rivojlanishi
asosan yakuniga etadi, bu nozik tabaqalashtirilgan harakatlarni uzoq
muddat davomida bajarishga imkoniyat yaratadi.
Shu davrda harakatlar
koordinastiyasining yoshga xos rivojlanishi oxirlaydi. Qisqa muddatli shiddatli
yuklamalarni ham, uzoq muddatli faoliyatni ham bajarish qobiliyati o’sadi. Aerob
imkoniyatlar anaeroblariga qaraganda ko’proq darajada kengayadi.
16-18 yosh sport takomillashuvi bosqichiga to’g’ri keladi.
Bu yoshda faqat
bo’y o’sishi yakuniga etmasdan, uzun suyaklar, oyoq kafti va qo’l panjasi suyaklari
batamom qotadi. Tos suyaklarining o’sib bitishib ketishi tugaydi. Bu yosh mushak
to’qimalarining jiddiy o’sishi va mushak kuchining ortishi bilan tavsiflanadi.
Yosh sportchilar organizmining rivojlanishiga muvofiq holda ko’p yillik
mashg’ulot jarayonini rejalashtirish va tashkil etishda pubertat jarayonlar hamda u
yoki bu jismoniy sifatning rivojlanishidagi sensitiv
bosqichlarning aniq
muddatlarini e’tiborga olish zarur. Ma’lumotlarni umumlashtirib, ularning o’quv-
mashq va sport takomillashuvi bosqichlarida o’qitish
davridagi taxminiy yosh
chegaralarini ajratib ko’rsatish mumkin (11-jadval).
Sensitiv davrlar biologik etilishning boshlanishi bilan bog’liq bo’lgan jiddiy
alohida tebranishlarga ega bo’ladi. Barcha sifatlarning eng ko’p o’sishi pubertat
davriga – o’g’il bolalarda 12-15, qizlarda 11-13 yoshlarga muvofiq keladi.
O’quv yillari bo’yicha yosh yuguruvchilar
va tez yuruvchilarning
mashg’ulot jarayoni ustuvor yo’nalishi jismoniy sifatlarning morfofunkstional
rivojlanishi hamda o’sishining sensitiv davrlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Umumiy va maxsus chidamlilik, tezkorlik va tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirishda
mutanosiblikka ayniqsa qat’iy rioya qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: