Buxoro davlat universiteti jurnalistika bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi
Download 40.8 Kb.
|
Abduvohidova Marjona
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Hokimiyatlar taqsimlanishi» nazariyasi va «to‘rtinchi hokimiyat»
Jurnalistning asosiy vazifasi
Jurnalist faqatgina xabar tarqatuvchi jarchi emas. Bu ishni diktor ham, muxbir ham bajaraveradi. Albatta, jarchilik ham, darakchilik ham jurnalistikaning bir sohasi. Sodir bo‘lgan qandaydir voqea, ijtimoy-siyosiy yoki madaniy-iqtisodiy muammo haqida xabar berilganidan so‘ng yuzaga chiqqan ijtimoiy rezonansni sharhlash, tahrir, talqin, tahlil, muhokama qilish publitsistning ishi hisoblansa ham, publitsistikaning o‘zi aynan jurnalistika degan poydevor ustida qad ko‘tarib turganini esdan chiqarmaylik. Albatta, matbuotda chiqqan har qanday xabar yoki yangilik tahlil qilinavermaydi. Chunki ommaga tarqatilgan bo‘lsa ham jamoatchilik e’tiboridan chetda qolgan bo‘lishi mumkin. Lekin xabar tarqatilgan vaqtda ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolgani bilan keyinchalik boshqa bir voqea haqidagi xabar ta’sirida ommada kuchli rezonans yaratishi mumkin. Ijtimoiy rezonans tafsiloti esa ommaga tushuntirib berilishi shart. O‘zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi muammolarni yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Bu esa jamoaviy fikrni o‘rtaga chiqaradi, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yaqindagina bo‘lib o‘tgan senator va to‘y korteji mojarosi haqida jurnalistlarimiz yozib chiqdi. Hatto Prezident bizlar taraf bo‘ldi. Bu O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari maydoni shakllanganidan dalolatdir. Ilgari, afsuski, bunday emas edi. «Hokimiyatlar taqsimlanishi» nazariyasi va «to‘rtinchi hokimiyat» Davlat mustaqilligi va mamlakat grajdanlarining farovon yashashi uchun hokimiyat taqsimlanishi shart ekanligi haqidagi birinchi g‘oyani buyuk faylasuf Arastu olg‘a surgan edi. Keyinchalik bu g‘oya ingliz pedagogi va faylasufi Jon Lokk (John Locke, 1632-1704) tomonidan asoslanib chiqildi va nazariya shakliga keltirildi. Fransuz faylasufi, huquqshunos yozuvchisi Sharl de Monteskyo (Charles-Louis de Secondat, baron de La Brède et de Montesquieu, 1689-1755) tomonidan «Hokimiyatlar taqsimlanishi» nazariyasi yanada takomillashtirildi va klassik usulga aylantirildi. AQShning birinchi moliya vaziri Aleksandr Hamilton (Alexander Hamilton, 1755-1804), AQShning to‘rtinchi prezidenti va AQSh konstitutsiyasining mualliflaridan biri Jeyms Medison (James Madison, 1751-1836) va AQShning boshqa arboblari tomonidan hokimiyatlar bo‘linishi, aniqroq aytadigan bo‘lsak davlat boshqaruvida «Hokimiyatlar taqsimlanishi» nazariyasi zamonaviy davlat boshqaruvi tizimiga kiritila boshlangan edi. Hokimiyatlar harakatidan hosil bo‘lgan natijalarga ko‘ra davlat oyoqqa turar va mamlakatda parokandalik emas, farovonlik hukm surar ekan. Ushbu nazariyaga ko‘ra davlatni boshqarish tizimi bir-biridan mustaqil bo‘lgan uchta hokimiyatning birikmasidan iborat: Qonunchilik hokimiyati; Ijro hokimiyati; Sud hokimiyati. Har bir mamlakatning davlat boshqaruvidagi «Hokimiyatlar taqsimlanishi» tartibi avvalo shu davlatdagi demokratiyaning huquqiy formasini ko‘rsatadi. Ko‘pincha ommaviy axborot vositalarini «to‘rtinchi hokimiyat» deb atashadi. Aslida esa rasmiy davlat boshqaruv tizimida «to‘rtinchi hokimiyat» degan hokimiyat yo‘q. Sababi, OAVda kimningdir xato-kamchiliklarini tuzatish uchun qo‘llanadigan buyruq mexanizmi yoki vakolati yo‘q. Masalan, qaysidir tashkilot odamlarning oylik ish haqini bermayotgan bo‘lsa, Mehnat kodeksidan chetga chiqib ketgan bo‘lsa yoki kimdir qonundan chiqib ketgan bo‘lsa uni jazolay olmaydi, xato-kamchilikni tuzatish uchun buyruq ham bera olmaydi. Matbuot faqat muammoga, masalaga yoki qandaydir voqeaga qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiyati, sud hokimiyatining diqqatini jalb qilishi mumkin xolos. «To‘rtinchi hokimiyat» atamasi jamiyatdagi ijtimoiy fikrga matbuotning qanchalik ta’sir ko‘rsata olishini ifodalaydigan lirik atama hisoblansa-da, har bir vatandoshimizning diqqatini jamiyatda bo‘layotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonga jalb qilib, unda daxldorlik tuyg‘usini uyg‘ota oladi va bunga haqqi ham bor. Download 40.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling