Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi’’
Mirzo Ulug’bekning ilm fanga qo’shgan hissasi
Download 1.9 Mb.
|
ZIYOVADINOVA MOHIDIL KURS ISHI-5
2.1Mirzo Ulug’bekning ilm fanga qo’shgan hissasi.
U yoshligida fan va sanʼat turlariga, ayniqsa, matematika va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Ulugʻbek yaxshi taʼlim olgan. Ajoyib xotir egasi boʻlib, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, turk sheʼriyatidan yaxshi xabardor boʻlgan. Oʻzi ham sheʼrlar yozgani haqida maʼlumotlar bor.otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladiUlug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan,adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bekdavrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlarSamarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy va boshqalar yashagan. Ular insoniyat aqli, fanning kuchiga ishongan o‘z davrining ilg‘or shaxslari bo‘lishgan.1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan9.Ammo Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan.Tadqiqotchi olimlarning fikricha, rasadxona qurilishi 1428-1429 yillan yakunlangan. Rasadxona o‘z davrining nodir binosi bo‘lgan. Yer silkinishiga bardoshli bo‘lishi uchun bino qurilishi uchun Qo‘hak tepaligining toshli etagi tanlangan. Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-katta hujralar quriladi.10.Uning etagida esa ikkita chorbog' barpo etiladi.Ulardan bir Bog'I Maydon, ikkinchisi esa Chinnixona nomi bilan shuhrat topadi.Rasadxona joylashgan bu mavze xalq orasida "Naqshi Jahon" degan nom bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik u qarovsiz qolib XVI asrda vayron qilingan.Hozir Ulug'bek rasadxonasidagi katta asbob kvadrantning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi.1964-yil Ulugbek rasadxonasi yonida Ulug'bek muzeyi ochilgan.Ulug'bek rasadxonasining asl ko'rinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida O'zbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.Yaqin yillargacha Ulug'bek faqat astronom va matematik deb hisoblanar edi. Lekin uning ijodi serqirra bo'lib, u tarix, she'riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi. Asosiy asbob - sekstant (burchak o‘lchagich) - janubdan shimol tomon meridian chiziqlari bo‘ylab mo‘ljallangan. Asosiy asbobdan tashqari, rasadxonada boshqa astronomik anjomlar ham bo‘lgan.Ehtimol, aniq astronomik kuzatishlarni amalga oshirishiga sekstantning o‘lchami, uning qulay tuzilishi, Ulug‘bekning bilimlari va uning sherigi sabab bo’lgan. Buyuk astronom Ulug‘bek rahbarligi va ishtirokida rasadxonaning asosiy ishi “Zidjiy Ko‘rag‘oniy”, “Ulug‘bekning yulduzlar jadvali” tuzilgan. Kitobda ushbu Samarqand observatoriyasidan 1018 ta yulduz joylashuvi aql bovar qilmas aniqlikda, Gipparxdan so‘ng ilk bor belgilangan. Astronomik turkum yaratilishi jahon astronomiya fani xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.Bundan tashqari, rasadxonada ekliptikning ekvatorga qiyaligi va yulduz yilininguzunligini belgilash; sinusning bir burchakdagi ahamiyatini - muhim astronomicdoimiylikni - verguldan so‘ng o‘n sakkizinchi belgigacha aniqlikda hisoblash bo‘yicha ishlar olib borilgan.Ulug‘bek o‘z ma’lumotlarini bir necha bor tekshirib, uning sonlarini to‘g‘ri, degan xulosaga keladi. 1437 yil u astronomik yil uzunligini aniqlaydi: 365 kun 6 soat 1daqiqa 8 soniya. Keyinroq o‘zgarishlar farqi 58 soniyada ekanligi aniq bo‘lgan. Agar astronomik yil uzunligi 31 million 558 ming 150 soniya ekanligini inobatga olsa, Ulug‘bek o‘z o‘lchamlarini naqadar yuqori aniqlikda olib borganligiga amin bo’lish mumkin.Buyuk Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng, uning yorqin yulduzi so‘nmadi. Ulug‘bekning sodiq shogirdi Ali Qushchi, ona Samarqandini tark etishga majbul bo‘lib, Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘rag‘oniy” kitobini yevropaga olib chiqib ketadi. Keyinchalik kitob ko‘plab olimlar avlodining mulkiga aylandi. Ulug‘bekning ismi va mehnatlari yevropa va Osiyo olimlari orasida mashhur bo‘ldi. XVII asrdaYan Geveliy tomonidan nashr etilgan Ulug‘bekning “Yulduzli osmon turkumi”da turli zamon va makonlarda yashab o‘tgan buyuk dunyo astronomlarining aksi tushirilgan naqsh mavjud. Ular astronomiya ilhom manbai bo‘lmish Uraniyaning ikki tomonida stol qarshisida o‘tirishgan holda aks ettirilgan. Ular orasida Ulug‘bek ham bor. Naqsh muallifi Ulug‘bekni portretiga ega bo‘lmay, uning suratini tushirgan. Rasadxona boburnomaga ga koʻra ,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrat (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga toʻgʻri keladi. Rasadxona o’rtaasrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos boʻlgan. Asbob astranomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni oʻlchash, yillik pretsessiya doimiysini tropiK yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik o’lchamli asboblar: armilyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat oʻlchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari,usturlob va boshqalar boʻlgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida quyosh,oy,sayyoralar va alohida yulduzlarni kuzatilgan. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari ‘’ziji ko’ragoniy " rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin koshiy,Qozizoda Rumiy,Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.Ulug‘bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” hisoblanadi yoki “Gurgonning yangi astronomiy jadvali” deb nomlanadi. Muallif ushbu asarni 1444 yil, o‘ttiz yillik tirishqoqlik va astronomik kuzatuvlardan so‘ng yakunlagan. Astronomik ma’lumotnoma tez orada, Klavdiya Ptolemeyning “Almagest” hamda Ulug’bek rasadxonalarida qo‘llanma hisoblangan kastiliya qiroli Alfons XVning astronomik jadvali bilan bir vaqtda lotin tiliga o‘girilgan.11 Hozirgi kunda ,, Ziji jadidi Koʻragoniy» asarining 150 dan ortiq nusxasi ma’lum. Boshqa ma’lumotlarga koʻra, asarning 120 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi ham mavjud. Mirzo Ulugʻbekni davlat ishlari bilan mashgʻul boʻlishdan koʻra koʻproq ilmu fan bilan shugʻullanish qiziqtirgan. Uning «Bir darajaning sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulugʻbek», «Toʻrt ulus tarixi», «Ziji jadidi Koʻragoniy», «Koʻragoniyning yangi jadvallari» kabi asarlari dunyo olimlari tomonidan hali hanuz oʻrganiladi. Ulugʻbekning «Ziji jadidi Koʻragoniy» asari «Ulugʻbek ziji», «Ziji Koʻragoniy» kabi nomlar bilan ham ataladi. «Zij» soʻzi fors tilidagi «zik» soʻzidan olingan boʻlib, «jadval» ma’nosini bildiradi. Mazkur asar Ulug’bekning qariyb 30 yillik izlanishi samarasi boʻlib, u 1444 yilda yozib tugatilgan. Asar fors tilida bitilgan, keyinchalik Gʻiyosiddin Al-Koshiytomonidan arab tilida tarjima qilingan.1213 «Ziji jadidi Koʻragoniy» muqaddimava toʻrt maqoladan iborat.Birinchi maqola soʻzboshi va 7 bobdan, ikkinchi maqola 22,uchinchi maqola 13, «Zij»ning soʻngi – toʻrtinchi maqolasi esa toʻlaligicha ilmi nujumga bagʻishlangan bobdan iboratdir.Mazkur jadvallarning aniqligi avvalroq Sharqda hamda yevropada erishilgan yutuqlardan ilgarilagan. XVII asrga kelibgina, Tixo Brag samarqandlik kuzatuvlarga teng keladigan aniqlikka muvaffaq bo‘lib, keyinroq, undan ham aniqroq natijaga erishgan. “Ulug‘bekning Zidji” Sharqda bo‘lgani kabi, yevrupa astronomlarining diqqatini o‘ziga tortganligining hayratlanarli yeri yo‘q“Ulug‘bekning Zidji” to‘rt yirik qilsmdan iborat. Xronologiya nomini olgan birinchi qismida turli Sharq xalqlari tomonidan qabul qilingan xronologik usullar uchinchisi — dunyoning geomarkaziy tizimi asosida ko‘zga ko‘rinarli yulduzlar harakati haqida ma’lumot bersa, to‘rtinchisi astrologiyaga bag‘ishlanadi — o‘rta asrlar dunyoqarashi fanining muqarrar taqdiri.Ulug‘bek hisoblab chiqqan 1018 yulduz turkumi qadimiy xronogiyani o‘rganuvchi astronomlar va tarixshunoslar uchun kompas vazifasini o‘taydi. Ulug‘bekning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Ulug’bek ilmiy maktabida 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiylar bo’lsa Ulug’bekning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy,Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi.Ulig’bek akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchi Ulug’bek "Ziji"ning soʻzboshisida "farzandi arjumand", yaʼni "aziz farzandim" deydi. Aslida u Ulug’bekning sadoqatli shogirdi boʻlib, "Zij" ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.Ulug’bek Samarqandda 2 ta Madrasa: biri —registon ansambli tarkibida va 2chisi Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa yirik olimlar qatorida Ulug’bekning oʻzi ham bu madrasalarning har birida bir marotaba maʼruza oʻqigan. Boshqa vaqtini koʻproq astronomik kuzatishlarga, "Zij" ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yi V.L.Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g’isht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari turli katta - kichik xonalari boʻlgan. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Rasadxonada kutubxona ham boʻlgan. Ichki devorda osmon tasviri,yulduzlar xaritasi, tog’ dengiz mamlakatlar belgilangan yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulugʻbekrasadxonasidagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi. 1964-yil Ulugʻbek rasadxonasi yonida Ulugʻbek muzeyi ochilgan. Ulugʻbek rasadxonasining asl koʻrinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida Oʻzbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.14 U.ning yana bir matematik asari "Risolai Ulugʻbek" deb ataladi va uning 1-nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi, hali oʻrganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir.SHuningdek Ulug’bek musiqaga oid beshta risola yozgan.,,Risola dar ilmi musiqa’’ musiqa tarixiga bag’ishlangan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling