Buxoro davlat universiteti jurnalistika bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi


«To‘rtinchi hokimiyat». O‘zbek jurnalistikasi va so‘z erkinligi haqida


Download 40.8 Kb.
bet6/9
Sana02.05.2023
Hajmi40.8 Kb.
#1422202
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abduvohidova Marjona

2.2 «To‘rtinchi hokimiyat». O‘zbek jurnalistikasi va so‘z erkinligi haqida


O‘zbekistonimizda navbatdagi blogerlar chempionati bo‘lib o‘td. Jamiyatimizda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmagan jurnalist ekanligini o‘z ijodi bilan ko‘rsata oladigan qanchadan-qancha yosh jurnalistlar blogerlar chempionatida qatnashdi. Turli xil siyosiy-ijtimoiy vaziyatlar haqida yozilgan maqolalar muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlar va matbuot orqali omma e’tiboriga havola qilindi. Maqolalarning mazmuni va mohiyati oldingilardan tubdan farq qiladi. Bu nafaqat iqtidorli yosh jurnalistlarning g‘alabasi, balki o‘zbek jurnalistikasining bayrami bo‘ldi desak ham bo‘ladi. Singlimiz Shahnoza To‘raxo‘jayeva blogerlar chempionatining mutlaq g‘olibi sifatida tan olinishi opa-singillarimiz jamiyatimizda salmoqli o‘rin tutib turganini dalillab berdi.
Xursandchiliklar, tabriklar va maqtovlardan so‘ng navbat tanqidga ham yetib keldi. Tanqid qiluvchilarning fikriga ko‘ra bu bloger-jurnalistlar chempionati emas, «insholar tanlovi» bo‘lgan emish. Ba’zi tanqidchilarning fikriga ko‘ra blogerlik va blogerlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalar dunyoda bundan 10 yil oldin dolzarb bo‘lganligi sababli hozir rivojlangan davlatlarda unchalik e’tibor qilinmaydigan anjumanga aylanib qolgan emish. Albatta, jurnalistikani yoki matbuotni tanqidsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin masalaning boshqa tomoni bor. O‘zbekistonda ba’zi sabablarga ko‘ra so‘z erkinligi cheklangan edi. Biron-bir jurnalist jamiyatimizdagi illatlar va muammolar haqida gapira olmas edi.
So‘z erkinligi
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida so‘z erkinligi yo‘qligi, xalqning ijtimoiy fikri jonli efirda berilmasligi, qaysidir mutasaddi shaxsning cheklashlariga ko‘ra intervyulardagi tanqidiy fikrlar kesib tashlanishi va belgilangan shablonlar ichidagina so‘z aytish mumkinligi butun dunyoga ma’lum edi. Bu muammoning borligi hech kimga sir ham bo‘lmay qolgan edi. Lekin ba’zi amaldorlar bu vaziyatni yaxshi bilishsa ham o‘zlarining siri ommaga fosh bo‘lishidan qo‘rqqani uchun jurnalistlarni va axborot agentliklarini qo‘rquvda ushlab turish ishlari bilan band edi. Ayrim xalqaro tashkilotlar aynan mana shu kamchiligimizdan O‘zbekistonni dunyo hamjamiyati ko‘z oldida obro‘sizlantirish kampaniyalarida foydalanishar edi. Bu voqealar hozirgi kunda ham uchrab turadi.
Butun dunyoda yangiliklarni kim yoki qaysi axborot agentligi birinchi yoritgani juda muhim masala. Masalan, yaqin kunlargacha qamoqda begunoh yotgan insonlar endi ozodlik huzurini tortmoqda. Ularni jamiyatimizga integratsiyalash jarayoni davom etayapti. Bundan tashqari hali begunoh qamalib, azob chekayotgan yosh olimlarimiz va jurnalistlarimiz bor. Ular haqidagi tafsilotlarni O‘zbekiston axborot agentliklaridan oldin chet el axborot agentliklari berdi va har xil talqin qila boshlashdi. O‘zbekistonlik jurnalistlar uchun bu juda katta zarba edi. Aslida bunga o‘zimiz ham aybdormiz, jurnalistikaning shunday nozik taraflariga e’tiborsizlik qilib, voqealar tafsilotini aniqlashni va ommaga yetkazishni eplay olmay, yana birovdan xafa bo‘lamiz.
O‘zimizda shuncha talantli jurnalistlar bo‘la turib, bizning ichki muammolarimizni boshqa davlat jurnalistlari o‘z o‘lchamlariga ko‘ra talqin qilib tursa kimga yoqardi. Chunki masalaning ichida turib tadqiq qilib ishlash bilan qandaydir noma’lum shaxsning O‘zbekistonda turib yozib yuborgan yoki telefon yo internet orqali bergan ma’lumoti asosida ishlash o‘rtasida juda katta tafovut bor.

Download 40.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling