Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Qo’riqxona, milliy bog` va buyurtma qo’riqxonalar
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat ob’ektlari muhofazasi
Qo’riqxona, milliy bog` va buyurtma qo’riqxonalar. 1993 yilda «Maxus muhofaza qilinadigan hududlar to’g`risida» qonun qabul qilindi. Unda bunday hududlarni aniqlash, ularni tartibga solish, muhofaza qilish qonun-qoidalari qayd qilingan. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolishda, sonini ko’paytirishda qo’riqxona, milliy bog` va buyurtma qo’riqxonalar ahamiyati kattadir. qo’riqlanadigan erlarning umumiy maydoni 2 mln. gektardan ortiq. Mamlakatda 9 qo’riqxona bo’lib, 5 tasi – tog`da, 2 tasi – daryo qayiridagi to’qayda va 1 tasi cho’l landshaftlarida joylashgan. Bular Chotqol tog`-o’rmon, Zomin, Qizilqum, Bodayto’qay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Surxondaryo, Kitob qo’riqxonalaridir. Bu qo’riqxonalarda bioekologik tadqiqotlar olib boriladi.
Qo’riqxonalardan tashqari kamayib ketayotgan o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 9 ta buyurtma qo’riqxona barpo etilgan. Bular Arnasoy, Qorako’l, Sayg`oq, Sudoch’e, Sarimish, Qoraqir, Qarnobcho’l, Qo’shrabot, dengizko’l buyurtma qo’riqxonalar bo’lib, ularda qishlovga uchib keluvchi yirik qushlardan – o’rdak, g`oz, birqozon, oqqush, suv qushlaridan o’rdak, g`oz, qoravoy, flamingo (qizilg`oz) himoya ostiga olingan. Alohida ekologik, tarixiy va nafosat ahamiyatiga ega bo’lgan, shu bilan birga tabiatni muhofaza qilish, rekreastiya, ilmiy, madaniy, ma’rifiy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan alohida muhofaza etiladigan ob’ektlarni o’zida qamrab olgan milliy bog`lar ham tashkil etilgan. Bundan milliy bog`lar hozircha 2 ta: Zomin milliy bog` (maydoni 241,1 km2) bilan Ugom-Chotqol milliy bog`i (5745,9 km2) ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam olib, xordiq chiqarishi, sport turizmi mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi uchun juda qulaydir. Unda bargli siyrak tog` o’rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o’tloqlari tabiiy komplekslari va ularda yashaydigan noyob hayvonlar muhofaza qilinadi, ilmiy ishlar olib boriladi. Tabiat ob’ektlari muhofazasi. Tabiatning noyob, diqqatga sazovor ob’ektlariga g`orlar, ajoyib shaklli qoyalar, daralar, sharsharalar, yer qatlamlari ochilib qolgan joylar, sharsharalar, o’ziga xos buloqlar, katta yoshli daraxtlar kiritiladi. Tabiatning bunday ob’ektlari ilmiy, rekreastiya, turizm, sayohat, nafosat maqsadlarida o’rganiladi va muhofaza qilinadi. Tabiatning go’zal, rang-barang, havo va suvi musaffo, tabiati shifobaxsh landshaftlari ham maxsus muhofaza qilinadi. Chunki bunday landshaftlarni asil holida saqlab qolib, muhofaza qilish, ulardagi tabiiy jarayonlar va ekologik muvozanatning vaqt davomidagi qonuniy o’zgarishlarini tadqiq qilish jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhoaza qilish davlat qo’mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Bulardan 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil karst relefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo’lgan g`orlar va ungurlar, shuningdek nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Sayrobdagi qadimiy chinor, Boysundagi Chorchinor, odamlarning qadimgi ajdodi topilgan Teshiktosh g`ori, Xo’jakentdagi qoyaga chizilgan rasmlar, Chinor, Amir Temur g`ori, Qirqqiz, Odamtosh, «Dinazavrlar jangi» qoyalari va boshqalar shular jumlasidan. Ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling