Intervьyu metodi –respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o’rganish metodi. - Ushbu metod respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi. Metodning samarali qo’llash uchun o’qituvchi yoki mutaxassis quyidagi shartlarga rioya qilishi zarur:
intervyu olinadigan o’quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan holda puxta shakllantirishi lozim; - intervyu olinadigan o’quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan holda puxta shakllantirishi lozim;
- intervyu jarayonida o’quvchining savol yuzasidan erkin fikr bildirishiga imkon berishi zarur;
- o’quvchining fikrlari muhokama qilinmaydi yoki intervyu jarayonida unga nasihat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
- intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi
- Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish, o’rganish) – o’rganilayotgan o’quvchining aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko’nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va baholashda qo’llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli
Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat bo’ladi: - ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar);
- yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo’q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar);
- to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to’g’ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |