Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet16/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Kamyob metallar – volfram - asosiy magmatizmdan so`ngi kontakt zonasida hosil bo`lgan, konlari Nurota, Chaqilikalon, Qoratepa, Zirabuloq tog`larida uchraydi. Nurota tog`larida – Langar, Quytosh, Ingichka, Jom va boshqalar. Chotqol–Qurama tog`larida (Sargardon).
Molibden konlari, Chotqol va Qurama tog`larida mavjud. Qalayining eng katta koni Qarnobda uchraydi.
Vismut konlari Chotqol va Qurama tog`laridan aniqlangan, ular O`rta saroy va Burchmulla konlari.
Simob va surma – Respublika hududidan qazib chiqarilmaydi.
Aniqlangan konlari Ko`kpatas, Qorasuv va boshqa konlari ochilgan.
Nodir metallar - Oltinning endog`en va ekzogen (Marjonbuloq) konlari bor. Endogenlari – intruziya va vulkanizm bilan bog`liq genetik jihatdan gidrotermal holatda yuzaga keladi. Qumtoshli-slaneslar qatlamida kembriygacha bo`lgan davrdan silurgacha bo`lgan davr jinslari orasida uchraydi. Muruntog`, Ko`kpatas rayonlarini ahamiyati katta, Olmaliqda-Sartabutkon, Oqtuproq konlari.
Alyuminiy xomashyosi ko`p manbalarda aniqlangan, lekin koni yo`q. Eng katta manbai Tomditog`ni Oqtosh tarmog`ida, Nurota tog`laridagi Mirishkor va Qizilbuloq rayonda uchraydi. Bular paleozoy qatlamlari orasida uchraydigan boksit. Mezazoy erasidagi boksitlar yura, bo`r davrlari qatlamlarida uchraydi. Boysun tog`larida ham zahiralari topilgan.
Kaolin. Angren rayonida kaolin-ko`mir bilan birga uchraydi. Uning qalinligi 2-46 m. gacha, yuqori Paleozoyni effuziv jinslarini nurashidan hosil bo`lgan.
Tog` - kimyo - xomashyosi. Tuzlar: osh tuzi va kaliy tuzi, kamroq sulfat tuzi, magniy va natriy tuzlar uchraydi. Bu tuzlar yuqori yuradan – to`rtlamchi davrgacha bo`lgan qatlamlar orasida uchraydi.
Yuqori yura dengiz galogen farmatsiyasi 50 ming km. kv. oro-genetik maydonni egallaydi. Bu yerda angidrit va tosh tuz konlari mavjud. Bulardan Boybichakon, Oqbosh, Lalmikor, Xo`jaikon quyi bo`r galogen formatsiyasi laguna tipida yuzaga kelgan bo`lib uning qalinligi 100-120m. gacha boradi (Gaurdak-Ko`hitang rayonida).
Tuz miosen - antropogen davrida kontinental galogen formatsiyasida ko`l va sho`rxoklarda paydo bo`lgan. Katta koni–Qo`shkanottog`, Borsakelmas, Karaubet, Qumbuloq, Tumoryuk rayonlarida.
Oltingugurt - Farg`ona vodiysida, uning zahiralari katta Qizil archa, Andijon, Qurshab va boshqalar, bo`r va paleogen jinslari orasida uchraydi.
Amudaryo regioni yura, paleogen va neogen qatlamlarida mumiyo-organik birikmalardan tuzilgan. Ushbu birikmalar uchraydigan rayonlar Turkiston, Oloy, Chotqol-Qurama tog`larida 1500-2000 m. balandlikda to`plangan joylarida cho`kindi tog` jinslari orasida yoriqlar, bo`shliqlar va g`orlarning devorlarida uchraydi.
Bentonitni 152 dan ortiq zahiralari aniqlangan. Ohaktoshning 17 ta koni aniqlangan, shundan 4 tasidan foydalaniladi, bular Sherobod, Qorovulbozor, Jizzax, Quvasoy. Toshqozganda (Jin-gildi) konidan 6,8 –7 mln. m3 hajmda granit qatlami aniqlanib, undan 5-7 xil rangdagi granit qazib olinmoqda.
Mineral va termal suvlar. Chimyon, Polvontosh, Xo`jaobod, Sho`rsuv, Shimoliy So`x, Andijon, Nag`orniy, Kogayti, Lalmikor, Jayronxona kabi oltingugurt- vodorodli buloqlar shular jumlasidan. Yodli buloqlar Chortoq, Namangandan, rodonlilari esa Arasan- buloqdan, termal suvlar Toshkent, Farg`ona, Nag`orno`y, sulfat xlorli suvlar esa Moxi-xosa, Qorako`l, Gazlidan topilgan. Hozirgi vaqtda Surxondaryoning neft havzalaridagi chiqindilardan yod ajratib olmoqdalar.

MA’RUZA №3



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling