Buxoro davlat universiteti jurnalistika bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi
Download 40.8 Kb.
|
Abduvohidova Marjona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matbuot kotibi iqrori
Hokimiyat vakili iddaosi
Hokimiyat tizimida matbuot kotibi bo`lgani yaxshi baribir. Ishimiz ko`rinadi. Avval juda ko`p ijobiy ishlarimiz qolib ketib, bir-ikkita tanqidiy maqola yo ko`rsatuv sabab ishlamayotganga chiqib qolardik. Matbuot kotiblari "balans"ni ta`minlab berayapti, faoliyatimizni aks ettirayapti, tanqid bo`lsa, javob qaytaryapti. Lekin masalaning yana bir jihati ham bor, hamma ishni biz qilamiz-da, rahmatni matbuot kotibi eshitadi. Misol uchun, bir tadbirkorga yordam berib, ishini gullatib yuborishiga hissa qo`shsak, biz emas, bu haqda axborot joylagan xodimga hokimbuva minnatdorlik bildiradi. Biz erta tongdan kelib, yarim tungacha qiladigan ish bilan qiyoslasak, matbuot kotibi har kuni qo`yadigan 3-4 ta xabarning hech bir qiyin joyi yo`q. Lekin shu holdayam uning bizdan ko`p oylik olishi (ustama bor-da) qandaydir adolatsizlikday tuyuladi. Buning ustiga agar biror joyda tanqidiy maqola chiqadigan bo`lsa, masala bilan matbuot kotibi emas, biz shug`ullanamiz. Chunki baribir u sohamizni tushunmaydi, nozik jihatlarini bilmaydi. Matbuot kotibi o`tirgan joyida bizga "munosabat bildirishimiz kerak" deb qo`ysa bo`ldi, qolgani o`zimizga qoladi. Xullas, matbuot kotibi haqida "kam ish qiladigan, ammo ko`p imtiyozga ega xodim", degan ta`rif bersak bo`ladi. Matbuot kotibi iqrori To`g`risi, o`tgan yilgi qaror ko`p narsalarni va`da qilgandi. Unda "davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning o`zida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo`yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo`ladi hamda mehnatga haq to`lash, tibbiy va transport xizmati ko`rsatish shartlariga ko`ra davlat organi va tashkiloti rahbarining o`rinbosariga tenglashtiriladi", deyilgan band ko`p jurnalistlarni o`ziga mahliyo etgan, kelajagi noma`lum gazetada abjag`im chiqib yuramanmi, deb turli tashkilotlarga o`tib ketishgandi. Hujjatda aytilganidek bo`lsa, hozir 7-8 million so`m oylik olishimiz kerak edi. Dastavval maosh 1 million so`mdan sal oshiq edi, hozir 2 milliondan oshadi. Hujjatlarda obodonlashtirish idorasiga ishga olingan, amalda matbuot kotibligini qilib yurganlar ham bor safimizda. Shuning uchun kotiblikni, ayniqsa u hokimiyatda bo`lsa, ko`p jurnalistlar juda xohlashmaydi. Ustamani hamma hokimlikdayam to`lashayotgani yo`q. Mirishkorda matbuot kotibiga mashina berishgandi, qolgan tumanlarda bu haqda o`ylab ko`rilganiyam yo`q. Kompyuter, fotoapparat berilganidan mamnun bo`lib turibmiz. Tahririyatda bitta boshliq bo`lsa, hokimiyatda o`nta boshliq, hokim, o`rinbosarlari, hokim yordamchisi, "orgotdel", uning xodimlari... Ish vaqti tahririyatda soat oltida tugardi, bu erda kechki 10-12 gacha o`tiraverasiz. Chunki hokim kuni bo`yi joylarda yuradi, kechga kelib qog`oz-hujjatlarni ko`radi, hokim ishxonada ekan, uyga qaytib bo`lmaydi. Shanba-yakshanbaning ahamiyati yo`q. Eng qiyini, bizda hokimlar tez-tez almashadi. Har bir hokimga ma`qul kelishning esa o`zi bo`lmaydi. Oxir-oqibatda har biriga har xil ko`rinishga urinaverib buqalamunga aylanib ketmasak bo`lgani... Download 40.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling