Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi’’


Mirzo Ulug’bek davrida iqtisodiy-siyosiy islohotlar


Download 1.9 Mb.
bet2/7
Sana05.05.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1432632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZIYOVADINOVA MOHIDIL KURS ISHI-5

1.2Mirzo Ulug’bek davrida iqtisodiy-siyosiy islohotlar.
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo'shni mamlakatlar bilan savdosotiq munosabatlari o'sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadrqimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O'sha davrda muomaladagi fulusi chaqa pullar engil vaznda bo'lib, savdo rivojiga to'siqlik qilgan. Ulug'bek Yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi.Eskichaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo’lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o'zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, birvazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to'la ta'minlay boshladi. Ichki chakana savdopul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o'rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo’lsadahar holda Ulug'bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik ichki chakana savdosi uchun keng yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg'a» boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foidalanildi. Ulug'bek (13941449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong'i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu erda biz Ulug'bekning ijtimoiyiqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo'lmasliginihokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar vatarja sardobalar kabi turlituman suvinshoatlari bilan jihozlandi. O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan, Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram avval soliq to'plash qat'iyan man'etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina reja soliq to'lash imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo'lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon (avgust va sentyabr);
3) qavs (noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig'ish paytida soliqchilar dehqon, chorvadoryoki bog'bonga nisbatan zug'um o'tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urushjanjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo'yilgan. Bu bilan haqhuquqi, yashashgabo'lgan daxlsizligi ta'minlangan. Umuman, soliq bo'yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, ularga nisbatan qattiqchoralarko'rishgasoliqchilarning haqqi yo'q edi. Soliq miqdori va to'lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibgaamal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, indiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu orada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo'li» xafvsizligini ta'minlash borasida katta is
hlarni amalga oshirganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovarpul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita bog'liqbo’lgan. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqtivaqti bilan pulislohotlari o'tkazib turiladi. 1428 yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.4 


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling