsi boʻldi barbod. Valek ul ilmi sari topdi chun dast, Koʻzi oldinda boʻldi osmon past. Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur, Bilib bu nav ilmi. Ki osmoniy, ki ondin yozdi ,,ZIJI KO’RAGONDIR’’


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling