Buxoro davlat universiteti jurnalistika bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi
Download 40.8 Kb.
|
Abduvohidova Marjona
Internet kuzatuvchisi fikri
Kanal darajasini odatda uning a`zolari soni belgilaydi. Agar buni hokimiyatlar misolida ko`rib chiqsak, eng yuqori raqam viloyat hokimligi kanaliga tegishli: 6 mingdan ziyod a`zosi bor. Dehqonobod hokimliginiki 1700 atrofida, G`uzor tumani hokimliginiki 1200 chog`li, Kasbiniki 900, Qamashida 800, Qarshi tumanida 500 ga yaqin. Nishon tumani hokimligining telegramdagi kanalida 367 obunachi bo`lsa, Yakkabog` tumani hokimligi kanaliga 240 kishi a`zo bo`lgan, xolos (bu raqamlar foydalanuvchilar ixtiyoriga qarab ko`payib yo kamayib turadi). Qo`yilgan axborotlarni ham shuncha atrofidagi kishi kuzatib boradi. Endi bir o`ylab ko`ring, bugun "o`ldi" deya baholanayotgan gazeta-jurnallar ham shu atrofda yoki bundan ko`p chiqayapti-da. Birgina viloyatning o`zida ham 200 mingdan ziyod a`zoga ega bo`lgan kanallar borligini hisobga olsak, tuman hokimliklari axborot xizmatlari jamlagan auditoriya juda kichik ekani ko`rinadi. Agar bir tumanda yangiliklar bilan tanishib boradigan 50 ming kishi bor, desak, 500 a`zoga ega kanal hududning atigi 1 foizini qamrab olayotgani oydinlashadi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar axborot xizmatlari ham maqtana olmaydi. Misol uchun, viloyat prokuraturasining telegramdagi kanalida 560 dan ziyod a`zo bo`lsa, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasida 384, ichki ishlar boshqarmasining 2 mingga yaqin, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 260 dan ortiq obunachisi bor. Bunga hali axborot xizmatlari ishining yangidan yo`lga qo`yilgani sabab qilib keltirilishi mumkin, aslida o`tgan bir yil kerakli a`zoni to`plab olish uchun etarli edi. Qolaversa, tizimning o`zida ishlaydiganlarning barchasi o`z kanallariga a`zo bo`lganda ham bir necha o`n ming a`zolik virtual makon yaralardi. Agar gazeta-jurnallar etarli obunachiga ega bo`lmasa, inqiroz yoqasiga kelib qoladi. Axborot xizmatlarida esa bunday xavf yo`q, ular 10 ta a`zo bilan ham yashayveradi. 100-200 ming a`zoga ega kanallar esa reklamadan tushadigan pul hisobiga tirikchilik qiladi, shuning uchun obunachini qancha ko`paytirsa, shuncha manfaatli. Aslida axborot xizmatlarini ham o`zini o`zi qoplaydigan tuzilmaga aylantirsa bo`ladi, ammo bunga qunt qiladiganlar kam. Ko`p axborot xizmatlarining asosiy xatosi shundaki, "pereslat" qilishni, boshqa manbalarda tarqalgan xabarlarni o`z kanallariga joylashni odat qilib olishgan. Deylik, koronavirusga chalinganlar soni, mamlakatdagi va dunyodagi vaziyat haqida ma`lumot beruvchi, 1 million 380 mingdan ziyod a`zoga ega "Koronavirus Info" kanali bor. Xohlagan odam shu erga kirib, shu mavzudagi kerak narsani bilib olaveradi. Shu kanal "Bugun 6 kishida kasallik aniqlandi, ularning ahvoli..." deb xabar qo`ysa bo`ldi, aksar shahar, tuman hokimliklarimiz, boshqarma, tashkilotlar axborot xizmatlari darrov "pereslat" qilib tashlashadi. Tabiiyki, asosiy manbadan kerakli ma`lumotni olgan kishi keyingi manbalarga qarab ham qo`ymaydi. Nuqul boshqa manbalardan ko`chirib bosaverish kanalga qiziqishni susaytirib yuboradi. Obunachilar ham sekin-asta chiqib ketadi. To`g`ri, matbuot kotibi o`z kanalida barcha yangiliklarni jamlashga, o`quvchilariga hamma xabarni o`zi etkazishga harakat qiladi. Lekin asosiy manba turganda kim ikkinchi, uchinchi... yuzinchi manbaga murojaat qiladi? Yaxshisi, respublika, viloyat miqyosida tarqatilayotgan xabarlardan tumanga oidlarini saralab berish kerak. Qaysi kanalga kirsang, bir xil ma`lumot bo`lsa, bezib qolasan kishi. Viloyat hokimligi kanali ko`p a`zoga ega ekan, ortidan mahalliy hokimliklarni ham tortishi kerak. Buning uchun zarur havolalar berilsa kifoya. Download 40.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling